kirish, ikki bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
Ishning
kirish
qismida tanlangan mavzuning dolzarbligi va o`rganilganlik
darajasi asoslangan, ishning maqsadi va vazifalari, ob`ekti va predmeti belgilab
olingan, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati yoritib berilgan.
Bitiruv malakaviy ishining
birinchi bobida
turli iqtisodiy qarashlar va
uslubiy yondashuvlarni tahlil qilish va umumlashtirish asosida ―iqtisodiy
xavfsizlik‖ atamasining mohiyati va ob`ektiv zarurligi ochib berilgan, iqtisodiy
xavfsizlikning ko`rsatkichlar tizimi va mezonlarini bir tizimga keltirilgan.
Ishning
ikkinchi bobida
XXRda iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlashning
hozirgi holati tahlil qilingan, Xitoy Xalq Respublikasi iqtisodiy xavfsizligini
ta`minlashdagi
asosiy
muammolar
aniqlangan,
iqtisodiy
xavfsizlikni
ta`minlashning XXR tajribasidan O`zbekistonda foydalanish bo`yicha taklif va
tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Ishning
xulosa
qismida bitiruv malakaviy ishining asosiy natijalari
umumlashtirilgan.
I-BOB. GLOBALLASHUV SHAROITIDA IQTISODIY XAVFSIZLIKNI
TA`MINLASHNING ILMIY-USLUBIY JIHATLARI
1.1. Iqtisodiy xavfsizlikning mohiyati va uni ta`minlashning ob`ektiv
zarurligi
Iqtisodiy xavfsizlik har qanday mamlakat hukumati iqtisodiy siyosatida
markaziy o`rinni egallaydi. Zero, iqtisodiy xavfsizlikning ta`minlanmasligi birinchi
navbatda hukumatning o`zi uchun xavf hisoblanadi. Iqtisodiy xavfsizlikni tadqiq
etish, eng avvalo, ―xavfsizlik‖ atamasining o`zini tushunishni taqozo etadi.
―Xavfsizlik‖ atamasi ilmiy nuqtai nazardan aholining hayot faoliyati va
rivojlanishi uchun resurslarga, texnologiyalarga, axborot va ma`naviy ideallarga
bo`lgan
tabiiy-fiziologik,
ijtimoiy-iqtisodiy,
ma`naviy
ehtiyojlarning
himoyalanganligi sifatida tavsiflanishi lozim. Shu nuqtai nazardan maqsadga
muvofiq bo`lmagan tashqi ta`sirlardan va radikal ichki o`zgarishlardan
himoyalanish, ya`ni xavfsizlikka bo`lgan ehtiyoj bazaviy va asosiy ehtiyojlardan
hisoblanadi. Bu himoyalanish alohida olingan shaxs uchun ham, davlat va
mamlakat uchun ham birday muhim. Shundan kelib chiqqan holda xavfsizlikka
sub`ektga tegishli bo`lgan o`zgarishlar va tashqi ta`sir natijasida ushbu sub`ekt
sifatining o`zgarishi minimal bo`lgan holat sifatida qaraladi.
Turli xil xavfsizliklar orasida iqtisodiy xavfsizlik alohida o`ringa ega. Bu
shu bilan izohlanadiki, xavfsizlikning barcha turlari iqtisodiy ta`minotsiz amalga
oshmaydi.
Iqtisodiy xavfsizlik davlat milliy xavfsizligini ta`min etuvchi asosiy
bo`g`inlardan biri, mamlakat iqtisodiy ehtiyojlarini kafolatli ta`minlash yo`llari,
vositalari va usullariga asoslanuvchi qarashlar yig`indisidir. Konseptual
ko`rinishda u davlat iqtisodiy potensiali holatidan kelib chiqadigan iqtisodiy
xavfning asosiy omillari tahliliga asoslanadi. Kuchsiz va samarasiz iqtisodiyot
davlat xavfsizligini ta`minlashi mumkin emas. Bu ijtimoiy nizolarga to`la
jamiyatda, ayniqsa yaqqolroq namoyon bo`ladi. Chunki ―iqtisodiy xavfsizlik‖ va
―ijtimoiy xavfsizlik‖ o`zaro bog`liq tushunchalar bo`lib, bir-birini to`ldiradi.
Iqtisodiy xavfsizlik asosida barqaror rivojlanishni ta`minlovchi muhitni
tashkil etuvchilar yotadi. Rivojlanishsiz iqtisodiy taraqqiyot bo`lishi mumkin emas.
Barqarorlik – bu, jamiyatning favqulotda holatlarda hamda o`z manfaatlarini
qondirish qobiliyati, vaziyatni tiklash imkoniyatidir.
―Iqtisodiy xavfsizlik‖ tushunchasi ilk bor resurslarni chegaralanganligi
to`g`risidagi masala keskinlashgan bir paytda yuzaga keldi. Iqtisodiy xavfsizlik
ko`p qirrali, murakkab va ziddiyatli tushuncha bo`lib, bu holat unga yagona ta`rif
berishni qiyinlashtiradi. Shu sababli unga berilgan ta`riflar ko`p va ular bir-biridan
qo`yilgan maqsad, tahlil usuli jihatidan farq qiladi.
Xususan iqtisodiy xavfsizlikka davlat tomonidan ichki va tashqi
tahdidlarning mamlakat xo`jaligiga kuchli zarar yetkazishiga yo`l qo`ymaslikni
kafolatlovchi sharoitlar sifatida qarash mumkin
16
. Boshqacha qilib aytganda, davlat
pul-kredit, soliq, byudjet va boshqa moliyaviy siyosat turlaridan foydalanib,
iqtisodiy vaziyatning ijobiy barqarorligini ta`minlaydi. Shuni alohida qayd etish
lozimki, ―iqtisodiy xavfsizlik‖ka berilgan ushbu ta`rifda davlat hokimiyati
organlari tomonidan amalga oshiriladigan muhofaza mexanizmiga asosiy e`tibor
qaratilmoqda.
Shunga yaqin ta`rif quyidagi ta`rifda ham keltirilgan: ―Iqtisodiy xavfsizlik‖
– bu iqtisodiyotning shunday holatiki, bu uning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning
bir maromda davom etishiga xalaqit beradigan, aholining erishilgan turmush
darajasini izdan chiqarib, jamiyatda kuchli ijtimoiy tanglikni yuzaga keltiradigan,
shuningdek, davlatning mavjudligiga xavf tug`diradigan tashqi va ichki omillar
ta`siriga bardoshli ―immunitet‖i bilan tavsiflanadi
17
.
Ayni vaqtda akademik L.Abalkin bu tushunchani ancha kengroq yoritadi:
―iqtisodiy xavfsizlik – bu iqtisodiy tizimning shunday holatiki, u iqtisodiyotning
16
Злоказов К. В. Репрезентация идей националистической направленности в креолизованном тексте /К.В.
Злоказов // Политическая лингвистика. – 2014. – № 3 (49). – С.31.
17
Вечканов Г.С. Экономическая безопасность. – СПб.: 2007. – С.65.
dinamik va samarali rivojlanishini ta`minlashga, ijtimoiy vazifalarni hal etishga
imkoniyat yaratadi. Bu holatda davlat mustaqil iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va
hayotga joriy etish imkoniyatiga ega bo`ladi‖
18
.
Ushbu ta`rifda nafaqat mavjud iqtisodiy vaziyatdan himoyalanish tamoyili,
balki barcha darajadagi iqtisodiy sub`ektlarning yanada rivojlanishi uchun
salohiyat ham hisobga olingan.
Boshqa bir ta`rifga ko`ra, ―iqtisodiy xavfsizlik mamlakatning barqaror
ijtimoiy-iqtisodiy rivojini mustaqil ta`minlash nuqtai nazaridan jamiyatning
iqtisodiy va ishlab chiqarish kuchlari holati, davlatning milliy xavfsizligi talab
darajasida qo`llab-quvvatlanishi, shuningdek, global raqobat sharoitida milliy
iqtisodiyot raqobatbardoshligining zarur darajadaligini anglatadi‖
19
. Ko`rinib
turibdiki, bu qarash yuqoridagi qarashga mohiyatan yaqin.
Akademik L.I.Abalkin yuqoridagi fikrlaridan kelib chiqib, iqtisodiy
xavfsizlikning mohiyatini chuqurroq ochib berish uchun uch omilga e`tibor
qaratgan
20
:
- iqtisodiy mustaqillik;
- milliy iqtisodiyotning barqarorligi;
- o`z-o`zidan rivojlanish va taraqqiy etishga qodirlik.
Jahon xo`jalik tizimida globallashuv jarayonlari chuqurlashib, xalqaro
integratsiya yer yuzining barcha mintaqalarini qamrab olayotgan zamonaviy
iqtisodiy sharoitda hech bir mamlakat jahon xo`jaligidan ayro rivojlanishi mumkin
emas, ya`ni mutlaq iqtisodiy mustaqil emas. Buning asosiy sababi shundan
iboratki, xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvining kuchayishi milliy
iqtisodiyotlarni bir-biriga o`zaro bog`liq qilib qo`yadi. Shu sababli bugungi kunda
iqtisodiy mustaqillik deganda davlatning iqtisodiy zahiralar ustidan nazorat o`rnata
olish imkoniyati, jahon savdosida, kooperatsiya aloqalarida, ilmiy-texnika
18
Абалкин Л. И. Экономическая безопасность России / Л.И.Абалкин //Социально-политический журнал. –
1997. – № 5. – С.3.
19
Бухвальд Е. Макроаспекты экономической безопасности: факторы, критерии и показатели / Е.Бухвальд,
Н.Гловацкая, С.Лазуренко // Вопр. экономики. - 1994. - N 12. - С.25-35.
20
Абалкин, Л. А. Экономическая безопасность России: угрозы и их отражение // Вопросы экономики. –
1994. – № 12. – С. 4–13.
yutuqlarini ayirboshlashda teng ishtirok eta olishi va raqobatbardoshlikni
ta`minlaydigan ishlab chiqarish, samaradorlik va sifat darajasiga erishishi
tushuniladi.
Shu bilan birga milliy iqtisodiyotning barqarorligi mulkchilikning barcha
shakllari himoya qilinishini, tadbirkorlik faoliyati uchun zaruriy shart-sharoit va
kafolatlarning
yaratilishini,
mamlakatdagi
vaziyatning
yomonlashuviga,
beqarorlikka olib keladigan holatlarning jilovlanishini taqozo etadi.
Shu bilan birga iqtisodiy xavfsizlik ta`minlanishi uchun iqtisodiyotning o`z-
o`zidan rivojlanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu shuni anglatadiki, iqtisodiy
xavfsizlikning ta`minlanishi qulay investisiya va innovatsiya muhitning yaratilishi,
ishlab
chiqarishning
muntazam
modernizatsiyalashib,
yangilanishi
va
takomillashib borishi hamda xodimlarning bilim, kasb-malaka, umumiy madaniy
darajasining o`sib borishi bilan yaqindan bog`liq. Aks holda iqtisodiy xavfsizlikni
ta`minlab bo`lmaydi.
Yuqoridagi ta`riflarni umumlashtirgan holda, bizning fikrimizcha, iqtisodiy
xavfsizlikka quyidagicha ta`rif berish mumkin: iqtisodiy xavfsizik — bu, davlat
iqtisodiy tizimiga ta`sir qiluvchi va uning eng kam chiqim bilan, bosqichma-
bosqich barqaror rivojlanishi, shu asosida jamiyatning potensial imkoniyatlarini
har tomonlama amalga oshirish uchun, milliy manfaatlar eng ko`p ifodalanishiga
imkon beruvchi (ichki va tashqi) shart va omillar yig`indisi, shuningdek,
davlatning turli xil xavflar va yo`qotishlarga qarshi turish qobiliyatidir.
Ta`kidlash lozimki, iqtisodiy xavfsizlik iqtisodiyotning turli sub`ektlariga
tegishli va ular quyidagilardan iborat: alohida fuqarolar; xususiy tadbirkorlik,
biznes; davlat korxonalari; milliy iqtisodiyot; davlat. Ichki iqtisodiy sohalarda
xavfsizlik tabiiy, texnikaviy-iqtisodiy, infratuzilmaviy, ijtimoiy, mikro va
makroiqtisodiy rivojlanishning boshqa omillari, shuningdek, turli beqarorlikni,
tanglikni keltirib chiqaruvchi ichki va tashqi tahdidlar ta`siridan himoya qiluvchi
ichki imkoniyatlar bilan bog`liqdir.
Tashqi iqtisodiy sohadagi xavfsizlik mamlakatning jahon bozoridagi
raqobatbardoshligi, milliy valyutaning barqarorligi, davlatning moliyaviy ahvoli
bilan tavsiflanadi.
Alohida ta`kidlab o`tish joizki, ―iqtisodiy xavfsizlik‖ tushunchasi ―risk‖
(tavakkalchilik) kategoriyasi bilan uzviy bog`liqdir. Uzoq yillar davomida
iqtisodiyotni boshqarish nazariyasi va amaliyotida, ayniqsa, makroiqtisodiyot
darajasida uning rivojlanishiga qat`iy belgilangan jarayon sifatida qaralgan. Ushbu
jarayonda xo`jalik qarorlarining ko`zda tutilmagan natijalarga olib kelishi, takror
ishlab chiqarish jarayonlari buzilishining salbiy oqibatlari nazarda tutilmas edi. Bu
esa ―iqtisodiy risk‖ omillariga e`tibor bermaslik oqibati edi. Zero iqtisodiy risk
kategoriyasi iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlashda muhim o`rin tutadi. Bu o`rinda
riskni baholash bilan uni boshqarishni bir-biridan farq qilish lozim.
Iqtisodiyotga ta`sir ko`rsatuvchi omillar va qabul qilingan xo`jalik qarorlari
oqibatlarining noaniqligi tufayli riskni baholash ehtimollik kasb etadi. Bu
jarayonni boshqarish favqulodda sodir bo`ladigan ijtimoiy-iqtisodiy xodisalarni
oldindan payqab, ularning oqibatlarini yumshatish, kuchsizlantirish va bartaraf
etish imkonini yaratadi. Albatta, tanglik holatining paydo bo`lish ehtimolligini
baholash bilan bir qatorda u bilan bog`liq ravishda ko`riladigan zarar va
yo`qotishlarni ham oldindan baholash zarurati tug`iladi. Demak, iqtisodiy
xavfsizlik darajasini baholash risk omillarini tahlil qilish bilan birgalikda
―yo`qotish‖ (zarar) kategoriyasidan foydalanishni ham taqozo etadi. Yo`qotish,
zarar haqiqiy, kutilgan, potensial, kompensatsiyaviy, ya`ni o`rni to`ldiriladigan va
to`ldirilmaydigan bo`lishi ham mumkin.
Hozirgi paytda davlat iqtisodiy xavfsizligining tarkibiy elementlari sifatida
inson resurslari, texnik-ishlab chiqarish, texnologik, oziq-ovqat, energetik,
boshqaruv va axborot xavfsizligi tashkil etadi (1.1.1-rasm).
|