Biz yoshlar oiv va spidga qarshimiz! 1 dekabr- xalqaro spidga qarshi kurash kuniga bag‘ishlab suhbat



Yüklə 60,5 Kb.
səhifə3/3
tarix11.01.2022
ölçüsü60,5 Kb.
#113769
1   2   3
1 dekabr xalqaro spidga qarshi kuras (1)

OIV qaysi holatlarda yuqmaydi?

Maishiy munosabatlar orqali, ya’ni:

Yuzdan о‘pganda, quchoqlab kо‘rishganda, qо‘l berib sо‘rashganda;

Bolalarni qо‘lga olib kо‘targanda, u bilan о‘ynaganda;

Aksirganda, yо‘talganda;

Hovuz, sauna, hammomda chо‘milganda;

Telefon, unitazdan foydalanganda;

Oziq-ovqat, idish tovoqlar orqali,

Kiyim-kechak, sochiq, kо‘rpa yostiqlar orqali

Shuningdek

Turli qon sо‘ruvchi hashoratlar — chivin, о‘rin-kо‘rpa kandalasi, burga, bit kabilar chaqqanda OIVi yuqmaydi.

OIVining yuqish xavfi yuqori bо‘lgan guruhlarga:

1. Giyohvand moddalarni tomir orqali qabul qiluvchilar;

2. Fohishalar;

3. Tartibsiz jinsiy hayot kechiruvchi shaxslar;

4. Besoqolbozlar;

5. Davolash muassasalarining davolanuvchilari, shuningdek qon quyilgan shaxslar;

6. Qamoqxonalardagi ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar;

7. OIVni yuqtirgan onalardan tug‘ilgan bolalar kiradi.



OIV-infeksiyasini qanday aniqlash mumkin?

Buning uchun qon virusga qarshi ishlab chiqariladigan antitelolarga tahlil qilinadi. Tahlilning eng keng tarqalgan va ishonchli usuli — IFA, ya’ni Immun Ferment Analiz (tahlil) hisoblanadi. Tahlilning «musbat» natijasi qonda virusga qarshi antitelolar mavjudligidan, ya’ni odamga OIV yuqqanligidan dalolat beradi. Tahlilning «manfiy» natijasi esa, ayni vaqtda qonda virusga qarshi antitelolar yо‘qligini, ya’ni odamga OIVi yuqmaganligini yoki odamga OIVi yuqqan-u, lekin qonda virusga qarshi antitelolar yetarli emasligini bildiradi.

Qonda antitelolar virus yukkanidan keyin ma’lum vaqt о‘tib hosil buladi. Bu 3 haftadan 6 oygacha bо‘lgan muddatni tashkil etadi. Yuqish xavfi yuzaga kelgan vaqtdan bir necha kun о‘tib qonni tahlil qildirish hech qanday ma’no kasb etmaydi. «Ochiq davr» deb yuritiluvchi ushbu davrda tahlil baribir «manfiy» natija beradi. Qonni yuqish xavfi yuzaga kelgan kundan 3-6 oy о‘tib, tahlil qildirish aniqroq natija olish imkonini beradi.

OIV-infeksiyasini davolash

Hozirgi kunda OIV-infeksiyasiga qarshi vaksina yoki undan sog‘aytiradigan, dorilar mavjud emas, ammo organizmda viruslarning kо‘payish tezligini sekinlashtiruvchi va OIV-bilan zararlanish holatining OITSga о‘tish davrini imkon darajasida uzoqlashtiruvchi dorilar mavjud. Bu dorilar ta’sirida OIV-infeksiyasi surunkali tus olishi mumkin. Buning uchun antiretrovirusli majmuaviy davolash usuli qо‘llaniladi.


Biroq davolanish 100% samara bermaydi. Birinchidan, davolanish juda qimmat turadi. Ikkinchidan, OIV yuqqanlarning kо‘pchiligi dorilar tarkibiga kiruvchi komponentlarni kо‘tara olmaydilar. Uchinchidan, dorilar qabul qilish tartibi о‘ta qattiq — kо‘p miqdordagi tabletkalar ma’lum oraliqda, oylab va yillab qabul qilinishi kerak. Shuningdek, kо‘p dorilarga nisbatan о‘rganish hosil bо‘lishi va vaqt о‘tishi bilan davolanish samara bermasligi mumkin. Shunga qaramay, davolanish kо‘p hollarda yaxshi natijalar beradi: qonda viruslarning miqdori kamayadi, shuningdek organizmga kо‘rsatilayotgan ziyon ham kamayadi. Hozirgi kunda bu OIVi yuqqanlarning umrini uzoq yillarga chо‘zishining birgina, yagona samarali usuli hisoblanadi.
Yüklə 60,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin