Biznes asoslari fanidan ii-kurslar uchun


BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!



Yüklə 4,41 Mb.
səhifə39/150
tarix26.11.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#135410
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   150
Biznes asoslari to\'PLAM

BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
1. Korxona ta’sis hujjatlariga nimalar kiradi?
2. Korxona ustavida qanday ma’lumotlar belgilangan bo‘ladi?
3. Ustav fondi nima?
4. Korxona ta’sis shartnomasi nima? Unda qanday masalalar bayon etiladi?
5. Tovar belgisi nima? O‘zbekistondagi qaysi tovar belgilarini bilasiz?
6. Savdo markasi nima uchun xizmat qiladi?
7. Logotipning firma belgisidan farqi nima? Qanday logotiplarni bilasiz?
8. O‘zingiz bilgan bir necha sloganlarni aytib bering.

11-MAVZU: Tadbirkorlik sub’ektlarining davlat ro’yxatidan o’tkazish .


REJA.

1.O’z tadbirkorlik faoliyat yo’nalishini tanglagan holda davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi


2.Firma nomini olish, “yagona darcha” tamoyili asosida Davlat xizmatlar agentligidan ro’yxatdan o’tkazish.
...Tadbirkorlarga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishda ko‘maklashish, davlat organlarida vakillik qilish, nizolarni sudgacha hal etish, mehnat huquqi bo‘yicha yuridik xizmatlar ko‘rsatish, huquqiy savodxonlikni oshirish kabi yo‘nalishlarda bunday xizmatlarni kuchaytirish kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
TADBIRKORLIKNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH
Siz o‘tgan mavzularda tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy shakllari bilan tanishib chiqdingiz. Endi o‘zingiz uchun tadbirkorlik faoliyatining eng qulay shaklini tanlab, uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlarini ko‘rib chiqamiz. O‘zbekistonda 2017-yil 1-apreldan boshlab tadbirkorlik subyektlarining davlat ro‘yxatidan o‘tishi bo‘yicha yangi tartib amal qilmoqda. Qarorga muvofiq tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ularga «Yagona darcha» tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
«Yagona darcha» tamoyili – aholi va korxonalar tomonidan maxsus idoralarga murojaat qilish orqali turli davlat xizmatlaridan foydalanish. Demak, tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun, birinchi navbatda, «Yagona darcha» markazlariga murojaat qilish talab etiladi.

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin