Bitiruv oldi malakaviy amaliyot bo’yicha yozma hisobot Reja: Kirish



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə18/20
tarix19.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#125562
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bank ishi hisobot 2021 (BI-70 Ayyub Isroilov)

10.Tijorat banklarining yangi xizmat turlari va uning qo’llanilish amaliyoti hamda xorijiy davlatlarning ayni shu tizimdagi ko’rsatkichlari bilan qiyosiy tahlilini amalga oshirish.
Respublikamizda soʻnggi yillarda bank tizimini rivojlantirish, ayniqsa, sohaga zamonaviy IT-texnologiyalarni keng joriy etish, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish qaratilgan konstruktiv choralar koʻrilmoqda. Bu boradagi jarayonlar joriy yildan boshlab yana-da tezlashtirildi. Bu bejiz emas. Zero, davlatimiz rahbari Oliy Majlisga Murojaatnomasida taʼkidlab oʻtganidek, "Afsuski, bank tizimi raqamli texnologiyalarni qoʻllash, yangi bank mahsulotlarini joriy etish va dasturiy taʼminotlar boʻyicha zamon talablaridan 10-15 yil orqada qolmoqda. 2020-yildan boshlab har bir bankda keng koʻlamli transformatsiya dasturi amalga oshiriladi. Bu borada banklarimizning kapital, resurs bazasi va daromadlarini oshirish alohida eʼtiborimiz markazida boʻladi".
Xususan, oʻtayotgan yilda bank tizimida tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlaydigan “loyihalar fabrikasi” faoliyatini yoʻlga qoʻyishga alohida eʼtibor qaratilyapti. Oʻz navbatida banklarning xalqaro moliya bozorlariga chiqib, arzon va uzoq muddatli resurslar olib kelishi yoʻlida, masalan, Milliy bank va Ipoteka bank oʻz yevrobondlarini chiqarish ustida ish olib bormoqda. Zero, davlatimiz rahbari aytib oʻtganidek, “Bank sohasidagi islohotlarning asosiy maqsadi – tijorat banklarini mijoz uchun ishlashga oʻrgatishdan iborat”. Bu yoʻlda banklarda axborot texnologiyalarini keng tatbiq etish orqali ularning dasturiy taʼminotini tubdan yangilash, “kredit tarixi” axborot tizimini toʻliq ishga tushirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilanib, izchil amalga oshirilyapti. Ayniqsa, bugungi pandemiya sharoitida banklarning masofaviy xizmat koʻrsatish sifati va tezkorligi har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etyapti. Quvonarlisi, koronavirus kasalligi tarqalishining oldini olish maqsadida yurtimizda pensiya taʼminotini masofadan turib amalga oshirish jarayonlarini amalga oshirishda ijobiy natijalarga erishilmoqda. Xususan, bu borada pensionerlarga plastik kartochkalar ochib berish boʻyicha sezilarli ishlar olib borilyapti.
Shularga uygʻun tarzda bugungi kunda mamlakatimizda tijorat banklari tomonidan koʻrsatilayotgan masofaviy xizmatlar holatini yaxshilash, qulay va zamonaviy xizmatlarni joriy etish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Taʼkidlash joiz, yurtimizda banklarning masofaviy xizmatlarini koʻrsatish sifati va koʻlamini kengaytirishda Prezidentimizning 2018-yil 9-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni dasturilamalda toʻlov tizimini yana-da rivojlantirish, shu jumladan, masofadan turib bank xizmatlaridan foydalanish hamda yangi texnologiyalardan foydalanish asosiy vazifa etib belgilandi. 
Oʻzbekiston Respublikasi bank-moliya tizimida soʻnggi yillarda aynan shunday zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash sohada birmuncha qulaylik va yangiliklar yaratayotgani shundan dalolat beradi. Jumladan, yurtimizda mijozlarga taklif etilayotgan masofaviy bank xizmatlaridan “Bank-mijoz”, “Internet-banking”, “SMS-banking” hamda “Mobil-banking” shakllari mijozlar tomonidan keng foydalanilmoqda. Sababi, ularning barchasi har ikkala tomonning oʻzaro manfaatli sheriklik asosida faoliyat yuritishida qoʻl kelmoqda.
Binobarin, xalqaro standartlarni qoʻllagan holda texnologik platformani modernizatsiyalash natijasida plastik karta egalariga elektron tijorat SMS-xabarnomalari, pul oʻtkazmalari va shu kabi boshqa zamonaviy xizmat turlarini joriy etish imkoniyati yaratildi. Boshqacha aytganda, texnologik platforma mobil aloqa yoki internet mavjud boʻlgan har qanday joyda plastik kartochka boʻyicha tranzaksiyalarni amalga oshirish imkonini beradi.
Shu bilan birga, mamlakatimizda bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish tizimining qoʻllanish doirasi kengayib boryapti, tadbirkorlar oʻrtasida keng ommalashib, tijorat banklari tomonidan koʻrsatilayotgan masofaviy bank xizmatlaridan foydalanuvchilar soni birgina 2017-yilning oʻziga kelib 2 milliondan oshib ketdi. Vaholonki, bu koʻrsatkich 2011-yilda 25 ming nafarga ham yetmasdi. Joriy yilda esa foydalanuvchilar soni keskin koʻpaydi(bu boʻyicha aniq statistikani topishning imkoni boʻlmadi).
Masofaviy bank xizmatlari ulardan foydalanadigan mijozlarning huquqiy maqomiga koʻra, yuridik va jismoniy shaxslarga moʻljallangan masofaviy bank xizmatlariga tavsiflanishi mumkin.
Hozirda yuridik shaxslarga “Korporativ internet-banking”, “Mobil-banking” va “SMS-banking” kabi zamonaviy xizmatlar koʻrsatilmoqda.
Yuridik shaxslar uchun “Internet banking” xizmati koʻlamini kengaytirish ham doimiy eʼtiborda turibdi.
Banklarning amalga kiritilgan tariflariga muvofiq, “Korporotiv internet banking” xizmatiga ulanish hamda “e-key” xavfsizlik kalitlarini taqdim etish bepul. Oylik abonent toʻlovi esa eng kam ish haqining 20 foiz miqdorida belgilangan. 
Mobayl banking –– bu jismoniy shaxslar uchun masofadan xizmat ko‘rsatish tizimi - bu, mobil telefon yoki internet orqali istalgan joydan o‘z hisob raqamini boshqarish va nazorat qilish imkonini beruvchi tizimdir.
Tizim quyidagi imkoniyatlarga ega:

  1. Uyali aloqa operatorlari va shahar telefoni xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish;

  2. Internet provayderlar va raqamli televideniyelar xizmatlari uchun to‘lovlar;

  3. Kommunal to‘lovlarini (elektr energiya) amalga oshirish;

  4. Iste’mol tovarlari va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun bir marotabalik to‘lovlarni amalga oshirish va boshqa to‘lovlar;

  5. Iste’mol va ipoteka kreditlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish;

  6. Hisobraqamlar holatini ko‘rish va to‘ldirish;

  7. Omonat qoldiqlari va unga hisoblanayotgan foizlar bo‘yicha ma’lumotlar olish;

  8. Onlayn Smart Visa plastik karta qoldiqlari va uning aylanmalari bo‘yicha ma’lumotlar olish;

  9. Byudjetga to'lovlar;

  10. Mablag'ni kartadan kartaga kontaktsiz o'tkazish;

  11. Onlayn konversiya;

  12. Onlayn omonat rasmiylashtirish;

  13. Visa hamda Union Pay kartalarini bog'lash va hisobraqamlar holatini ko‘rish;

  14. YHXDB jarimalarini to'lash;

  15. FXDYo xizmatlari uchun to'lovlar;

  16. Notarius xizmatlari uchun to'lovlar.

Garant – bank depozit yacheykasidan foydalangan holda ko'char va ko'chmas mulk bilan bog'liq xaridor va sotuvchi o'rtasida ishonchli hisob-kitob xizmati.
Depozit yacheykar joylashgan xona eng zamonaviy xavfsizlik va yong'indan himoya qilish tizimlari bilan jihozlangan va bank xavfsizligi xizmati tomonidan doimo nazorat qilinadi, bu esa deposit yacheykalarda qimmat baho narsalarni yoki hujjatlarni maksimal xavfsizligini ta'minlaydi.
Garant xizmati uchun kamida 1 oyga shantnoma tuziladi, chunki bu ko'chmas mulk bilan bog'liq oldi-sotdi amaliyotlar uchun eng qulay vaqt hisoblanadi.
Bank mijozlarga hisob-kassa xizmati ko’rsatish sohasida faol ish olib borib, mijozlar bazasining kengayishiga, Bankda hisob raqamiga ega bo’lgan korxonalar va kompaniyalarga bank mahsulotlarining keng va sifatli ro’yxatini taklif etishga jiddiy e’tibor beradi.
"O'zmilliybank" AJ Samarqand filiali yuridik shaxslarga ham, shuningdek shaxsiy tadbirkorlarga so’mlarda va xorijiy valyutada hisob-kitob kassa xizmatlarini ko’rsatadi.
Hisob-kassa xizmati ko’rsati bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar:

  • So’mda va xorijiy valyutada hisob raqamlarini ochish va ularni yuritish;

  • Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish;

  • Xalqaro to’lovlarni amalga oshirish;

  • Naqd pul mablag’lari bilan operatsiyalar o’tkazish;

  • Akkreditivlar bilan operatsiyalar;

  • Konversion operatsiyalar;

  • Hujjatli operatsiyalar;

  • «Internet Banking» va «SMS banking» tizimi orqali hisobni boshqarish imkoniyati;

  • Boshqa xizmatlar.

Yuridik shaxslar uchun ish haqi loyihasi xizmati:
Tashkilot uchun:

  • Naqd pul aylanishi kamayishi sababli kassa amaliyotlari keskin kamayadi;

  • Ta’til davrida yoki xizmat safarida bo’lishidan qat’iy nazar ish haqi barcha xodimlarga o’z vaqtida va bir hil o’tkazib berilishi;

  • Inkassatsiya harajatlaring kamayishi;

  • Buxgalteriya hisobining soddalashishi;

  • Ish haqini olish bilan bog’liq bo’lgan vaqtning tejalishi;

  • To’lov hujjatlarining xavfsizligi, nazorati hamda ish haqini berish va hisob kitob qilish maxfiyligi oshadi.

Xodim uchun:

  • Ish haqini o’z vaqtida olish;

  • Tovar va xizmatlarni naqd pulsiz sotib olish imkoniyati;

  • Pul mablag’larining xavfsizligi va maxfiyligi;

  • SMS-habarnoma xizmati orqali to’lov va amaliyotlarni nazorat qilish.

Ish haqi loyihasi bo'yicha plastik kartochkalarni rasmiylashtirish:

  1. Aloqa xati;

  2. Ishchi – xodimlarning tasdiqlangan ro’yxati;

  3. Ishchi xizmatchilarining har biridan karta hisob raqami ochish bo'yicha ariza va har biridan bank plastik kartochkasidan foydalanish bo'yicha shartnoma hamda ularning pasport nusxalari;

  4. Bank bilan ish haqi loyihasini amalga oshiruvchi tashkilot bilan ushbu loyiha shartlari bo'yicha shartnoma.

Ish haqi loyixasi bo'yicha plastik kartochkalar uchun bank xizmat haqi:

  • Plastik kartochkani emissiya qilish – bepul;

  • Ish haqini plastik kartaga o'tkazish (byudjet tashkilotlari, nafaqa va stipendiya pullaridan tashqari) - shartnomaga asosan.


Xulosa
Moody's xalqaro reyting agentligi "O'zmilliybank" AJ Samarqand filialining yangilangan reytinglarini tasdiqladi. Shunday qilib, bank depozitlari reytingi “B2” darajasida, bazaviy kredit reytingi ham “B2” darajasida baholanmoqda. Reytinglar o’zgarish prognozi - "Barqaror". Ushbu reyting ko’rsatgichlari bankning barqaror moliyaviy natijalarini aks ettiradi va O’zbekistonning o’rtacha bank sektoridan ko’ra yaxshiroq ekanligini tasdiqlaydi. Ular xususan, aktivlarning yuqori sifatini, rentabelligini hamda barqaror moliyalashtirish va likvidlik profilini o’z ichiga oladi.6
Ushbu ishlab chiqarish amaliyotini "O'zmilliybank" AJ Samarqsnd filialida o‘tar ekanman, bankning xizmatlariga jismoniy va yuridik shaxlarning talablari katta. Mazkur mijozlar aholining nisbatan daromadi yuqoriroq qismi hisoblanadi. Fikrimcha, aynan bu omil bankdagi mablag‘lar aylanuvchanligini, likvidlilikni, qolaversa, bankning samaradorlik ko‘rsatkichlariga o‘zining sezilarli ijobiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Sababi, daromadi yuqori aholini bank to‘lovga qobilligini ijobiy baholaydi va natijada bank bilan mijoz o‘rtasida mustahkam ishonch yuzaga keladi. Shunda, bankning kredit qo‘mitasi tomonidan bankka murojaat qilgan ko‘plab mijozlarning murojaati ro‘yobga chiqadi. Qisqacha aytganda, bank mahsulotlariga bo‘lgan talab ham, bank mahsulotlarining taklifi ham bir tekisda oshadi. Bu esa bankda barqarorlikni va raqoatbardoshlikni ta’minlaydi. Banklarda buxgalteriya hisobi kursini nazariy jihatdan o‘zlashtirgandan so‘ng, ushbu bilimlarni "O'zmilliybank" AJ Samarqand filiali misolida amalda guvohi bo‘ldim. Bankda bo‘limlar turli xil va ular barchasi birgalikda bitta maqsadni ko‘zlashadi, u ham bo‘lsa – foyda olish. Shunday ekan, bajargan ishlar va amalga oshirilgan operatsiyalarning buxgalteriya hisobi yuritilmas ekan, har xil mavhumliklar va tartibsizliklarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, bankda har bir xodim ma’lum bir hujjatni rasmiylashtirayotganda mas’uliyat bilan yondoshishi hamda amaldagi me’yoriy hujjatlarga zid bo‘lmagan ravishda bajarishi lozim hisoblanadi, boisi bunda nafaqat bank manfaati, balki mijozning ham manfaati mavjud ekanligini unutmaslik joiz. Bankdagi har bir operatsiyalarni bajarganda ularni ro‘yxatga olinishi hamda buxgalteriya hisobining yuritilishi va operatsiyalar tugaganidan so‘ng ular bilan bog‘liq tegishli hujjatlarning arxivda saqlanishini guvohi bo‘ldik.
Xulosa qilib aytganda, bankda buxgalteriya apparati muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu apparat qanchalik bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda va tizimlilikda olib borilsa, bank shunchalik aniq va ishonchli faoliyat yurita oladi. Buxgalteriya apparati tarkibiga yetuk, malakali, o‘z ishini sevadigan va o‘z ustida uzliksiz ishlaydigan talabalarning yetishib chiqishi har bir bankning samarali faoliyat yuritishiga olib keladi hamda jahon bozorida raqobatbardosh banklar sifatida yetishib chiqishga nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay oladigan va mustaqil innovatsion fikrlay oladigan kadrlar orqali erishish mumkin.


Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin