Alibi
Alibi (
lotincha
alibi – biror-bir boshqa yerda) –
kriminalistikada
ayblanuvchining oʻzini himoya
qilish taktikasi. Alibi biror
jinoyatda
ishtirok etgan deb gumon qilingan yoki ayblanayotgan
shaxsning jinoyat sodir boʻlgan joyda boʻlmaganini va uning aybsizligini koʻrsatuvchi dalolatdir.
Jinoyat yuz bergan vaqtda ayblanuvchi mutlaqo boshqa joyda boʻlgani isbotlansa, alibi
aniqlangan hisoblanadi. Jinoyat qilingan paytdan ayblanuvchi boshqa joyda koʻringanligi oʻrtasida
tegishli vaqt oʻtgan boʻlsa, jinoyat qilishda boshqa yoʻl bilan yoki bilvosita ishtirok etgan boʻlsa,
bu hol ayblovni rad etolmaydi.
[1]
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Alibi&oldid=2172047
"
dan olindi
Manbalar
Havolalar
Soʻnggi tahrir 2 yil avval
InternetArchiveBot
tomonidan amalga oshirildi
Dostları ilə paylaş: |