Spiral` parma quyidagi qismlardai iborat:
ishchi qismi
- parmaning bu qismida ikkita vintsimon ariqcha o`yilgan bo`lib,
parmaning kesuvchi va yo`naltiruvchi qismlarni o`z ichiga oladi.
Kesuvchi qism -
parmaning konus qilib o`tkirlangan va kesuvchi qirralar bilan
ta`minlangan qismidan iboratdir.
Tsilindrik qismi
- bu qismi kesish jarayonida parmani yo`naltirish uchun
xizmat qiladi.
Quyruq kismi
- bu qismi parmani stanok shpindeliga yoki patronga o`rnatish
va shpindeldan parmaga burovchi momentni etkazish uchun xizmat qiladi.
Bo`yin qismi
- parma quyrug`ini ish qismi bilan bog`laydi.
Panja qismi
- (konussimon quyruqli parmalarda bo`ladi). U qismi shpindel` teshigidan
parmani pona bilan urib chiqarishga mo`ljallangan.
Povodok qismi
(tsilindrik quyruqli parmalarda bo`ladi) - bu qism parmaning
patronda buralib ketishiga yo`l bermaydi.
Spiral` parmaning elementlari:
a)
oldingi
yuza,
bu
yuza
vintsimon
ariqchadan
iborat
bo`lib,
qirindi chiqishi uchun xizmat kiladi;
b)
asosiy
kesuvchi
qirralar,
parmada
bunday
qirralar
ikkita,
ular oldingi va orqa yuzalarning uzaro kesishuvidan hosil bo`ladi;
v) orqa yuza - kesish yuzasiga qaragan yuza;
g) ko`ndalang qirra, bu qirra ikkala orqa yuzalarining o`zaro
kesishuvi natijasida hosil bo`ladi;
d)
lentalar-parmaning
tsilindrik
yuzasidagi
vintsimon
ensiz
ikkita
yo`l,
bu
yo`llar
kesish
jarayonida
parmani
yo`naltiradi
va
markazlab turadi. Lentalarning eni 0,2-2,6mm, balandligi 0,1-1,2 mm bo`ladi, bu
kattaliklar parmaning diametriga qarab o`zgarishi mumkin.
39-rasm. Spiral` parmalarning qismlari va elementlari.
a - konussimon quyruqli parma; b - tsilindrik quyruqli parma; I- parma
ariqchasi, II- quyruq qismi; III-kesuvchi qismi; IV-ishchi qismi; 2- kesuvchi
qirrasi, 3- ko`ndalang qirrasi, 4 - lentochkasi.
Parmaning uchidagi burchagi 2
- ikkita asosiy kesuvchi qirra orasida hosil
bo`lgan burchak. Parma uchidagi burchagining qiymati parmalanadigan materialning
xossasiga ko`ra belgilanadi.
|