Yuqoridagi jadvalda "O'zmilliybank"AJ Samarqand filialining 2022-2023 yillar mobaynida Kredit stavkalariga doir ma’lumotlar (tariflar) haqida malumotlar keltirilgan
Yuqoridagi jadvalda "O'zmilliybank"AJ Samarqand filialining 2022-2023 yillar mobaynida Kredit stavkalariga doir ma’lumotlar (tariflar) haqida malumotlar keltirilgan Kreditlar foiz stavkalari, kredit mahsulotining turi, kreditlash muddati va kredit valyutasiga qarab belgilanadi.
"O'zmilliybank" AJ Samarqand filialida kredit operatsiyalari hisobi quyidagicha olib boriladi:
Dastlab kredit berish to’g’risida shartnoma imzolanadi va undan so’ng bankda kredit berish majburiyati paydo bo’ladi. Bunda quyidagicha provodka beriladi:
Dt- 91809- banklarning kredit va lizing berish majburiyatlari;
Kt- 96351- bankning kredit berish majburiyati bo’yicha kontr- hisobvarag’i. Keyingi bosqichda garov hisobga olinadi:
Dt- 94501, 94502, 94503-garov hisobvaraqlari
Kt- 96381- garov sifatida olingan qimmatli qog’ozlar, mulklar va mulkiy huquq (talab) lar bo’yicha kontr-hisobvaraq
Bunda garov to’liq summada hisobga olinadi. Garov hujjatlari hisobga olinsa:
Dt- 93609- saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar hisobvarag’i
Kt- 96379- saqlanayotgan qimmatli qog’ozlar va boshqa qimmatli buyumlar bo’yicha kontr-hisobvaraq
Bank tomonidan berilgan kredit amaldagi qiymatida aks ettiriladi va qarzdorga berilgan pul mablag’lari summasini ifodalaydi:
Dt- 11901-13301/14301-15501 – tegishli qisqa va uzoq muddatli ssuda hisobvaraqlari
Kt- 10301(O'zRMBdagi vakillik hisobvarag’idan olinishi lozim bo'lgan mablag’lar Nostro)-16103 (Bosh ofis/filialdan filiallararo va banklararo hisob-kitoblar bo'yicha olinadigan mablag’lar)/ 10100 - «Kassadagi naqd pul va boshqa to'lov hujjatlari» (kredit naqd pulda berilganda)/ Mijozning tegishli talab qilib olinguncha hisobvarag’i,/ Bank plastik kartasi (BPK) hisobvaraqlari
Mijozlarning kredit qaytarish bo’yicha majburiyat balansdan tashqari hisobvaraqda hisobga olinadi:
Dt- 91901/91905- qarzdorlarning qisqa va uzoq muddatli kreditlari va lizing bo’yicha majburiyatlari;
Kt- 96345/96349- qarzdorlarning qisqa va uzoq muddatli kreditlari va lizing bo’yicha majburiyatlari kontr hisobvaraqlari.
Banklar tomonidan ko'rsatilgan xizmatlar uchun potensial qarz oluvchilardan vositachilik haqi olinayotganda quyidagi buxgalteriya o'tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt- qarz oluvchining talab qilib olunguncha depozit hisobvarag’i
Kt- 22896 - «Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar»
Tijorat banklari mijoz bilan tuzilgan kredit shartnomasi va kreditni qaytarish graffigiga asosan berilgan kreditlarni qaytarish operatsiyalarini amalga oshiradi.Kreditlarni qaytarilishi qarz oluvchining asosiy, shuningdek ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlaridan quyidagi buxgalteriya o'tkazmasi orqali amalga oshiriladi:
Dt- 10100, mijozning talab qilib olinguncha hisobvarag’i, Bank plastik kartochkasi (BPK) hisobvarag’i;
Kt-11901-13301/14301-15501- tegishli qisqa va uzoq muddatli kredit hisobvarag’i Agar kredit kafil tomonidan qaytarilsa quyidagicha provodka beriladi:
Dt- Kafolat beruvchining talab qilib olinguncha hisobvarag’i
Kt- 10301 - «Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’i - Nostro» (agar mablag’ oluvchiga boshqa tijorat banki tomonidan hizmat ko'rsatilsa)
Kt- Ssuda hisobvarag’i
Kredit va hisoblangan foiz to’liq qaytarilganda ta’minot balansdan tashqari hisobvaraqlardan hisobdan chiqariladi yuqoridagi provodkalarga teskari provodka beriladi:
Dt- 96381- garov sifatida olingan qimmatli qog’ozlar, mulaklar va mulkiy huquq (talab) lar bo’yicha kontr-hisobvaraq
Kt- 94501, 94502, 94503 - garov sifatida olingan qimmatli qog’ozlar/ garov sifatida olingan mulklar va mulkiy huquqlar/ garov sifatida olingan kafolat va kafilliklar.
Dt-96379- saqlanayotgan qimmatli qog’ozlar va boshqa qimmatli buyumlar bo’yicha kontr-hisobvaraq
Kt- 93609- saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar hisobvarag’i
Kreditlar bo’yicha foizlar buxgalteriya hisobining hisoblab yozish usuli bo’yicha tan olinadi, ya’ni:
Dt- 16309- kreditlar bo’yicha hisoblangan foizlar
Kt- 41400-44700- uzoq muddatli kreditlar bo’yicha foizli daromadlar
Hisoblangan foizlar kelib tushganda, quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:
Dt-10101, 10111, Bankning vakillik hisobvarag’i, mijozning tegishli talab qilib olinguncha deposit hisobvarag’i;
Kt- 16309- kreditlar bo’yicha hisoblangan foizlar
Mijozning kreditga layoqatliligi deganda qarz oluvchining olgan qarzini (asosiy qarzi va uning foizini) to‘la va o‘z vaqtida qaytaraolish qobiliyatini tushunamiz. Jahon va mamlakatimiz bank amaliyotida mijozning kreditga layoqatliligini belgilovchi quyidagi mezonlar o‘rnatilgan:
• mijoz xarakteri (fe’l-atvori);
• mablag‘ni qarz olish qobiliyati;
• joriy faoliyat davomida qarzni uzish uchun mablag‘ ishlab topish qobiliyati;
• mijoz kapitali;
• kreditning ta’minlanganligi;
• kredit operatsiyasini bajarish chog‘idagi sharoitlar;
• qarz oluvchi faoliyatining qonuniy jihatlarini nazorat qilish darajasi.
Korxonalarning kreditga layoqatliligini aniqlashda turli xil ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Ko‘rsatkichlar soni chegaralanmagan, ya’ni qarz oluvchining faoliyatidan kelib chiqqan holda, xar bir tijorat banki uni o‘zi mustaqil aniqlaydi. Banklar orqali qarz oluvchining kreditga layoqatliligini baholash turlicha bo‘lishi mumkin, lekin ularning hammasi ma’lum bir andozaga tushirilgan moliyaviy koeffitsientlardan foydalanadilar. Ularga:
• qoplash koeffitsienti;
• likvidlilik koeffitsienti;
• mustaqillik(muxtoriylik) koeffitsienti, ya’ni o‘z mablag‘lari bilan ta’minlanish koeffitsienti kiradi.
Likvidlilik mijozning o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarilishini (qoplanishini) bildiradi. Likvidlilik va qoplash koeffitsientlari qarz oluvchining balans likvidliligini, ya’ni passivdagi majburiyatlarni qoplash uchun aktivdagi pul mablag‘larining etarlilik imkoniyatlarini tasvirlaydi.
Tajribali kredit inspektori ahamiyat beradigan omillardan yana biri mijozning bir joyda uzoq va doimiy faoliyat ko‘rsatishi, yashashi hamda mashg‘ul bo‘lishidir. Ko‘pgina banklar odatda ko‘rsatilgan joyda bir necha oygina ishlayotgan shaxslar va yaqinda ro‘yxatdan o‘tgan firmalarga rad javobini beradilar.
Kredit inspektorlari “qarzlar piramidasi” deb ataluvchi holatning paydo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlamaydilar. “Piramida” holati bu qarzdor 1 ta bank yoki firmadan olgan qarzini to‘lash uchun boshqa kreditordan qarz olishi tushuniladi. Mijozning kredit kartochkalari bo‘yicha qarzining kattaligi, ko‘pligi o‘zining hisobidan yozib berilgan cheklarning tez tez qaytib kelishiga inspektorlar katta e’tibor beradi. Bunday dalillar asosida mijozning haqikiy moliyaviy ahvoli va uning pul mablag‘larini boshqarish qobiliyati haqida xulosa qilinadi.
Agar mijoz bilan ishlarni davom ettirish hal qilinsa, unda inspektor kredit dosesini yig‘adi va uni kredit bo‘limiga yuboradi. Bu bo‘limda mijozning kreditga layoqatliligi chuqur o‘rganiladi va kredit riskiga baho beriladi.