Biznes asoslari fanidan ii-kurslar uchun



Yüklə 4,41 Mb.
səhifə53/150
tarix26.11.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#135410
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   150
Biznes asoslari to\'PLAM

18-MAVZU: Qishloq xo’jalik mahsulotlar qiymati va tannarxining iqtisodiy mohiyati

REJA:
1.Qishloq xo’jalik mahsulotlari tannarxini hisoblash xususiyatlari


2.Qishloq xo’jalik mahsulotlari tannarxini hisoblash usullari


Qishloq xo’jaligi mahsulotlari tannarxini pasaytirish yo’llari


Qishloq xo’jaligida mahsulot birligining tannarxini pasaytirish eng zarur masalalardan biridir. Mahsulot birligi tannarxini pasaytirish resurslar cheklangan sharoitda katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Mahsulot tannarxi to’g’ridan-to’g’ri ikki omilga bog’liq. Birinchidan, yetishtirilayotgan mahsulotning miqdoriga bog’liq. yetishtirilayotgan mahsulot miqdorining oshishiga nimalar ijobiy ta’sir etsa, ular ustida ishlash lozim. Bularga dehqonchilikda quyidagilar kiradi:





  • erlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv resurslaridan samarali foydalanish. Bu, o’z navbatida, hosildorlikning o’sishiga olib keladi;

  • mintaqalar sharoitiga mos bo’lgan, ilmiy asoslangan qishloq xo’jaligi yuritish tizimini joriy etish;

  • almashlab ekishni to’g’ri joriy qilish, talab va imkoniyatdan kelib chiqqan holda ekin turlarini joylashtirishni ratsional tashkil etish;

  • urug’chilikni yaxshilash, selektsiya ishlarini jonlantirish;

  • ma’danli va organik o’g’itlardan foydalanishni ilmiy asosga qo’yish, barcha kimyoviy vositalardan samarali foydalanish;

  • ishchi xodimlarning manfaatdorligini oshirish.

Dehqonchilik tarmoqlarida mahsulotlar tannarxining past bo’lishiga xarajatlarni tejash ham katta ta’sir ko’rsatadi. Bu boradagi omillarga quydagilar kiradi:





  • ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalashtirish;

  • ekinlarni parvarishlashda intensiv texnologiyalarni qo’llash;

  • ishlab chiqarish fondlaridan samarali foydalanish;

  • ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va joylashtirish;

  • ishchi xodimlarning manfaatdorligini oshirish;

  • agrosanoat integratsiyasini chuqurlashtirish, agrosanoat majmuasiga kiruvchi tarmoqlarning mutanosib rivojlantirilishi;

  • boshqaruv tizimini rivojlantirish hisobiga u bilan bog’liq xarajatlarni tejash;

  • qishloq joylarda ijtimoiy rivojlanishni ta’minlash.

Chorvachilik tarmog’ida mahsulot birligi tannarxining pasayishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi:




  • chorvachilikning yem-xashak bazasini mustahkamlash, yem-xashakning sifatini oshirish va nisbatan arzon bo’lishini ta’minlash;

  • chorva mollarining zotini, poda tarkibini yaxshilash;

  • chorva mollarini saqlash, boqishning intensiv texnologiyalaridan foydalanish;

  • chorvachilik mahsulotlari sifatini oshirish;

  • chorvachilikda ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish;

  • fondlardan foydalanishning eng mo’’tadil (optimal) yo’llaridan foydalanish;

  • ishlab chiqarishning quyuqlashuvi (kontsentratsiyalashuvi) va ixtisoslashuvining eng ma’qul hajmlarini tashkil etish;

  • ishchi xodimlarning manfaatdorligini oshirish;

  • qishloqda ijtimoiy masalalarning yechimini topish;

  • barcha xarajatlarni tejamkorlik bilan amalga oshirish, bu borada mavjud texnologiyalardan, ishlab chiqarishni tashkil etish shakllaridan samarali foydalanish;

  • mahsulot nobudgarchiligiga yo’l qo’ymaslik.

Ushbu omillarning barchasiga katta e’tibor berish zarurati mavjud. Albatta, bu masalalarni to’g’ri hal etish ishchi xodimlarning nafaqat manfaatdorligiga, balki bilim va tajribalariga ham bog’liq. SHu sababli qishloq xo’jaligida mehnat qilayotganlarning bilim va tajribasini tinmasdan oshirib borishni ta’minlash kerak.





Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin