5
Samarqand viloyati xalq ta’limi tizimi xodimlarini qayta
tayyorlash va malakasini
oshirish hududiy markazi qoshida tashkil etilgan ingliz tili fanini o’qitish huquqini
berish bo’yicha kasbiy qayta tayyorlash kursi 1-guruh tinglovchisi Mirzaqobilova
Aziza "
The ways of improving integrated skills" (Integratsiyalashgan
ko’nikmalarni takomillashtirish usullari) mavzusida yozgan bitiruv ishiga
TAQRIZ
Ushbu
bitiruv ishi kirish qismi, ikkita bob, xulosa, adabiyotlar ro‘yxati,
mazkur ishda ko‘p qo‘llanilgan so‘z va iboralar hamda yangi terminlarning ma’nosi
keltirilgan kichik lug‘atdan iboratdir. I bob “
Review of the linguistic and
methodological literatures and articles on the ways of improving integrated
skills " 4 paragrafdan iborat bo`lib,ushbu bitiruv ishida ingliz tilini o’qitishda
o’qish,tinglab
tushunish,yozish va gapirish ko’nikmalari va metodlari haqida
umumiy ma’lumot
berilgan, Shuningdek chet tillarini o‘qitishda qo‘llaniladigan
texnologiyalar rivojlanish bosqichlari haqida fikr yuritilgan.
Tinglovchi ushbu ishning ikkinchi bobini "
Practical implementation of
methods and ways of improving integrated skills " deb atalgan. Unda ingliz tili
chet tili sifatida o’qitiladigan ta’lim tizimida grammatikani o’qitish
ishini tashkil
etish va ingliz tilini o’rganishning 4 bosqichini rivojlantirishda samarali
foydalanishning sinalgan va samarali yo'llari haqida ma'lumotlar berilgan, o'qitish
metodlari ko'rsatilgan, o‘rgatish jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning vazifalari,
mazkur yondashuvning afzallik tomonlari va o‘quvchilarning tilni o‘rganishga
bo’lgan qiziqishlarini shakllantirishning o‘ziga xosligi tilga olinadi.
Xulosa qismida tinglovchi tomonidan berilgan barcha ma'lumotlar
qisqa
shaklda bayon etilgan, uqilgan ishlarini ketma- ketlikda sanab o'tgan va u ko'rsatgan
o'qitish usullarining foydali ekanligi, o'zi tomonidan sinalgan va kutilgan natijalarga
erishilganligi bayon etilgan.
Ushbu bitiruv ishni yozishda talaba 30 ga yaqin qo‘shimcha va asosiy
adabiyotlardan foydalangan. Adabiyotlar orasida internetdan olingan ma’lumotlar
ham mavjud bo‘lib, bu yanada yangi ma’lumotlar taqdim qilish imkonini yaratadi.
6
Ushbu bitiruv ishini yozishda tinglovchi o‘z ustida ishlaganligi aniq ko‘rinib
turibdi. Mirzaqobilova Aziza Murodqobilovna tomonidan
bajarilgan bitiruv
malakaviy ish qayta tayyorlov kursi bitiruvchilarining bitiruv malakaviy ishlariga
qo‘yilgan talablarga javob beradi.
Mazkur bitiruv ishi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2019
yil 30 apreldagi 152-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi tizimi rahbar va
mutaxassis va pedagog xodimlarni qayta tayyorlash
kurslari bitiruvchilarining
yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risida”gi Nizomda belgilangan talablar asosida
rasmiylashtirilgan.
Oqdaryo tumani 56 -umumiy
o’rta maktab direktori: K.A.Karimov
Dostları ilə paylaş: