Biznes asoslari fanidan ii-kurslar uchun


) asosiy vositalar amortizatsiyasi



Yüklə 4,41 Mb.
səhifə50/150
tarix26.11.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#135410
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   150
Biznes asoslari to\'PLAM

5) asosiy vositalar amortizatsiyasi. Ishlab chiqarish jarayonida asosiy vositalarning eskirgan qismi mahsulot tannarxiga qo‘shilib boradi;
6) ish haqi va sug‘urta ajratmalari. Ishchilarga to‘langan ish haqi va unga nisbatan hisoblangan sug‘urta ajratmalari mahsulot tannarxiga qo‘shiladi;
7) mahsulot sotish xarajatlari. Mahsulotni qadoqlash, tashish va reklama qilish xarajatlari ham mahsulot tannarxiga qo‘shiladi.


MAHSULOT TANNARXINI PASAYTIRISH IMKONIYATLARI
Mahsulot tannarxini aniqlash va uning tarkibini tahlil qilish tannarxni pasaytirish imkoniyatlarini topishga yordam beradi. Umumiy holda tannarxni pasaytirish imkoniyatlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
– asosiy kapitaldan samarali foydalanish;
– aylanma kapitaldan samarali foydalanish;
– ishlab chiqarishni samarali tashkil etish;
– tashqi imkoniyatlar.
Asosiy kapitaldan samarali foydalanishning quyidagi yo‘llari mavjud: ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish; ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash; ishlab chiqarish quvvatlarini to‘liq ishga tushirish.
Aylanma kapitaldan samarali foydalanish quyidagilarni taqozo etadi: materiallardan yo‘qotishlarning oldini olish; ularni tejamli ishlatish; material sarflarini me’yorlar asosida amalga oshirish.
Ishlab chiqarishni samarali tashkil etish quyidagi chora-tadbirlardan iborat bo‘lishi mumkin: ishlovchilarning malakasini oshirish; mehnatni ilmiy asosda tashkil etish; mehnatni me’yor asosida tashkil etish va rag‘batlantirish.
Mahsulot tannarxini pasaytirishning tashqi imkoniyatlari sifatida xomashyo va materiallar narxini pasaytirish; soliq yukini qisqartirish; ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va kooperatsiya kabilarni ko‘rsatish mumkin.


BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
1. Tannarx nima? Uni to‘g‘ri hisoblash qanday ahamiyatga ega?
2. Tannarxning qanday turlari mavjud?
3. Ishlab chiqarish tannarxi o‘z ichiga qanday xarajatlarni oladi?
4. To‘la tannarx qanday xarajatlardan tarkib topadi?
5. Chegaraviy tannarx nimani anglatadi? Uni bilish tadbirkorga nima uchun zarur deb o‘ylaysiz?
6. Mahsulot tannarxini hisoblash qanday amalga oshiriladi?
7. Kalkulatsiya so‘zining ma’nosi nima?

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin