Biznes asoslari fanidan ii-kurslar uchun


Kalit Har bir ijobiy javob uchun bir ballga ega bo‘lasiz. Ballar yig‘indisini hisoblab chiqing



Yüklə 4,41 Mb.
səhifə18/150
tarix26.11.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#135410
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   150
Biznes asoslari to\'PLAM

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • 2-Mavzu
Kalit Har bir ijobiy javob uchun bir ballga ega bo‘lasiz. Ballar yig‘indisini hisoblab chiqing.
Natija Agar ballar yig‘indisi 17 va undan ko‘p bo‘lsa, u holda siz tadbirkor bo‘lish uchun barcha zarur sifatlarga egasiz. Sizning maqsad sari intiluvchanligingiz, kuch va muvaffaqiyatga ishonchingiz har qanday g‘oyani amalga oshirishda yordam beradi.
Agar ballar yig‘indisi 13 dan 17 gacha bo‘lsa, sizning tadbirkor sifatida muvaffaqiyatga erishishda ishonchingiz u qadar qat’iy emas. Biroq siz yaxshi ishbilarmon bo‘lishingiz mumkin.
Agar ballar yig‘indisi 13 dan kam bo‘lsa, sizdan tadbirkor bo‘lishingiz uchun ko‘proq tajriba to‘plash va harakat qilish talab etiladi. Tadbirkorlikni boshlashdan avval o‘z qiziqishlaringiz, xohishingiz va imkoniyatlaringizni taqqoslab, aniq maqsad sari intilishingiz lozim.
2-Mavzu: Yashash hududida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish


REJA:

1.O’z yashash hududida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish imkoniyatlari.


2. Hududdagi muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar faoliyatini o’rganish.
Iqtisodiy faoliyat turli ko‘rinishlarda amalga oshiriladi. Masalan, biz turli mahsulotlar (non, kiyim, o‘quv qurollari, avtomobil, uy va boshqalar)- ni ishlab chiqarish bilan xizmat ko‘rsatish (maishiy xizmat, ta’lim xizmati, sog‘liqni saqlash, maslahat berish va boshqalar)ni farqlaymiz. Shunga ko‘ra, iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tadbirkorlik faoliyati turlari o‘zidagi jarayonlar shakli va mazmuni hamda ularni amalga oshirish usullariga ko‘ra farqlanadi. Tadbirkorlik faoliyati xizmat ko‘rsatish, vositachilik faoliyati, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, moliyaviy operatsiyalar kabi sohalarda nisbatan samarali amalga oshadi. Tadbirkorlik faoliyatining yo‘naltirilganligi, kapitalni kiritish obyekti va aniq natijalariga ko‘ra tadbirkorlik turlari farqlanadi.
Siz tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni boshlashdan avval uning o‘zingizga mos turini tanlashingiz lozim. Aytaylik, siz kichik qandolatchilik sexi ochmoqchisiz. Buning uchun sizda bino, zarur asbob-uskuna va jihozlar hamda yetarlicha moliyaviy mablag‘lar bo‘lishi talab etiladi. Sizning qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatingiz ishlab chiqarish tadbirkorligi deyiladi.
Ishlab chiqarish tadbirkorligi o‘z ichiga xizmat ko‘rsatishni ham oladi. Masalan, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, kiyimlarni kimyoviy tozalash, turli masalalarda maslahat berish, ta’lim xizmati va boshqalar shular jumlasidandir. Ishlab chiqarish tadbirkorligi faoliyat sohasini tanlash tadbirkorning moliyaviy resurslari va shaxsiy moyilligi orqali belgilanadi. Dastlab marketing tadqiqotlari o‘tkaziladi, bozor o‘rganiladi, taklif etiladigan tovarning qay darajada iste’molchiga zarurligi, talabning darajasi va o‘zgarishi, talab darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, taxminiy xarajatlar va sotish hajmlari aniqlanadi.

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin