Biznes asoslari fanidan ii-kurslar uchun


BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!



Yüklə 4,41 Mb.
səhifə37/150
tarix26.11.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#135410
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   150
Biznes asoslari to\'PLAM

BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
1. Biznesni rejalashtirish nima uchun zarur?
2. Biznes-reja deb nimaga aytiladi?
3. Biznes-rejaning ahamiyatini qanday asoslash mumkin?
4. Biznes-reja tuzish uchun qanday ko‘nikmalar taqozo etiladi?
5. Biznes-rejaning qanday vazifalarini bilasiz?


10-MAVZU: SHaxsiy biznes faoliyatining ta’sis hujjatlarini ishlab chiqish
Reja:
1.Biznes faoliyatining yo’nalishiga mos holda ta’sis hujjatlarini ishlab chiqish: korxona ustavi, ta’sischilar shartnomasi, korxona nizomi va boshqalar.
2.Ta’sis hujjatlarning mukammal emasligi oqibatida kelib chiqishi mumkin bo’lgan salbiy holatlar
TA’SIS HUJJATLARI
Korxona faoliyatini tashkil etish uning ustavi, ta’sis shartnomasi kabi ta’sis hujjatlarini ishlab chiqishdan boshlanadi. Ushbu hujjatlarni tayyorlash korxona mulkdorlaridan katta mas’uliyat talab etadi. Chunki tashkil etilayotgan faoliyat shu hujjatlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Yuridik shaxs ustav asosida yoki ta’sis shartnomasi va ustav asosida yoxud faqat ta’sis shartnomasi asosida ish olib boradi. Yuridik shaxsning ta’sis shartnomasi uning muassislari tomonidan tuziladi, ustavi esa – tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, 43-modda
KORXONA USTAVI
Korxona ustavi – korxonaning faoliyat ko‘rsatish tartibi va shartlarini belgilab beruvchi hujjat. Korxona o‘z faoliyatini ustavida belgilab berilgan qoidalar asosida olib boradi.
Korxona ustavida, odatda, quyidagi ma’lumotlar belgilangan bo‘ladi: – korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli;
– uning nomi;
joylashgan manzili;
– ustav fondi hajmi va tarkibi;
– ustav fondini shakllantirish tartibi;
– foydani taqsimlash tartibi;
– korxonani qaytadan tashkil etish va tugatish shartlari hamda tartibi.
Tashkilotning ustav fondini belgilashda ayrim tashkilotlar uchun belgilangan minimal miqdorlar mavjudligini hisobga olish kerak bo‘ladi.
Ustav fondi – ta’sischilar yoki ishtirokchilarning o‘zlari tashkil etgan kompaniya, xo‘jalik jamiyatiga dastlabki kiritgan va doimiy ulush hisoblanadigan moddiy va pul mablag‘lari majmuyi. O‘zbekistonda korxonaning tashkiliy-huquqiy shaklidan kelib chiqqan holda, ustav fondining o‘rnatilgan minimal miqdorini quyidagi ma’lumotdan
ko‘rish mumkin.

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin