Biznes asoslari fanidan ii-kurslar uchun


SOLIQ SOLISHNING UMUMBELGILANGAN VA SODDALASHTIRILGAN TARTIBI



Yüklə 4,41 Mb.
səhifə72/150
tarix26.11.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#135410
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   150
Biznes asoslari to\'PLAM

SOLIQ SOLISHNING UMUMBELGILANGAN VA SODDALASHTIRILGAN TARTIBI
O‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlagan har bir tadbirkor soliqlarni hisoblash va to‘lash borasida yetarli bilimga ega bo‘lishi lozim. Chunki soliqlar o‘z tavsifiga ko‘ra tadbirkor uchun xarajat mazmuniga ega bo‘lib, uning moliyaviy natijalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shunga ko‘ra, o‘zi to‘laydigan soliqlarni oldindan rejalashtirmaslik tadbirkorlik faoliyatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Eng avvalo tadbirkor o‘zi uchun soliq solishning qanday tartibidan foydalanish ma’qulligini aniqlab olishi kerak. Umuman olganda, tadbirkorlik subyektlari ikki xil ko‘rinishda soliqqa tortilishi mumkin:
1) umumbelgilangan tartibda;
2) soddalashtirilgan tartibda.
Birinchi tartib barcha umumbelgilangan soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lashda qo‘llaniladi. Bunda har bir soliq turi bo‘yicha alohida hisobkitob ishlari amalga oshiriladi va belgilangan muddatda soliq summasi to‘lab boriladi.
Ikkinchi tartib ayrim soliq to‘lovchilarni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, ularga muayyan shart-sharoit va imtiyozlar yaratish maqsadida qo‘llaniladi. Bunda umumbelgilangan soliqlarning barchasi yoki bir nechtasi o‘rniga boshqa umumlashtirilgan soliq turi joriy etilishi mumkin.
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi – soliq solishning ayrim toifadagi soliq to‘lovchilar uchun belgilanadigan hamda ayrim turdagi soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lashning, shuningdek ular yuzasidan soliq hisobotini taqdim etishning maxsus qoidalari qo‘llanilishini nazarda tutuvchi alohida tartibi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, 22-modda

Har ikkala tartibda qo‘llaniluvchi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning turlarini ko‘rib chiqamiz.


SODDALASHTIRILGAN TARTIBDA TO‘LANADIGAN SOLIQLAR
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun qo‘llaniladi va yagona soliq to‘lovini, yagona yer solig‘ini hamda tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliqni hisoblab chiqarish hamda to‘lashning maxsus qoidalari qo‘llanilishini, shuningdek, mazkur soliqlar bo‘yicha soliq hisoboti taqdim etilishini nazarda tutadi.
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi o‘z mazmuniga ko‘ra tadbirkorlar uchun imtiyoz hisoblanadi. Biroq ushbu tartib tadbirkor uchun har qanday sharoitda ham bir xilda manfaatli bo‘lmasligi mumkin. Shunga ko‘ra, tadbirkorga soliq solishning qaysi tartibidan foydalanishning ixtiyoriy tanlash huquqi beriladi.



Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin