Biznes va tadbirkorlik munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik



Yüklə 146 Kb.
səhifə9/14
tarix20.12.2022
ölçüsü146 Kb.
#121536
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
biznes va tadbirkorlik

Shaxsiy vositalar. Bu yerda ish asoschisi, uning hamkorlari, oila a’zolarining qo'shgan shaxsiy hissasi ko'rsatiladi.
Biznesning ta’rifi. Firmaning miqdoriy ko'rsatkichlari, tashkiliy-huquqiy shakli, joyi, manzili va ishlovchilar sonini ko'rsatish lozim. Ishlab chiqarilmo qchi yoki bajarilmo qchi bo'lgan tovar va xizmatlar, korxonaning qisqacha tarixi, istiqboli, marketing hududi, iste’molchi va ta’minotchilarni ko'rsatish lozim.
Boshqaruv. Har bir mulk egalari va korxonaning boshqa boshqaruvchilarining ma’lumoti, tajribasi haqidagi ma’lumotni o'z ichiga oladi.
Korxonaning moliyaviy istiqboli va ko'rsatkichlari. Agar korxona yangi tashkil etilgan bo'lsa, unda korxona egasining shaxsiy kapitalini ko'rsatish, rejali balans tuzish, istiqbolini baholash keltirilishi lozim. Shu bilan birga kutilmagan sarf-xarajatlar uchun muayyan mablag larni ajratib qo'yish kerak. Agar korxona jamoasi harakatda bo'lsa, unda oxirgi ikki-uch yil ichidagi daromad va zararlar haqida balansli hisobot va bugungi holati haqidagi ma’lumotni taqdim etish lozim.
Ko'rsatilgan beshta bo'lim uchun 11 yordamchi shakl tuziladi.
1-shakl. Qarz olish uchun berilgan arizaning maqsadi va uning asoslanishi.
2-shakl. Shaxsiy moliyaviy deklaratsiya.
3-shakl. Korxonaning batafsil ta’rifi.
4-shakl.Bozorningtahlili.
5-shakl. Raqobatchilar.
6-shakl. Korxonaning joy lashtirilishi.
7-shakl. Korxonaning xodimlari.
8-shakl. Boshqaruv.
9-shakl. Tashkil etilayotgan yoki kengaytirilayotgan korxona uchun moliyaviy ma’lumot.
10-shakl. Harakatdagi korxonani sotib olish uchun moliyaviy ma’lumot.
11-shakl. Rahbar uchun qisqacha xulosa.
Qator xorij mualliflari biznes-rejaning rasmiylashtirilishi shakliga e’tibomi qaratmoqdalar. Qog'oz, papka, yozuv, varaqlarning sifati, ya’ni tashqi ko'rinishi hujjatni o'qiyotganda ma’lum taassurot qoldirishi mumkin. Xatosiz, toza yozilgan hujjat ishonch va hurmat uyg'otadi.
G.Berl AQSH turli shtatlarining to'qqiz rayonlari tadbirkor boshqaruvchilarining tresti hisoblanmish ishbilarmonlar forumi ma’qullagan namunali biznes-rejaning ta’rifini keltiradi. Bu quyidagilardan iborat: hajmi 40 betgacha. Spiral mahkamlagich bilan mahkamlangan. Muqovada kompaniyaning nomi yozilgan. Titul varag ida esa kompaniyaning nomi va manzili yozilgan. Reja ikki betda yozilgan kompaniyaning bugungi operatsiya va rejalari haqidagi qisqacha axborotdan boshlanadi. Bo'linmalarning nomlari ilova qilingan. Matnda yetakchi xodim va investorlar haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Buxgalteriya hisoboti bo'yicha maslahatchilar va maslahatchi -yuristlarningtaqrizlarikeltiriladi.
Biznes-rejani ishlab chiqishda undagi bo'limlar ta’rifi qisqa, tushunarli bo'lishiga alohida e’tibor berish lozim. Chunki bular biznes-rejaga qiziquvchi shaxs yoki bank xodimining undagi materiallarni o'qish-o'qimasligini belgilab beradi. Xulosa qisqa bo'lib, biznes-rejaning barcha bo'limlarini qamrab olishi lozim. Xulosada quyidagi ma’lumotlar mavjud bo'lishitavsiyaetiladi:
- korxonaning nomi, uning yuridik manzili;
-aloqaqilish uchun shaxs, uning telefoni;
-biznesturi;
-kerakliqarz;

  • qarzning maqsadi;

  • mavjud aktivlar;

- mahsulot va bozor (mahsulotning qisqacha ta’rifi, uning real sotish
imkoniyatlari);

  • boshqaruv (asosiy mulk egasi va uning yordamchila ri ta’rifi); -moliyaviyrejalar;

  • sotish va daromad hajmining o'sish imkoniyatlari ko'rsatiladi .


Yüklə 146 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin