Bitiruv malakaviy


O‘quv faoliyatidan kutilayotgan natijalar



Yüklə 118,86 Kb.
səhifə10/16
tarix16.03.2023
ölçüsü118,86 Kb.
#124154
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bitiruv malakaviy ishi

O‘quv faoliyatidan kutilayotgan natijalar


    1. O‘quvchilar kasbiy jarayonda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldini olish bo‘yicha eng to‘g‘ri va ta’sirchan qarorlarni qabul qilishni o‘rganadilar.

    2. O‘quvchilarning kasbiy jarayonda sodir bo‘lgan muammolarini har tomonlama chuqur o‘rganish, asosli xulosalar qilish malakalari rivojlanadi.

    3. Ularda muammoni hal qilishga ilmiy yondashish ko‘nikmalari shakllanadi.

    4. O‘quvchilar turli manbalar ustida mustaqil tahliliy faoliyatlarni tashkil qilishni o‘rganadilar. Manbalar tahlili davomida o‘zlarining shaxsiy fikr va xulosalarini shakllantiradilar.

    5. Muammoni keng qamrovda, unga ta’sir qiluvchi barcha omillarini e’tiborga olib, atroflicha o‘rganish lozimligini bilib oladilar.

    6. O‘quvchilarning sodir bo‘lgan vaziyat oqibatlarini bartaraf qilish bo‘yicha malakalari tarkib topadi.

    7. O‘quvchilarning hamkorlikda sermahsul faoliyat yuritish malakalari, istiqbolli natijalar yo‘lida aqliy-intellektual imkoniyatlarini birlashtirish, mas’uliyatlilik, ijtimoiy faollik, muloqatchanlik, moslashuvchanlik, pedagogik mas’uliyat kabi sifatlari tarbiyalanadi.

    8. O‘quvchilar keng mantiqiy fikrlashni o‘rganadilar, ularning dunyoqarashi kengayadi, kasbiy axloq meyorlari to‘g‘risidagi tushunchalari tarkib topadi, bo‘lg‘usi kasbiy faoliyatlarni to‘g‘ri tashkil qilishni o‘rganadilar.

Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun talabalar quydagi bilim ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari lozim:
Talaba bilishi kerak: o‘quvchilar jamoasi, jamoa ichida ishni tashkil qilish, o‘qituvchining pedagogik muloqat uslublari, sinf rahbarining ish uslublari, ota- onalar bilan hamkorlik uslublarini.
Talaba amalga oshirish kerak: mavzuni mustaqil o‘rganadi, muammoning mohiyatini aniq tushunib oladi, uning kasbiy, ijtimoiy, ma’naviy ahamiyatlilik jihatlarini belgilab oladi, o‘z shaxsiy tanqidiy fikrlarga ega bo‘lib, mantiqiy xulosalar qilishi, ilmiy-nazariy hamda amaliy manbalar ustida mustaqil ishlashi va natijalarini umumlashtirishi lozim.

Yüklə 118,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin