Biznes asoslari fanidan ii-kurslar uchun



Yüklə 4,41 Mb.
səhifə57/150
tarix26.11.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#135410
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   150
Biznes asoslari to\'PLAM

Chiqish bosqichi – startapni moliyalashtirishda ishtirok etgan biznesangel va venchur investorlarning to‘liq yoki qisman biznesdan chiqishi. Biznesdan chiqish quyidagi ko‘rinishlarda amalga oshirilishi mumkin:
– firmani strategik investorlarga sotish;
– kompaniya aksiyalarini birjada joylashtirish;
– kompaniya aksiyalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya fondlariga sotish;
– biznes faoliyatini to‘xtatish va korxonaning bankrotligi.


BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
1. Biznes loyiha nima?
2. Biznes loyihaning biznes-rejadan qanday farqi bor?
3. Biznes loyihaning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
4. Startap nima? Uning biznes loyihaga qanday aloqasi mavjud?
20-MAVZU: Daromad va xarajatlarlarni hisob-kitob qilish

REJA.

1.Biznesni tashkil etish uchun hisob-kitoblarni yuritish.


2.Buxgalteriyani yo’lga qo’yish.

Tadbirkorni harakatga undovchi sabablardan biri – bu foyda olishga intilishdir. Foyda hajmi qanchalik katta bo‘lsa, bu tadbirkor uchun o‘z ehtiyojlarini to‘laroq qondirish va faoliyatini yanada kengaytirishga imkon yaratadi.


Tadbirkorlik foydasini aniqlash uchun yalpi daromad tushunchasini ham farqlash kerak.
Yalpi daromad – mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish natijasida olingan pul mablag‘lari miqdori. Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan yalpi daromad yalpi tushum deb ham ataladi. Yalpi daromad (tushum)ni quyidagi formula bilan
ifodalash mumkin:
TR = P × Q
Bu yerda:
TR (total revenue) – mahsulotni sotishdan olingan yalpi daromad (tushum);
P (price) – mahsulot narxi;
Q (quantity) – mahsulot miqdori.
Aytaylik, siz korxonangizda bir oy davomida 100 ming dona daftar ishlab chiqardingiz. Har bir daftarning narxi 1 000 so‘m. Agar barcha daftarlar sotilgan taqdirda, korxonangizning bir oylik pul tushumi 100 mln. so‘m (100 000 × 1000) ga teng bo‘ladi.
Biroq korxonaning pul tushumlari uning faoliyatining samaradorligiga baho bera olmaydi. Chunki bu pul tushumlari qanday xarajatlar evaziga olinganligini aks ettirmaydi. Shunga ko‘ra, pul tushumlarining xarajatlardan ajratib olingan qismi – foyda muhim o‘rin tutadi. U quyidagicha aniqlanadi.
Pr = TR TC
Bu yerda:
Pr (profit) – foyda;
TR (total revenue) – mahsulotni sotishdan olingan yalpi daromad (tushum);
TC (total cost) – umumiy xarajatlar.
Foyda – korxona pul daromadlaridan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan musbat farq. Yuqoridagi misolda ko‘rsatib o‘tilganidek, sizning korxonangizda daftar ishlab chiqarishning bir oylik xarajatlari 60 mln. so‘mni tashkil etgan bo‘lsin. U holda, korxonangizning bir oylik foydasi 40 mln. so‘m (100 mln. – 60 mln.) ga teng bo‘ladi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, foydaga erishish uchun pul daromadlari xarajatlardan ko‘p bo‘lishi, ya’ni ular o‘rtasidagi farq ijobiy ahamiyatga ega bo‘lishi lozim. Chunki ayrim holatlarda xarajatlar pul daromadlaridan oshib ketib, natija manfiy ko‘rsatkichga ega bo‘lishi ham mumkin. Ushbu holat zarar deb ataladi. Masalan, korxonangizning bir oylik pul tushumi 100 mln. so‘m bo‘lgani holda, xarajatlaringiz 110 mln. so‘mni tashkil etsa, siz foyda o‘rniga 10 mln. so‘mlik zarar ko‘rgan bo‘lasiz. Shuning uchun korxona xarajatlarini doimiy ravishda nazorat qilib borish muhim hisoblanadi.



Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin