Bitiruv ishi topshiriq varaqasi


Samarqand viloyati xalq ta’limi tizimi xodimlarini qayta tayyorlash va



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/39
tarix04.11.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#118955
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Mirzaqobilova Aziza diplom

Samarqand viloyati xalq ta’limi tizimi xodimlarini qayta tayyorlash va 
malakasini oshirish hududiy markazi qoshida tashkil etilgan ingliz tili fanini 
o’qitish huquqini berish bo’yicha kasbiy qayta tayyorlash kursi 1-guruh 
tinglovchisi Mirzaqobilova Azizaning bitiruv ishiga ilmiy maslahatchining 
X U L O S A S I 
Bitiruv ishi mavzusi " The ways of improving integrated skills
(Integratsiyalashgan ko’nikmalarni takomillashtirish usullari) 
1. Bitiruv ishi mavzusining dolzarbligi 
Chet tillarni o‘qitishda pedagog-o‘qituvchilarning zamonaviy yondashuvlar, 
pedagogik texnologiyalarning mohiyatidan xabardorliklari hamda ularni ta’lim 
jarayonida samarali qo‘llay olishlari,shuningdek,didaktik va metodik masalalarning 
o‘z yechimlarini topishi kadrlar tayyorlash milliy modelini ro’yobga chiqarishning 
muhim bosqichidir. Ushbu mavzuda ta’lim va tarbiya jarayonida, xususan ingliz tili 
darslarida til o‘rganuvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikma va 
malakalarini rivojlantirishning samarali usul va uslublari, til o‘rgatish jarayonida 
o‘quvchilarning ijodkorligini rivojlantirishdagi muammolar bilan bog‘liq masalalar 
to‘g‘risida soha mutaxassislarining fikrlari tahlili bayon etilganligi mavzuning 
dolzarbligini tasdiqlovchi dalildir. 
2. BI ishning qisqacha tafsiloti Mazkur bitiruv ishi kirish qismi, ikkita bob, 
xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ishdagi ayrim so‘z va iboralarning 
izohi keltirilgan lug‘at (glossariy)dan iborat.Tadqiqotning birinchi bobi " Review of 
the linguistic and methodological literatures and articles on the ways of 
improving integrated skills " ikkinchi bobi " Practical implementation of 
methods and ways of improving integrated skills " deb nomlangan bo’lib, 1-bob 
4 paragrfdan, 2-bob 4 paragrfdan iborat. Ushbu bitiruv ishida ingliz tilini o’qitishda 
o’qish,tinglab tushunish,yozish va gapirish ko’nikmalari va metodlari haqida so'z 
boradi. Ingliz tilini o’rganish zamon talabi bo'lganligi bois, uni o'qitishda bizga 
samarali va oson metodlar kerak bo'ladi va bu bitiruv ishida aynan shu narsa ish 
mazmunini tashkil qiladi. Shuningdek, muammolar hamda mazkur muammolarni 



bartaraf etishning samarali yo‘llarini imkon qadar xorijiy adabiyotlardan foydalanib 
izohlashga harakat qilingan. 
3. Bitiruv ishining rasmiylashtirilishi Ma’lumki, bitiruv ishi O’zbekiston 
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2019 yil 30 apreldagi 152-son buyrug‘i bilan 
tasdiqlangan “Xalq ta’limi tizimi rahbar, mutaxassis va pedagog xodimlarini qayta 
tayyorlash kurslari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risida”gi 
nizomda belgilangan talablar asosida rasmiylashtirilishi lozim. Ushbu ish bitiruv 
ishlariga qo’yiladiga talablar asosida rasmiylashtirilgan. 
4. Xulosa Umumiy ma’noda bitiruv ishi tizimga solingan va maqsad asosida 
yechim topishga qaratilgan.Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati tartibi to‘g‘ri 
joylashtirilgan. Bitiruv ishi tugatilgan va uni himoyaga tavsiya etish mumkin. 
Bitiruv ishi ilmiy maslahatchisi
____________________ 
Imzo _______________
Sana __________ 


Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin