Biznes va tadbirkorlik munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik


Korxonaning boshqaruv organini tashkil etish



Yüklə 146 Kb.
səhifə11/14
tarix20.12.2022
ölçüsü146 Kb.
#121536
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
biznes va tadbirkorlik

Korxonaning boshqaruv organini tashkil etish. Yangi tashkil etilgan korxonaning asosiy muammolaridan biri faoliyatli organizmni bunyod etishdir. Uning doirasida ishchilar o'z faoliyat maqsadlari va unga erishish yo'llarini aniq anglashlari lozim. Agar yangi tashkil etilgan korxona yaxshi ishlaydigan va yaxshi boshqariladigan ishlab chiqarishga aylanmasa, u tanazzulga duch kelib, jalb etilgan katta kapital ham, mahsulotning yuqori sifati ham, hatto unga talab ham yordam bermaydi.
Nyu-York universiteti Biznes maktabining professori Piter Drukerning fikricha, yangi korxonadagi boshqaruv quyidagilarni talab qiladi:
-bozorda diqqatni biror narsaga qaratishi;
-naqd pullarni rejalashtirish va tartiblashtirish bilan bogliq jarayonlar rivojini oldindan ko'ra bilishni;
-oliy boshqaruv bo'g'inini unga zaruriyatdan oldin tuzishni.
Agar mahsulot muayyan maqsadlar uchun foydalanishga mo'ljallab chiqarilgan bo'lsa, u bozorda o'z o'rnini topadi. Shu bilan birga, kiritilayotgan yangiliklar yangi turdagi bozorlarni shakllantiradi.
Masalan, ko'p yil mobaynida barcha ishlarda nusxa ko'chirish qo'llanilmas edi. «Kseroks» firmasi nusxa ko'chirish apparatini ixtiro qilib, bozorga chiqargandan keyin nafaqat AQSH, balki dunyoning boshqa mamlakatlarida ham ushbu yangilik juda keng tarqalib ketdi.
Shuni ta’kidlash kerakki, «bozorni o'rganish» atamasi dinamik jarayon tushunchasi bilan bog liqdir. P.Druker «Yunivem» kompaniyasi bilan bog liq bir misolni keltiradi. Taxminan 1950-yillarda bozorni ilmiy tahlil qilish asosida 2000-yilga kelib, kompyuterlar soni 1 mingga etadi, degan faraz qilingan. Lekin 1984-yilning o'zidayoq 1 milliondan ortiq kompyuter sotilgan edi. O'sha davrda o'tkazilgan tadqiqotlarda kompyuterlar faqat jiddiy ilmiy ish olib borish uchun qo'llaniladi, degan fikr ustuvor edi. Shu voqea «Kseroks» kompaniyasi bilan ham sodir bo'ldi. Chunki o'tkazilgan tadqiqotlarda poligrafiya korxonalari nusxalash avtomatlariga muhtoj emas, degan filer asosiy o'rin egallagan edi. Lekin hech kirn bu asboblar idora, maktab, universitet, kollejlarga ham kerak bo'ladi,debo'ylamagan.
Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, yangi korxona tashkil etilganda uning mahsuloti yoki xizmati rejalashtirilmagan bozorlarda yangi iste’molchilarini topadi. Faqat an’anaviy qotib qolgan ishbilarmonlik dunyoqarashni o'zgartirish kerak, xolos. Agar ma’lum maqsad uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotga yangi iste’molchilar tomonidan qiziqish bildirilsa, kompaniya shu qiziqishga jiddiy e’tibor berib, tahlil qilib chiqishi lozim.
Agar bozordan uzilish yangi korxonalar uchun dastlabki vaqtda «kasallik» bo'lsa, moliyaviy omil, ya’ni noto'g ri moliyaviy siyosat olib borish bunday korxonalar taraqqiyotining keyingi bosqichlarida jiddiy xavf tugdiradi. Muammo shundan iboratki, ishbilarmonlar yangi korxonalarni tashkil etganda, birinchi navbatda, katta daromad olishga intiladi. Lekin dastlabki vaqtda, asosiy e’tiborni ishlab chiqarish, rivojlanish, faoliyat, pul oqimini tartiblashtirish uchun moliyalashtirish manbaini topish lozim. Yangi korxona qo'shimcha kapital bilan ta’minlangandagina rivojlanishi mumkin, ya’ni ishbilarmonlik moliya boshqaruvisizbo'lmaydi.
Korxonaning rivojlanishi va muvaffaqiyatida oliy boshqaruv tizimi yoki maxsus boshqaruv guruhi tuzish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu guruh ishni o'z korxonasining ishlab chiqarish xo'jalik faoliyatini tahlil qilishdan boshlashi lozim. Ular korxona muvaffaqiyatini ifodalovchi yo'nalishlarni aniqlab, maqsad va vazifalari ni belgilashi zarur. Korxona rahbari o'z xodimlari bilan hamkorlik qilib, talabni bo'shashtirmasdan, ularga ishonch bildirib, faoliyat yuritishi lozim. Rahbar doimo yetakchi bo lishi kerak. O'z kuch va qobiliyatini samarali ishlatish sohalarini aniqlash yangi korxonaning boshqaruv omillaridan biridir. Yangi korxona rivojlanib, taraqqiy etishi bilan birga tadbirkorlarning vazifalari ham o'zgarib boradi. Ko'p ishbilarmonlar sodir bo'layotgan o'zgarishlarni doimo anglay ololmay, yangi sharoitda nima qilishini bilmay qoladilar. Mana shu sharoitda tadbirkor o'ziga: «Mening qobiliyatim va qiziqishim nimalarga moyil?», «Qaysi ishda men o'zimni ko'rsata olaman?», «Korxonaning qaysi bir ish yo'nalishida men foyda keltiraman? » kabi savollar berib, tegishli qaror qabul qilishi muhim ahamiyatga ega.
Masalan, «Polaroid» fotokamerasining ixtirochisi Edvin Lend o'z kompaniyasiga 13 yil rahbarlik qilgan. Uning rahbarligida kompaniya nihoyatda tez rivojlanib ketgan. Sharoitni tahlil qilgach, E. Lend ma’lum vaqtdan keyin o'zi kompaniyaga rahbarlik qilolmasligi, bu ishni professional mutaxassislar boshqarishi kerakligini tushundi, o'zi esa ilmiy izlanishlar bilan shug'ullana boshladi, ya’ni ko'proq samara keltiradigan sohada faoliyat yuritishga o'tib ketdi. E. Lend o'ziga laboratoriya qurib, kompaniyada olib boriladigan fundamental tadqiqotlarni boshqardi, firmaning tezkor boshqaruvini maxsus tayyorlangan mutaxassislarga topshirdi. Bu kabi misollar ishbilarmonlik sohasida talaygina.
Franchayzingning mohiyati va ustuvorligi. Oxirgi yillari imtiyozli tadbirkorlikda franchayzing keng qo'llanila boshladi. Ishbilarmonlikning ushbu shaklida franchayzer (odatda, yirik bosh kompaniya) kichik firma yoki biznesmenni belgilangan ma’lum hududda tovar, reklama xizmati, biznes texnologiyalari bilan ta’minlashni o'z zimmasiga oladi.
Buning evaziga firma (franchayzi) kompaniyaga (franchayzerga) menejment va marketing sohasida xizmat ko'rsatish va shu kompaniyaga o'zining ma’lum kapitalini qo'yish majburiyatini oladi. Odatda, franchayzing faqat kompaniya franchayzer bilan ish olib borish majburiyatini olib, biznesda uning ko'rsatmalariga bo'ysunishga harakat qiladi.
Franchayzi korxonasi franchayzer tomonidan tashkil qilingan tizimning bir qismi sifatida faoliyat yuritadi. Hozirgi vaqtda AQSHda yarim milliondan ortiq korxona imtiyozli ishbilarmon faoliyati bilan shug ullanadi. Ularning ulushi mustaqil korxonalarga nisbatan oshib bormoqda.
Franchayzingni yoymoq uchun yirik firma egalari vaqt-vaqti bilan ko'rgazma o'tkazishadi. Bundan maqsad kishilarni imtiyozli ishbilarmonlik bilan shug ullanishga jalb etishdan iborat.
Ishbilarmonlikning bu tun yoqilg'i quyish shoxobchalari (32%), yengil va yuk mashinalari bilan savdo-sotiq qilish (6%), restoran va ovqatlanishda tez xizmat ko'rsatish (7%) biznesida keng quloch yoygan.
Franchayzingning asosiy ustuvorligi bitim tuzgan korxonalarning aniq ixtisoslashishidir. Yirik firmaning ко'mакberishi franchayzingni tijorat tavakkalini kamaytiradi. Bosh firma o qitish ishlari olib boradi va franchayzi-korxona ish faoliyatini doimo nazorat qilib turadi.
Shu bilan birga tizim ba’zi kamchiliklardan xoli emas. Uning eng asosiy kamchiligi qisman mustaqillikni yo'qotishdir. Franchayzi korxonasi bosh firma bilan yuridik bitim orqali bog'langan bo'lib, uning qonun-qoidalari talabiga bo'ysunadi, franchayzer kompaniyasining ko'rsatmalarida bayon etilgan biznesni olib borish uslublariga rioya qiladi. Bu esa, o'z navbatida, tashabbuskorlikni yo'qotishga olib keladi.

Yüklə 146 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin