Biznes va tadbirkorlik munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik


Kichik korxonalar faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish



Yüklə 146 Kb.
səhifə12/14
tarix20.12.2022
ölçüsü146 Kb.
#121536
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
biznes va tadbirkorlik

3.Kichik korxonalar faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona va tashkilotlar faoliyat yuritishlarini mablag' bilan ta’minlash iqtisodiy muammolardan biri bo4ib, katta tavakkalchilikni talab etadi. Sarflangan mablag larni qaytarish, qoplash muddati qanchalik uzoq bo'lsa, bu xavf darajasi ham shunchalik oshib boradi. Chunki, bu muddat ichida bozor kon’yunkturasi ham, narx-navolar ham, ish haqi to'lovlari ham sezilarli oshib boradi. Shuning uchun, iqtisodiyot barqaror bo'lmagan sharoitlarda (ayniqsa, bu holat nafaqat ayrim tovar bozori, balki butun mamlakatga xos bo'lsa) xarajatlari tezroq qoplanadigan samarali loyihalarga mablag' sarflash maqsadgamuvofiqdir.
Bunday yondashuv fan-texnika taraqqiyotining sur’ati eng yuqori bo'lgan va yangi texnologiya yoki mahsulotlarning kirib kelishi oldingi investitsiyalarni tezda qadrsizlantirib yuborishi mumkin bo'lgan tarmoqlar uchun juda muhimdir. Bundan tashqari, pulni oluvchi yetarli obro'ga ega bo'lmasa va mablag' egasi uzoq muddatga unga pulni ishonishni xohlamasa ham mablag ning o'zini qoplash muddatiga qarab ish ko'riladi.
Misol tariqasida, «Jahongir» kichik korxonasining mablag' bilan ta’minlanish va uni o'zlashtirish tartibini ко'rib chiqamiz. Korxona ixtiyorida o'zlashtirish uchun 120 ming so'mlik xomashyo resurslari va tayyor mahsulotlar mavjud. Mazkur resurslardan foydalanish natijasida korxona 35 ming so'm daromad olishni ko'zda tutmoqda. Shu asnoda korxona rivojlanish fondidan ajratilgan pullar va bankdan olingan kreditlarni 4 yildan kechiktirmasdan qaytarishi rejalashtirilgan. Xo'sh, ushbu loyiha talabni qondira oladimi?
Buning uchun quyidagi hisob-kitoblarni amalga oshiramiz. Korxona xarajatlarini qoplash muddati quyidagi formula orqali hisoblanadi:
Mazkur hisob-kitobdan ko'rinadiki, hisoblab chiqilgan xarajatlarning qoplanish muddati belgilangan muddatdan ancha kam (8 oyga). Demak, investitsiya ajratishning ushbu varianti qulaydir.
Ammo amalda pul daromadlari har yili har xil bo'ladi. Odatda, ular ish boshida kamroq bo'lib, keyinchalik o'sib borishi mumkin (agar loyiha biror-bir aniq maqsadni ko'zlagan bo'lsa va ishlab chiqaradigan mahsulot xaridorgir bo'lsa). Bunday holatda xarajatlarni qoplash muddati ancha boshqachaboMadi.
Faraz qilaylik, investitsiya miqdori misolimizdagi kabi bo'lib, yillar bo'yicha ko'zda tutiladigan tushumlar quyidagicha bo'lsin:
birinchiyilda25mingso'm;
ikkinchiyilda35mingso'm;
uchinchiyilda48mingso'm;
to'rtinchiyilda54mingso'm.
Bulardan ko'rinadiki, 3 yilda daromadlar hajmi 108 ming so'mni tashkil etadi. Demak, investitsiyaning to'liq qoplanishi uchun to'rtinchi yili davomida atigi 12 ming so'm talab etiladi. Bu summani to'rtinchi yilda ko'zda tutilgan daromadlar summasi (54 ming so'm) ga teng bo'lib, shu yil uchun xarajatlarning qoplanish muddati 0,22 yilga ega bo'lamiz. Shunday qilib, xarajatlarni qoplash muddati 3,22 yilni (3,0 + 0,22) tashkil etadi.
Investitsiyalarni tahlil qilishning bunday usuli oddiyligi va aniqligi bilan ajralib turadi. Uning qulayligi yana shundaki, agar investitsiya yo'l qo'yiladigan muddatda qoplanishi nuqtai nazaridan baholanganda, u investitsiya ning qaltisligi haqida ham aniq tasawurga ega bo'lishga yordam beradi. Shu boisdan, bunday hisob-kitob investitsiyani baholashning eng mukammal usullariga foydali qo'shimcha bo'la oladi. Chunki ular, ko'pincha, kutilishi mumkin bo'lgan iqtisodiy inqiroz xavfini unchalikyaqqolifodalayolmaydi.
Bu usulning ham o'ziga yarasha kamchilik va nuqsonlari bor, albatta. Birinchidan, u pulning vaqt davomida qiymat o'zgarishini hisobga olmaydi. Ikkinchidan, yuqorida keltirilgan formulada investitsiya to'liq qoplangandan keyin tushadigan daromadlar ham ko'rsatilmagan. Zero, yangi fondlar undan keyin ham ishlatiladi. Shu sababli, ushbu kamchiliklarni hech bo'lmaganda qisman bartaraf etish uchun, xarajatlarni qoplash muddatini so'mning bugungi va kechagi qiymati o'rtasidagi farqni hisobga olgan holda qo'llash maqsadga muvofiqdir.
Pullar yoki sarflangan mablag laming bugungi va kechagi qiymatlari o'rtasidagi farqni hisobga olish uchun investitsiyalarning qoplanishi hisob-kitob qilinayotganda kelgusidagi daromadlar diskontlash koeffitsiyentlariga ko'paytiriladi. Diskont koeffitsiyentlari quyidagi formula orqalihisoblanadi:
Kd = 1/1 + K*T (2)
bu yerda, Kd diskont koeffitsiyenti yoki pul qiymatining o'zgarish sur’ati (odatda, bank kreditlari bo'yicha o'rtacha foiz darajasida qo'llaniladi);
К-foizstavkasi,%;
T - investitsiya ajratilgandan boshlab o'tgan vaqt, yil;
Masalan, bank stavkasi 10 %ga teng bo'lsa, uchinchi yil uchun diskontlash koeffitsenti:
К =1/1+0,1*3 = 0,769 nitashkiletadi.
Bundan foydalanib, yuqorida ko'rib chiqqan misolimiz uchun investitsiyaning qoplanish muddatini aniqlaymiz. Buning uchun (1) formuladan foydalanib, investitsiyaning qoplanish davrida pul qiymatining farqinianiqlabolamiz.
Shunday qilib, bank stavkasi 10 % bo'lgan holda, jami uch yilda diskontlangan daromadlar hajmi 88816 so'm (22728+29166+36922) ni tashkil etadi. Demak, firma bo'yicha investitsiyaning toMiq summasini qoplash uchun firmaga 31184 (120000-88816) so'm etishmayapti. Endi, to'rtinchi yilda investitsiya umumiy hajmining etishmayotgan qismini yanada aniqroq qilib hisoblab chiqishimiz mumkin. Demak, to'rtinchi yilda diskontlangan daromadlar:
Diskontlanish koeffitsenti: Diskontlanish
daromadlari:
1-yilda 1/1+0,1*1=0,9091; 25000 x so'mni
0,9091=22728
2-yilda 1/1+0,1*2 = 0,8333; 35000 x so'mni
0,8333=29166
3-yilda 1/1+0,1*3 = 0,7692; 48000 x so'inni
0,7692=36922 1 / (1+0,1*4) = 0,7142; 54000x0,7142 = 38567 so'mni tashkil etadi.
Endi firma uchun investitsiyaning yetishmayotgan summasini (31184 so'm) hisoblab chiqilgan to'rtinchi yildagi investitsiya summasi (38567 so'm) ga bo'lib 0,81 ga ega bo'lamiz. Shunday qilib, firma investitsiyalarining qoplanish muddati 4 yilni emas, balki 3,81 yilni tashkil etar ekan. Vaholanki, firma investitsiya xarajatlarining ma’lum vaqt o'tishi bilan qiymati (tannarxi) ning o'zgarib borishini hisobga olmay amalga oshirgan oldingi hisob-kitoblarimizdagi muddat 3,22 ni tashkil etgan edi. Ammo belgilangan davrlardagi muddatlar ichida barcha omillarni hisobga olib, yanada aniqroq hisoblab chiqqan investitsiyalarning qoplanish ko'rsatkichi ishlab chiqilayotgan loyiha uchun ajratilgan mablag laming 4 yilmuddatgazo'rga etishini ko’rsatdi.
Agar bank kreditlarining foizlari ham inflyatsiya darajasini hisobga olib borsa, unda ushbu loyihani qabul qilish maqsadga muvofiq emasdir. Shuning uchun investitsiyalashtirilayotgan loyihalarni ishlab chiqish davomida ko'zda tutilayotgan (iqtisodiy) omillardan tashqari, ko'zda tutilmagan (tabiiy, ijtimoiy, siyosiy) omillarni e’tiboiga olgan holda bir necha variantlarini ishlab chiqishni taqozo etadi.
Bunday holatlarda mavjud barcha investitsiyalash variantlarini investitsiyalarning foydalilik darajalarini aniqlash orqali o'rganib chiqish tavsiya etiladi. Foydalilik ko'rsatkichi sifatida foydalilik koeffitsiyenti deb ataluvchi kattalikdan foydalanish mumkin. U quyidagi formula yordamida hisoblanadi:

Yüklə 146 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin