Bitiruv oldi malakaviy amaliyot bo’yicha yozma hisobot Reja: Kirish


Tijorat banklarning valyuta o'tkazmalari bo'limi faoliyati bilan tanishish



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə6/20
tarix19.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#125562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bank ishi hisobot 2021 (BI-70 Ayyub Isroilov)

3.Tijorat banklarning valyuta o'tkazmalari bo'limi faoliyati bilan tanishish.
2002-yildan boshlab "NKO Vestern Yunion DP Vostok" bilan imzolangan „Western Union“ tizimi boʻyicha pul oʻtkazmalar sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnomaga asosan jismoniy shaxslarning pul oʻtkazmalari amalga oshiriladi. 2006-yili OʻzR TIF Milliy bankining Rossiya Federatsiyasidagi shoʻba korxonasi - "Aziya-Invest Bank" tijorat banki tomonidan jismoniy shaxslarning pul mablagʻlarini oʻtkazishni nazarda tutuvchi "AziyaEkspress" shaxsiy pul oʻtkazmalar tizimi ishlab chiqildi. Uning asosiy yoʻnalishi - Rossiya Federatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi oʻtkazmalar hisoblanadi .
2007-yilning mart oyida bank "Yevropeyskiy trastoviy bank" Tijorat banki bilan „MIGOM“ tizimi boʻyicha nosavdo tabiatidagi tezkor oʻtkazmalarni amalga oshirish toʻgʻrisida shartnoma imzoladi.
2009-yilning aprel oyida Milliy bank muassasalarining xizmat koʻrsatish shahobchalari tomonidan "Bistraya pochta" tizimi operatsiyalarini amalga oshirish boshlandi. 2012-yilning mart oyidan bank muassasalari tomonidan MoneyGram pul oʻtkazmalari tizimi operatsiyalarini amalga oshirish boshlandi.
2012-yilning aprel oyida bank "Russlavbank" YoAJ bilan „Contact“ pul oʻtkazmalari tizimiga ulanish va koʻrsatilgan tizimda pul mablagʻlarini AQSh dollarida va yevroda joʻnatish va toʻlash boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish kelishuvini imzoladi.
2013-yili bank Zolotaya Korona servisining ishtirokchisiga aylandi .
2013-yili ayirboshlash shahobchalarining ish tartibida oʻzgarishlar yuz berdi. 1-fevraldan boshlab naqd xorijiy valyutaning sotilishi bekor qilindi. Xalqaro toʻlov kartalaridan foydalanib jismoniy shaxslarga naqdsiz shaklda xorijiy valyutani sotish mexanizmi kiritildi .
2017-yilning sentabr oyida Visa International xalqaro toʻlov tizimi kartalari orqali elektron tijorat loyihasi amalga oshirildi. Oʻzbekistonda internet-ekvayring (elektron tijorat) yangi xizmatining joriy etilishi naqdsiz hisob-kitoblar oshirilishini, korxonalar, xususan, kichik va oʻrta biznes xarajatlarini qisqarishini taʼminlab, global Internet tarmogʻida Visa kartalari ekvayringini amalga oshirish imkonini berdi.
2020-yilning fevral oyida OʻMB "Sberbank" ilovasi orqali UzCard/HUMO milliy toʻlov tizimlarining kartalariga pul mablagʻlarini qabul qilish boʻyicha loyihani ishga tushirdi.
2020-yilning avgustidan boshlab OʻMB kartalarining egalari Zolotaya korona orqali yuborilgan pul oʻtkazmalarini UzCard/HUMO milliy toʻlov tizimlarining kartalariga va VISA xalqaro kartalariga olishlari mumkin.
2021-yilning sentabr oyida OʻMB “Solidarnost” va „Tinkoffbank” banklarining ilovasi orqali UzCard/HUMO milliy toʻlov tizimlarining kartalariga pul mablagʻlarini qabul qilish boʻyicha loyihani ishga tushirdi.
«Milliy» mobil ilova orqali pul oʻtkazmalarini amalga oshirish yanada qulay va oson
ilovani play market orqali yuklab oling va onlayn idendifikatsiyadan o'ting va ilovadan keng miqyosda foydalaning.
Kartadan kartaga oʻtkazish
«Milliy» mobil ilova orqali kartadan kartaga qulay va tez pul o’tkazmalarini amalga oshiring.
0,5% - Komissiya
SOʻM – Valyuta
Ekspress pul mablagʻlarini oʻtkazish va qabul qilish
Ekspress pul o’tkazmalaridan foydalanish uchun «Milliy» mobil ilovasini o'rnatishning o’zi kifoya.
VISA valyuta kartalariga oʻtkazmalar
Visa direct — bu Visa valyuta kartalari orqali dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlariga tezkor va qulay pul o’tkazmalarini.
Komissiya — 1%
Valyuta — $, €
Kartadan hamyonga oʻtkazmalar
Elektron hamyon orqali pul mablag’larini jamg’arib boring, pul o’tkazmalari va to’lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’ling.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin