Umumiy nizom Ushbu lavozimi yo'riqnomasi "Uz Dong Yang Company" MCHJ QK (keyingi o'rinda-korxona) ning tarkibiy qismiga kiruvchi shimoliy sanoat hududi yig’uv tsexi Kley sepuvchi asosiy lavozim majburiyatlari, huquq va vazifalarini belgilaydi.
Shimoliy sanoat hududi yig’uv tsexi ustasi (keyingi o'rinda - yig`uvchi) lavozimiga qabul qilish, boshqa ishga o’tkazish ishlab chiqarish korxona bosh direktorining buyrug`iga asosan amalga oshiriladi
Yig’uv tsexi ustasi to’g’ridan to’g’ri yig`uv tsex boshlig`iga (agar tarkibiy tuzilmasi o`zgarganda, o`zgargan tarkibiy tuzilmada ko`rsatilgan lavozimga bo’ysunadi.
Yig’uv tsexi ustasi lavozimiga (oʻrta va oliy) yoki oʻrta maxsus bilimiga ega boʻlgan, mazkur lavozimda ish stajiga 2yillik talab qoʻyilgan xolda shaxslar tayinlanadi
vaqtincha ishda bo`lmagan xollarda (kasallik, ta`til, hizmat safari) o`rnatilgan tartibda boshqa shaxs uning vazifalarini bajarib turadi.
Yig’uv tsexi ustasi o'z ishini quyidagilar bilan boshqaradi:
-Ichki mehnat tartibi bilan;
-Кunlik ishlab chiqarish rejasi bilan
-Ushbu yo’riqnoma bilan
- Texnika xavfsizligini va yong`in xavfsizlik qoidalari bilan
- Sifat menejmenti tizimi talablari, 5S, ish joylarini sanitar va epidimologik talablari bilan boshqarad
1.7. Yig’uv tsexi ustasi quyidagilarni bilishi kerak:
-korxona ichki mehnat intizomi va mehnat tartib qoidalarini.
- buyruqlarni, farmoishlarini va boshka ishlab chiqarishga bog`lik bo`lgan topshiriqlarni,
-kunlik, oylik ishlab chikarish rejalarini,
- texnologik jarayonlarni, xom-ashyolar va materiallarni sifati uchun qo`yilgan talablarini ,
- ish jarayonida qo`llaniladigan asbob-uskunalarni ishlatish talablarini
-birinchi tibbiy yordam berish usullarini qo'llashni,
- texnika xavfsizligini va yong`in xavfsizlik qoidalarini, mehnatni muhofaza qilish buyruqnomalarini
- sifat menejmenti tizimi talablarini,- ish joylarini sanitar va epidimologik talablari asosida va shu hizmatda foydaniladigan asboblarini bilishlari kerak.
-kunlik va 3oydan kam bo`lmagan ish joyida mehnat havfsizligi bo`yicha yo`riqnomadan o`tish va ishchilarni ham o`tkazish.