Biznes asoslari fanidan ii-kurslar uchun


MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYAT



Yüklə 4,41 Mb.
səhifə30/150
tarix26.11.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#135410
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   150
Biznes asoslari to\'PLAM

MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYAT
Siz nomidan keyin MCHJ degan qisqartma yoziladigan korxonalar to‘g‘risida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Masalan, «Coca-Cola Ichimligi» nomidan keyin MCHJ (inglizcha LTD – limited) qisqartmasi mavjud bo‘lib, bu «mas’uliyati cheklangan jamiyat» degan ma’noni anglatadi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat (MCHJ) – a’zolari jamiyat majburiyatlari bo‘yicha faqat o‘zlari qo‘shgan ulush doirasida javobgar bo‘la 35 digan jamiyat. U bir yoki bir necha jismoniy yoxud yuridik shaxslarning kelishuviga ko‘ra tashkil etilib, yuridik shaxs hisoblanadi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat ustav fondi jamiyat a’zolarining ulushlarini qo‘shish orqali shakllantiriladi. U eng kam ish haqining 40 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda bo‘ladi. Jamiyat ishtirokchilari soni 50 nafardan oshmasligi lozim. Agar ishtirokchilar soni belgilangan chegaradan oshib ketsa, jamiyatni aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish kerak
bo‘ladi.
Jamiyat a’zosi o‘z ulushini boshqa shaxsga faqat jamiyat roziligi bilan o‘tkazishi va sotishi mumkin. Jamiyat qarzlari bo‘yicha ta’sischilar faqatgina kompaniyaga kiritgan hissalari doirasida javobgar hisoblanadilar, xolos. Jamiyat foydasi uning ishtirokchilari o‘rtasida ularning ustav fondidagi ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, ta’sischilarga e’lon qilingan dividend summalariga nisbatan soliq hisoblanadi.


MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATNING AFZALLIKLARI
Mas’uliyati cheklangan jamiyat yakka tartibdagi tadbirkor yoki xususiy korxonadan farqli o‘laroq, ishtirokchilarning ulushini qo‘shish orqali, qisqa muddat ichida katta hajmdagi mablag‘larni jamlash imkoniga ega. Agar xususiy korxonada faqat jismoniy shaxs ta’sischi bo‘la olsa, mas’uliyati cheklangan jamiyatda jismoniy va yuridik shaxslar ta’sischi bo‘lishi mumkin.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilarining javobgarligi ularning ulushi doirasida cheklanadi. Ishtirokchilar korxona faoliyatida shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishi shart emas. Jamiyatning joriy faoliyatini ta’sischilari tomonidan saylangan yoki tayinlangan direktor boshqaradi.



Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin