Bitiruv ishi topshiriq varaqasi



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/39
tarix04.11.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#118955
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Mirzaqobilova Aziza diplom

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



Samarqand viloyati xalq ta’limi tizimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini 
oshirish hududiy markazi qoshida tashkil etilgan ingliz tili fanini o’qitish huquqini 
berish bo’yicha kasbiy qayta tayyorlash kursi 1-guruh tinglovchisi Mirzaqobilova 
Aziza " The ways of improving integrated skills" (Integratsiyalashgan 
ko’nikmalarni takomillashtirish usullari) mavzusida yozgan bitiruv ishiga 
TAQRIZ 
Ushbu bitiruv ishi kirish qismi, ikkita bob, xulosa, adabiyotlar ro‘yxati, 
mazkur ishda ko‘p qo‘llanilgan so‘z va iboralar hamda yangi terminlarning ma’nosi 
keltirilgan kichik lug‘atdan iboratdir. I bob “Review of the linguistic and 
methodological literatures and articles on the ways of improving integrated 
skills " 4 paragrafdan iborat bo`lib,ushbu bitiruv ishida ingliz tilini o’qitishda 
o’qish,tinglab tushunish,yozish va gapirish ko’nikmalari va metodlari haqida 
umumiy ma’lumot berilgan, Shuningdek chet tillarini o‘qitishda qo‘llaniladigan 
texnologiyalar rivojlanish bosqichlari haqida fikr yuritilgan. 
Tinglovchi ushbu ishning ikkinchi bobini " Practical implementation of 
methods and ways of improving integrated skills " deb atalgan. Unda ingliz tili
chet tili sifatida o’qitiladigan ta’lim tizimida grammatikani o’qitish ishini tashkil 
etish va ingliz tilini o’rganishning 4 bosqichini rivojlantirishda samarali 
foydalanishning sinalgan va samarali yo'llari haqida ma'lumotlar berilgan, o'qitish 
metodlari ko'rsatilgan, o‘rgatish jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning vazifalari, 
mazkur yondashuvning afzallik tomonlari va o‘quvchilarning tilni o‘rganishga 
bo’lgan qiziqishlarini shakllantirishning o‘ziga xosligi tilga olinadi. 
Xulosa qismida tinglovchi tomonidan berilgan barcha ma'lumotlar qisqa 
shaklda bayon etilgan, uqilgan ishlarini ketma- ketlikda sanab o'tgan va u ko'rsatgan 
o'qitish usullarining foydali ekanligi, o'zi tomonidan sinalgan va kutilgan natijalarga 
erishilganligi bayon etilgan. 
Ushbu bitiruv ishni yozishda talaba 30 ga yaqin qo‘shimcha va asosiy 
adabiyotlardan foydalangan. Adabiyotlar orasida internetdan olingan ma’lumotlar 
ham mavjud bo‘lib, bu yanada yangi ma’lumotlar taqdim qilish imkonini yaratadi. 



Ushbu bitiruv ishini yozishda tinglovchi o‘z ustida ishlaganligi aniq ko‘rinib 
turibdi. Mirzaqobilova Aziza Murodqobilovna tomonidan bajarilgan bitiruv 
malakaviy ish qayta tayyorlov kursi bitiruvchilarining bitiruv malakaviy ishlariga 
qo‘yilgan talablarga javob beradi. 
Mazkur bitiruv ishi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2019 
yil 30 apreldagi 152-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi tizimi rahbar va 
mutaxassis va pedagog xodimlarni qayta tayyorlash kurslari bitiruvchilarining 
yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risida”gi Nizomda belgilangan talablar asosida 
rasmiylashtirilgan. 
Oqdaryo tumani 56 -umumiy 
o’rta maktab direktori: K.A.Karimov

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin