Биринчи тошкент давлат тиббиёт институти



Yüklə 32,6 Kb.
tarix09.06.2018
ölçüsü32,6 Kb.
#53146


Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

Yuқumli va bolalar yuқumli kasalliklari kafedrasi




Mavzu: Dizenteriya (ichburug)

Tibbiy-profilaktika va davolash fakultetlarining 5 kurs talabalari uchun ma’ruza



IChBURUG (DIZENTERIYa)


Mavzuni dolzarbligi.

Dizenteriya shigellalar kuzgatadigan, intoksikatsiya va yugon ichak distal kismining zararlanishi bilan ta’riflanadigan yukumli kasallikdir.

Dizenteriya - buzilish va yugon ichak degan suzlardan tashkil topgan bulib, ichak faoliyatining buzilishi degan ma’noni anglatadi.

Uzbekiston xududidini issik iklimini, suv tankisligini, etiborga olganda ichak infeksiyani kuplligi xayrattat koldirmaydi.

Utkir ichak kasalliklar yukumli kasalliklar strukturasida birinchi urinni egalaydi,moy oyidan boshlab toki kech kuz kirguncha kuzatiladi.Ichburug kasalligidan keyin bemorlar ancha vaktgacha xolsizlanib yuradi ,ayrim xolatlarda ogir asoratlar ,kasallikning surunkali kechishi kuzatiladi.

Uhbu sabablarga kura dizentnriya uz dolzarbligini yukotmagan.


Tarixiy ma’lumotlar: Miloddan salkam uch ming yil ilgari utgan mashxur xakim Gippokrat ichak kasalliklarini ikki guruxga ajratgan:

1) oddiy ichketar (diareya) va 2) dizenteriya - korin ogrigi bilan utadigan ich ketishi. Asrlar davomida dizenteriya odamlarga kup falokatlar keltirgan. Ayniksa, tabiiy falokatlar paytida (urush va ocharchilik yillarida) u epidemiya va ba’zan pandemiya kurinishida keng tarkalgan va kup baxtsizliklarga sabab bulgan.



Etiologiyasi: Dizenteriya bakteriyalari SHIGELLA avlodiga kiradi, ularning 50dan ortik serologik turlari ma’lum. Xalkaro klassifikatsiya buyicha shigellalar 4 guruxga bulinadi: A, V, S, D.

Xar bir guruxning serologik turlari ajratiladi. Dizenteriya bakteriyalari fermentativ va antigen xususiyatlariga karab uch guruxga bulinadi:

1.

2.

3.



Shigellalar tayokcha shaklida bulib, kattaligi 0,3-0,6 va 1-3 mkm keladi. Ular xarakatsiz, spora va kapsulalari yuk, gramm manfiy, fakultativ anaerob. Oddiy ozuka muxitlarida kupayaveradi. Shigellalarning termostabil, ya’ni issiklikka chidamli somatik O - antigeni bor.

Grigorev – Shig bakteriyalari kuchli ekzotoksin ishlab chikaradi, parchalanganida esa ulardan endotoksin xam ajralib chikadi. Kolgan xamma shigellalar endotoksin xosil kiladi. Dizenteriya bakteriyalarining toksinlari neyrotrop va enterotrop xususiyatiga ega. Grigorev – Shiga bakteriyalarining virulentligi juda yukori. Kolganlari uncha virulent emas. Shigellalarning tashki muxit sharoitiga karab bir necha kundan bir oygacha tirik saklana oladi. Sut va sutli maxsulotlarda shigellalar tirik saklanibgina kolmay, balki tez sur’at bilan kupaya oladi. Ular sovuk xaroratda va kuritilganda xalok bulmaydi. 60 daraja issiklikda 30 minutdan sung, 100 darajada esa darxol xalok buladi. Kuyosh nuri xam ularni uldiradi. Dezinfeksiyalovchi moddalar (gipoxlorit, xloramin, lizol va boshkalar) bu bakteriyalarni bir necha minut ichida xalok kiladi. Dizenteriya bilan ogrigan bemor organizmida xosil buladigan immunitet kuchsiz buladi va uzokka chuzilmaydi. Dizenteriya kuzgatadigan bakteriyalarning turlari vakt utishi bilan uzgarib turadi. Masalan, 1930-1935 yillargacha asosan (50-80%) Grigorev – Shiga bakteriyasi uchrar edi. 1940-yillardan boshlab Evropada (60-80%) bemorlarda kasallikning kuzgatuvchisi Fleksner tayokchasi bulib chikdi.

1960-yillardan sung uning urnini Zonne mikrobi egalladi. Xozir Zonne tayokchasi kuprok uchramokda. Er yuzining boshka joylarida Fleksner va Grigorev – Shiga bakteriyalari kuzgatgan dizenteriya xali xam tez-tez uchrab turadi.

Epidemiologiyasi: Infeksiya manbai dizenteriya bilan ogrigan bemorlar va bakteriya tashuvchilardir. Bemorlar va bakteriya tashuvchilar shigellalarni axlat bilan birga tashkariga chikaradi. Sungra ular xar xil yullar bilan soglom odam ogziga kiradi. Grigorev – Shiga bakteriyasi kupincha kontakt yuli bilan, Fleksner shigellasi suv orkali, Zonne tayochasi esa ozik-ovkatlar orkali yukadi. Odamlarda dizenteriya bakteriyalarga tabiiy karshilik kursatish kuchi deyarli yuk. Shu sababdan shigellalar yukkach, deyarli xamma vakt kasallik rivojlanadi. Kupincha maktabgacha yoshdagi bolalar kasallanadi. Xamma bemorlarning 2G’3 kismini 6 yoshgacha bulgan bolalar tashkil kiladi. Bu kasallik yoz va kuz oylarida kuprok uchraydi. Immunitet kasallik kuzgatgan turdagi bakteriyaning uzigagina xos buladi, bir yildan uzokka chuzilmaydi.

Patogenezi:
Ogiz orkali kirgan shigellalarning bir kismi me’da va ichakda xazm fermentlari ta’sirida xalok buladi. Ularga ichakdagi mikroblar xam ta’sir kiladi. Ana shu tusiklarni engib utgan shigellalar yugon ichak epiteliy xujayralariga joylashib olib, ularda uzok vakt saklana oladi va kupayadi. Xujayralarning bir kismi xalok buladi va ulardan chikkan shigellalarni neytrofil leykotsitlar va makrofaglar yutib oladi (fagotsitoz). Ayni vaktda ajralib chikkan toksinlar organizmga uz kuchini kursatadi. Toksinning neyrotropik xususiyatiga ega kismi markaziy nerv sistemasi, vegetativ nerv sistemasi va simpatiko-adrenal sistemaga ta’sir kiladi. Bu intoksikatsiya moddalar almashinuvi jarayonining buzilishiga sabab buladi.

Toksinning enterotop xususiyatli kismi - enterotoksin asosan yugon ichak distal kismining shillik pardasiga ta’sir kiladi. Bu toksin adenilatsiklazani faol xolga keltiradi va natijada ichakda suyuklik va elektrolitlar tuplanib boradi. Shigellalar va ularning toksinlari ta’sirida ichak shillik pardasi yalliglanadi, eroziya va yaralar paydo buladi.

Toksin ta’sirida biologik faol moddalar (gistamin, serotonin) kup ishlab chikariladi va ular yalliglanish jarayonini kuchayib, ichak funksiyalarini buzilishiga sabab buladi.

Dizenteriya ogir utganda, ayniksa yosh bolalarda toksikoz va eksikoz belgilari yakkol kurinadi. Ba’zan kon tomirlari funksiyasi kattik buzilishi natijasida bemor ulib kolishi xam mumkin. Dizenteriyaning ogir yoki engil utishi va klinikasining ba’zi xususiyatlari shigellalarning xillariga boglikdir.



Patologik anatomiyasi: yugon ichakda yuz beradigan uzgarishlarni shartli ravishda 4 davrga bulish mumkin:
1. utkir kataral yalliglanish davri;

2. fibrinoz-nekrotik yalliglanish davri;

3. yara paydo bulish davri;

4. yaralarni bitib, ichak shillik pardasida chandik paydo bulish davri.

Oxirgi yillarda 2- va 3-davrlarga xos uzgarishlar juda kam uchramokda. Asosan kataral yalliglanish belgilari kurinmokda. Yalliglangan shillik pardada kon kuyilish alomatlari - kontalashlar va eroziyalar topiladi. Ichak yulida shillik va kon aralash ekssudat tuplanib koladi.

Kasallik ogir utganida shillik pardada nekroz boshlanib, xalok bulgan tukimalar kuchib tushgach, yaralar paydo buladi. Bu yaralar kupincha sayoz buladi, lekin ba’zan anchagina chukur bulib, ichak devorining mushak kavatigacha boradi.

Ichak shillik pardasida kataral yalliglanish bulganda kasallikning 2-3-kunlaridayok epiteliy tukimasining regeneratsiyasi boshlanadi. Shunga karamasdan, ichakdagi anatomik uzgarishlar, xatto dizenteriyaning engil xillarida xam 4-5 oy utgandan keyingina barxam topadi. Regeneratsiya alomatlari bilan bir katorda yalliglanish belgilari xam kuzatiladi. Surunkali dizenteriyada regeneratsiya jarayoni chuzilib ketadi. Meysner va Auerbax nerv chigallarida, simpatik nerv tugunlarida, umurtkalararo gangliyalarda distrofik uzgarishlar aniklanadi. Bu xildagi distrofik uzgarishlar kuyoshsimon nerv chigali, buyin simpatik tugunlari, adashgan nerv gangliyasida xam yuz beradi.

Klinikasi:
Kabul kilingan rasmiy klassifikatsiyaga kura dizenteriyaning kuyidagi xillari va shakllari uchraydi:


  1. Utkir dizenteriya.

    1. Kolitik xili:

A) engil shakli;

B) urtacha ogirlikdagi shakli;

V) ogir shakli;

G) belgilari anik bulmagan shakli.



    1. Gastroenterokolitik xili:

A) engil shakli;

B) urtacha ogirlikdagi shakli;

V) ogir shakli;

G) belgilari anik bulmagan shakli.



  1. Surunkali dizenteriya.

    1. kaytalanib yoki kuzib turadigan, ya’ni residivlanuvchi xili;

    2. uzluksiz davom etadigan xili.

III. Bakteriya tashuvchilik.

Dizenteriya kasalligi davomida 5 davrga ajratiladi:

  1. inkubatsion davr;

  2. boshlangich davri;

  3. kasallikning avj olgan davri;

  4. simptomlarning sunish davri;

  5. sogayish davri.

Umuman olganda dizenteriya asosan intoksikatsiya va kolitik sindrom bilan ta’riflanadi. Gastroenterokolitik xilida bulardan tashkari gastrit va enterit alomatlari xam kurinadi. Inkubatsion davr kupincha 2-3 kun davom etadi, u 1 kungacha kiskarishi va 7 kungacha chuzilishi mumkin. Kasallik kupincha tusatdan boshlanadi. Bemorning eti uvushib, xarorati 38-390S gacha kutariladi va 2-4 kungacha yukori bulib turadi. Xarorat subfebril darajada yoki normal bulishi xam mumkin. Xarorat yukori bulganda kupchilik bemorlarning boshi ogriydi, darmoni kurib, badani kakshaydi, kayfiyati yomon buladi.

Tomir urishi uzgaruvchan buladi, puls maromi buzilib, kon bosimi pasayadi, yurak tonlari bugiklashadi, nozik sistolik shovkin eshitiladi. Intoksikatsiya kuchli bulganida kollaps yuz berishi mumkin.

Bemor kornining chapki past tomoni burab ogriydi. Xar gal xojatxonaga borish oldidan korin ogrigi bezovta kiladi. Xojatxonaga borish zaruriyati tugilganda, orka teshik achishib, kattik ogriydi va bu bemorni ancha bezovta kiladi. Korinni paypaslaganda yugon ichakda, ayniksa, uning chapki kismi bezillab turadi va kiskargan xolda xuddi arkonga uxshab kulga unaydi.

Simptomlari yakkol kuringan dizenteriyada bemorning axvoli ogir buladi, u bir kecha-kunduzda 20-30 marta xojatga borishi mumkin. Lekin xar gal tuvakdan turganda bemor engillik sezmaydi, u guyo uzini xojat kilmagandek xis kiladi. Bir kecha-kunduzda bemorning ichi tez-tez kelsa xam tushadigan axlat mikdori 0,5-1,0 l dan oshmaydi. Chunki bemor xojatga borganida ozgina axlat va unga aralashib asosan shillik va yiring chikadi. Shillikka ozgina kon aralashgan buladi. Kasallik zurikkan vaktda bemorning ichidan axlat emas, balki fakat kon aralash shillik bilan yiring keladi. Yugon ichak kiskargan xolda bulganligi sababli axlat ingichka ichakda tuxtab koladi. Dizenteriya ogir utganida bemordan xuddi gusht seliga uxshash suyuklik keladi. Dizenteriya intoksikatsiyasi okibatida sulak bezi va boshka xazm bezlarining faoliyati buziladi: ogiz kuriydi, me’da shirasining proteolitik xususiyati, undagi kislota midori kamayadi. Me’da va ichaklarning xarakat faoliyati va sekresiyasi xam buziladi.

Intoksikatsiya kuchli bulgan xollarda me’da osti bezi va jigar faoliyati buziladi. Proteinuriya, mikrogematuriya, leykotsituriya, silindruriya va kovuk sfinkterining spazmiga xos belgilar aniklanadi. Kon tekshirilganda bir oz leykotsitoz, leykotsitar formulaning chapga surilishi monotsitoz aniklanadi. EChT bir oz tezlashadi. Dizenteriyaning avjiga chikadigan davri 1-2 kundan 8-9 kungacha davom etadi.

Kasallik simptomlarining sunish davrida intoksikatsiya va kolit alomatlari kamayadi. Sogayish davrida xamma organlarninng faoliyati normallashadi va organizm dizenteriya bakteriyalaridan xalos bulib boradi.



  1. Utkir dizenteriya.

    1. Kolitik xili.

A) Kasallikning engil shakli tusatdan boshlanadi, xarorat kiska muddatda 37-380S darajagacha kutariladi. Bemor darmoni kurib, ishtaxasi bugiladi, keyinrok korni bir oz ogriydi. Bir kecha-kunduzda 3-5 marta xojatga boradi. Axlati suyuk va shilimshik, ba’zan kon aralash buladi. Lekin bemorlarning ish kobiliyati saklanib turadi. Paypaslaganda yugon ichakning chapki past kismi ogriydi va kiskarib, tarang tortib turgani kulga unaydi. Rektoskop bilan tekshirilganda yugon ichakda kataral va kataral-gemorragik yalliglanish alomatlari kuriladi. Dizenteriyaning bu shakli kupincha 3-4 kun, ba’zan 7-8 kun davom etadi. Sungra bemor sogaya boshlaydi.

B) Dizenteriyaning urtacha ogirlikda utadigan kolitik shakli tusatdan boshlanadi, bemor boshi ogrib, eti uvishadi, badani kakshaydi. Xarorati 39-400S gacha kutariladi va 2-3 kun utgach, pasayadi. Ishtaxa yukolib, bemor kungli aynib, ba’zan kusadi, korni kattik burab ogriydi. Bir kecha-kunduzda 10-20 martagacha xojatga boradi, xojat vaktida asosan kon aralash shillik keladi. Bunday simptomlar 2-3 kundan sung asta-sekin kamayadi va bemor axvoli yaxshilana boshlaydi. Rektoskop bilan tekshirilganda kataral-gemorragik va kataral-eroziv proktosigmoidit aniklanadi. Bir yarim ikki xaftadan sung sogayib ketadi.

V) Dizenteriyaning ogir kolitik shakli birdaniga boshlanadi, xarorat 39-400S gacha kutarilib, kuchli intoksikatsiya buladi. Bemor ba’zan alaxlaydi, kungli aynib, kayt kiladi. Korni kattik ogriydi, tez-tez siyadi, orka teshigi doim deyarli achishib ogrib turadi. Bir kecha-kunduzda 50 va undan kuprok marta xojatga boradi. Xojat vaktida kon aralash shillik, ba’zan gusht seliga uxshash suyuklik keladi. Bemor darmoni kurib, juda xoldan ketadi. Terisi va shillik pardalari kuruklashib koladi. Kon bosimi pasayadi, taxikardiya kuzatiladi. Korin dam bulib shishadi, anus sfinkteri ishlamaydi, gusht seliga uxshash suyuklik okib turadi. Kuchli intoksikatsiya ta’sirida bemor ba’zan koma xolatiga tushib, alaxlab yotadi. Kon aylanishida chukur uzgarishlar yuz beradi. Bunday bemorlarga kechiktirmay yordam berish zarur buladi. Yugon ichak paypaslab kurilganda kattik ogrik buladi. Bunday ogir axvol 7-10 kungacha davom etadi. Rektoskop bilan tekshirilganda kataral-gemorragik, kataral-eroziv uzgarishlar, ba’zan esa yaralar aniklanadi.

2. Dizenteriyaning gastroenterokolitik xili xuddi ovkat toksikoinfeksiyasiga uxshab, kiska inkubatsion davrdan sung birdaniga boshlanadi. Kuchli intoksikatsiya va gastroenterokolitga xos simptomlar kuzatiladi. Bemor kayta-kayta kusadi, shir-shir ichi ketadi. Boshlanishida axlatida kon va yiring bulmaydi. Korinning xamma eri ogriydi. Bemor axvolining ogir yoki engilligi organizm yukotgan suyuklik mikdoriga boglik buladi. Kasallik engil utganda suvsirash - degidratatsiya kuzatilmaydi, dizenteriya urtacha ogirlikda utganda 1-darajadagi degidratatsiya yuz beradi, kasallik ogir utganda 2- va 3-darajadagi degidratatsiya aniklanadi. Bemor kup suyuklik yukotgan xollarda gipovolemik shok boshlanishi mumkin.

Dizenteriyaning gastroenterik varianti xam uchraydi. Bunda gastroenterit belgilari va degidratatsiya alomatlari yakkol kuringani xolda kolit simptomlari bulmaydi. Dizenteriyaning kolitik xilida xam, gastroenterokolitik xilida xam kasallik belgilari etarli bilinmaydi. Bemorning korni salgina ogriydi, 1-2 kun davomida ichi buziladi. Axlatida kon va shillik bulmaydi. Bemor xarorati kutarilmaydi, korin paypaslanganda sal-pal ogriydi. Axlat mikroskop ostida tekshirilganda xar bir kurish maydonida 20 va undan kup leykotsitlar kurinadi. Rektoskop bilan tekshirganda kataral proktosigmoidit manzarasi kurinadi. Diagnostikada anamnez ma’lumotlari muxim rol uynaydi. Ba’zan utkir dizenteriyaga xos belgilar 1,5 oydan 3 oygacha chuzilishi mumkin. Kasallikning bunday xilini chuzilgan dizenteriya deb ataladi.

II. Surunkali dizenteriya. Utkir dizenteriyali bemorlar 2-5% xollarda surunkali xiliga utadi. Nerv sistemasi, me’da, jigar, me’da osti bezlari kasalliklari va xar xil gijja yoki sodda xayvonlar invaziyasi, avitaminoz, alimentar distrofiya va boshkalar surunkali dizenteriya shakllanishiga sabab buladi.

1. Surunkali dizenteriyaning residivli xili kuprok uchraydi. Bunda vakti-vakti bilan dizenteriya simptomlari kaytarilib turadi. Residivlar bir necha marta takrorlanishi mumkin. Residiv vaktida asosan kolit sindromi kuzatiladi. Bunday bemorlarda me’da, ingichka ichak, me’da osti bezi, gepatobiliar sistema a’zolari zararlanadi. Bemorlar asabi buzilib, tajang bulib koladi. Kupincha bosh ogriydi, ish kobiliyati pasayadi. Vegetativ nerv sistemasi faoliyati xam buziladi. Residivda rektoskopiya manzarasi xuddi utkir dizenteriyadagiga uxshash buladi. Residivlar orasida bemorlar axvoli bir kadar yaxshilanib koladi. Ish kobiliyati tiklanadi. Ammo bunday kishilarning korni dam bulib, mijiglab ogrib turadi, epigastral soxada ogirlik seziladi.

2. Surunkali dizenteriyaning uzluksiz davom etadigan xilida kasallik simptomlari kundan-kunga avj olib, betuxtov davom etadi va bemorning axvoli borgan sari ogirlashib boradi. Ovkat xazm kilish buziladi, bemor ozib ketadi, gipovitaminoz, kamkonlik va disbakterioz alomatlari kuzatiladi. Surunkali dizenteriyaning bu xili keksayib kolgan va umman kasalmand, zaif kishilarda uchraydi.

III. Bakteriya tashuvchilik. Bakteriya tashuvchilarda intoksikatsiya alomatlari va ichak funksiyalari buzilishiga xos belgilar bulmaydi. Ammo bakteriya tashib yuruvchi kishi zamonaviy usullar bilan xar tomonlama tekshirilsa, uning organizmida infeksion jarayon belgilari borligi aniklanadi. Demak, bakteriya tashuvchilarda kasallik subklinik xolatda, zimdan kechadi.

Dizenteriya asoratlari: Utkir dizenteriyadan sung bemorlarning 5-15% da residiv uchraydi. Residivda ba’zan dizenteriyaning xamma simptomlari kurinadi, boshka xollarda esa uning ayrim belgilarigina paydo buladi. Ba’zi xollarda tugri ichak chikib kolishi, orka teshik devori darz ketishi, bavosilning zurayishi va kamdan-kam ichak yorilishi, natijada peritonit rivojlanishi mumkin.

Diagnostikasi:Epidemilogik ma’lumotlar va klinik simptomlar bilan bir katorda dizenteriyaning diagnostikasida laborator natijalar xam muxim rol uynaydi. Bakteriologik usul juda muxim, birok bemorlarning fakat 22-80% dangina dizenteriya mikroblarini ajratib olish mumkin buladi. Bemor axlatini ekib undirishda tartib koidalariga aloxida e’tibor bermok kerak. Bemorga antibiotiklar tayinlanmasdan oldin uning axlati Ploskirov ozik muxitiga ekiladi.

Egri gemagglyutinatsiya reaksiyasi xam kasallikning 5-kunlaridan boshlab musbat natija bera boshlaydi. Uning diagnostik titri 1:160 va undan yukori.Uning titri 2 xafta davomida kupayib boradi-da, 4 va 5-xaftalardan keyin kamaya boshlaydi. Immunoflyuressent usuldan xam foydalaniladi. Bemor axlatini mikroskop ostida tekshirilganda leykotsitlar, eritrotsitlar va epitelial xujayralar topiladi.

Rektoromanoskopiya juda katta axamiyatga ega bulgan tekshiruv usulidir. Rektoskop yordamida yugon ichakning pastki 30 sm li kismi shillik pardasida yuz bergan patomorfologik uzgarishlarni kuz bilan kurish mumkin buladi. Rektoskopda kuyidagicha manzaralar kuzga tashlanadi:


  1. kataral proktosigmoidit;

  2. kataral gemorragik proktosigmoidit;

  3. eroziv proktosigmoidit;

  4. yarali proktosigmoidit.

Dizenteriya diagnostikasida Severkalov allergik reaksiyasidan xam foydalaniladi.

Epidemiologik ma’lumot, klinik simptomlar, laboratoriya tekshirish natijalari va rektoskopiya manzaralarini chukur taxlil kilish yuli dizenteriyani kuyida kayd kilingan kasalliklardan ajratib, aniklab olish mumkin buladi.



Davolash: Dizenteriyaning engil xiliga uy sharoitida xam davo kilish mumkin. Bunda albatta, uydagi imkoniyatlar, uning sanitariya xolati, oila a’zolarining gigiena koidalariga rioya kilishini e’tiborga olish kerak. Ozik-ovkat maxsulotlariga alokador joyda ishlaydigan bemorlar albatta kasalxonaga junatiladi.

Bemor urnidan turmay yotishi kerak, xojatga borish uchun turishga ruxsat etiladi. Kuprok uxlash foydali. Dizenteriyaning dastlabki davrida bemorga 4-rakamli parxez tayinlanadi. Ich ketishi tuxtagach 2 yoki 15-parxezlar taomlariga utish ruxsat beriladi. Parxezning xilidan kat’iy nazar bemorga etarli mikdorda uglevodlar, yog, oksil moddalari va vitaminlar berish kerak. Bemorga ovkat tanlashda xamma vakt uning yugon ichagidagi patomorfologik uzgarishlarni nazarda tutmok zarur.



Kasallik kuzgatuvchi mikrobga karshi ta’sir utkazish: Oxirgi yillarda olib borilgan kuzatishlar va tekshiruvlar natijasiga kura shigellalar nevigramon va kanamitsin, polimiksin-M-sulfat, furozolidonga etarli darajada sezuvchan ekanligi aniklangan. Shu tufayli dizenteriyaga davo kilishda ana shu preparatlarni kullash maksadga muvofikdir. Nevigramon kuniga bemorning 1 kg ogirligiga 60 mg xisobidan 5-7 kun beriladi. Polimiksin-M-sulfat kuniga 100 mgG’kg xisobidan 5-7 kun beriladi. Furazolidon 0,05 g dan kuniga 3 maxaldan 1 xafta beriladi.

Patogenetik davo: Dizenteriya ogir utib, intoksikatsiya belgilari yakkol kuringanda dezintoksikatsion dorilar ishlatiladi: osh tuzining fiziologik eritmasi, Ringer-Lok eritmasi, «Trisol», «Disol», «Atsesol», «Laktosol» eritmalari 1-2 litr mikdorida yuboriladi. Bulardan tashkari kolloid eritmalari bir kecha-kunduzda 400-800 ml mikdorda venadan yuborilib turiladi. Bemor axvoli juda ogir bulganda ba’zan kiska muddat davomida kortikosteroid gormonlar ishlatiladi.

Bemor organizmining ximoya kuchlarini oshirish maksadida surunkali dizenteriyada Chernoxvostov tavsiya etgan va spirtda tayyorlangan vaksina ishlatiladi, vaksina bemorning terisi ostiga yuboriladi.

Ogiz orkali beriladigan dizenteriya immunogeni xam organizm ximoya kuchlarini oshiradi. Kayta-kayta residiv bilan utadigan dizenteriyaga davo kilishda protein, plazma, albumin yaxshi natija beradi. Zardob poliglobulini xam muvaffakiyat bilan kullaniladi. Bu preparatlarda gammaglobulindan tashkari betaglobulin xam bor. Zardob poliglobulini mushak orasiga yoki venaga 3 ml dan kun oralab yuboriladi. Bemorga albatta polivitamin berish kerak. Polivitamin boshka jixatlardan tashkari antibiotiklar bilan davolanganda yuz beradigan ichak disbakterioziga karshi choradir.

Tukimalarda modda almashinuvini yaxshilash uchun bir kecha-kunduzda 0,2-0,4 dan 4 maxal pentoksil, 1-2 g dan 4 maxal metiluratsil ichirib turiladi. Dizenteriyada ishlatiladigan pirogenal, prodigiozon organizm ximoya kuvvatini oshiradi, regeneratsiya jarayonini va fagatsitozni kuchaytiradi. Yod bilan polivinilalkogolning birlashmasi - yodinol xam organizm rezistentligini kuchaytiradi. Yodinol ichiriladi yoki 1% li eritmasi xukna kilib yuboriladi. Poliyodin 1 kunda 1 tabletkadan beriladi. U dizenteriyaningsubklinik formasida kuprok ishlatiladi. Ichak disbakteriozini yukotish uchun bemorga kolibakterin, bifidumbakterin, bifikol yoki laktobakterin beriladi. Bu dorilar antibakterial preparatlar bilan davolash tugagandan sung 1-2 kun utgach beriladi. Ular dizenteriya surunkali shaklga utishini, kasallik residivi va bakteriya tashuvchilik shakllanashini oldini oladi.



Profilaktikasi: Avvalo dizenteriya diagnozini imkoni boricha barvakt aniklab, bemorni kasalxonaga junatish yoki kasallikning undan boshkalarga yukmaslik choralarini kurish zarur. Dizenteriyaning bilinar-bilinmas belgilari bilan utadigan va ayniksa subklinik turini aniklashga aloxida e’tibor kilinadi. Ichi ketgan bemorlarning xammasi nazorat ostida bulishi kerak. Bemor yotgan uy dezinfeksiya kilinadi. Bemorning kasalxonadan uyiga ketishiga kasallik simptomlari barxam topib, axlati tekshirib kurilganda dizenteriya mikroblari yukligi anik bulgandan keyingina ruxsat beriladi. Uyiga kaytgan bemor poliklinika vrachi nazoratida buladi.

Axoli orasida sanitariya-gigiena koidalariga rioya kilish zarurligini tushuntirish va umuman axolining sanitariya-gigiena xakida tegishli bilimlarga ega bulishi juda muxim.
Yüklə 32,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin