Biznesda moliyaviy qarorlar qabul qilish asoslari


Moliyaviy qarorlar qabul qilishda strategik moliyaviy tahlil va uning asosiy yoʻnalishlari



Yüklə 116,07 Kb.
səhifə5/7
tarix26.11.2023
ölçüsü116,07 Kb.
#136208
1   2   3   4   5   6   7
BIZNESDA MOLIYAVIY QARORLAR QABUL QILISH ASOSLARI

4. Moliyaviy qarorlar qabul qilishda strategik moliyaviy tahlil va uning asosiy yoʻnalishlari
Korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyati boʻyicha moliyaviy qarorlar qabul qilishda strategik moliyaviy tahlil alohida ahamiyat kasb etadi. Strategik moliyaviy tahlil istiqboldagi davrda korxonani rivojlantirishning aniq xususiyatlari va mumkin boʻlgan yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda korxona moliyaviy faoliyatini amalga oshirishning samaradorligiga ichki va tashqi omillar ta’sirini oʻrganish jarayonini oʻzida aks ettiradi.
Strategik moliyaviy tahlilning yakuniy natijasi moliyaviy faoliyatning har bir strategik dominant sohalari kesimida moliyaviy rivojlanishning asoslarini va imkoniyatlarini koʻp tomonlama va kompleks tavsiflaydigan korxona strategik moliyaviy pozitsiyasi modeli hisoblanadi.
Strategik moliyaviy tahlilni amalga oshirishning muhim asoslaridan biri uning asosiy ob’ektlarini aniqlash hisoblanadi. Yaxlit holda strategik moliyaviy tahlilning asosiy ob’ektlari sifatida korxonaning strategik moliyaviy rivojlanish dominant sohalari (yoʻnalishlari)ga e’tibor qaratiladi. Strategik moliyaviy tahlil oʻtkazish jarayonida moliyaviy rivojlanishning dominant sohalaridan har biri koʻrib chiqilayotgan yoʻnalish boʻyicha korxona moliyaviy faoliyati xususiyatlari va natijalarini turli tomonlardan tavsiflaydigan alohida segmentlarga boʻlishni tashkil etish maqsadga muvofiq. Strategik moliyaviy tahlil ob’ektlarining korxonaning strategik moliyaviy rivojlanishi dominant sohalari kesimidagi tavsiya etilayotgan segmentatsiyasi quyidagi rasmda aks ettirilgan (2-rasm).

2-rasm. Strategik moliyaviy tahlil ob’ektlarining korxona strategik moliyaviy rivojlanish dominant sohalari kesimidagi tavsiya etilayotgan segmentatsiyasi
Strategik tahlil oʻtkazish asoslari korxona xoʻjalik faoliyatiga alohida omillarning ta’siri va ularning ishlab turgan muhiti sharoitini oʻrganishdan tarkib topgan. Strategik moliyaviy tahlil yoʻnalishlari va ob’ektlari tarkibini hisobga olgan holda uning oʻrganish predmeti boʻlib korxonaning ishlab turgan moliyaviy muhiti hisoblanadi. Korxonaning ishlab turgan moliyaviy muhiti deganda tashkilotga, uning moliyaviy faoliyati shakllari va natijalariga ta’sir etuvchi shart-sharoitlar va omillar tizimi tushuniladi.
Moliyaviy faoliyatni amalga oshirish jarayonida alohida shart-sharoitlar va omillar ta’siri tavsifi bilan bogʻliqlikda, shuningdek ularni korxona tomonidan nazorat qilish imkoniyatlariga koʻra ishlab turgan umumiy moliyaviy muhitning quyidagi alohida turlarini ajratib koʻrsatish mumkin:
- bilvosita ta’sir etadigan tashqi moliyaviy muhit;
- bevosita ta’sir koʻrsatuvchi tashqi moliyaviy muhit;
- ichki moliyaviy muhit.
Bilvosita ta’sir etadigan tashqi moliyaviy muhit uzoq muddatli davrda tashkilotga, korxonaning moliyaviy faoliyati shakllari va yoʻnalishlariga ta’sir etuvchi makrodarajada yuzaga keluvchi shart-sharoitlar va omillar tizimi bilan tavsiflanadi. Korxonaning ular ustidan toʻgʻridan-toʻgʻri nazoratni amalga oshirish imkoniyati mavjud emas. Tashqi moliyaviy muhitning bunday turi aniq bir korxonaga nisbatan munosabati boʻyicha namoyon boʻlishi individual xususiyatlari bilan tavsiflanmaydi. Bilvosita ta’sir etadigan tashqi moliyaviy muhit shart-sharoitlari shakllanishida davlat moliyaviy siyosati va korxonalar moliyaviy faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish muhim rol oʻynaydi.
Bevosita ta’sir koʻrsatuvchi tashqi moliyaviy muhit korxonaning kontragentlar bilan moliyaviy operatsiyalar va bitimlar boʻyicha moliyaviy munosabatlari jarayonida shakllanadigan, tashkilotga, uning moliyaviy faoliyat shakllari va natijalariga ta’sir etuvchi shart-sharoitlar va omillar tizimini tavsiflaydi. Bunda bevosita ta’sir koʻrsatuvchi tashqi moliyaviy muhit oʻzaro bogʻliq aloqalar jarayoniga ta’sir koʻrsatishi mumkin. Bunday kontragentlar bilan moliyaviy faoliyat boʻyicha samarali moliyaviy munosabatlarni amalga oshirish korxona uchun ijobiy boʻlgan tegishli shart-sharoitlar va omillar tizimini boshqarish imkonini beradi.
Ichki moliyaviy muhit korxona rahbariyati va moliyaviy xizmat mutaxassislari bevosita nazorati ostida boʻlgan korxonaning eng yaxshi natijalariga erishishi maqsadida moliyaviy faoliyat shakllari va ularni tashkil etishni tanlashda yuzaga keluvchi shart-sharoitlar va omillar tizimini tavsiflaydi. Ichki moliyaviy muhit korxonaning strategik davrda qoʻyilgan maqsad va vazifalariga erishish imkonini beruvchi moliyaviy imkoniyatlarni ham oʻz ichiga oladi.
Strategik moliyaviy tahlilni amalga oshirish xususiyatlari nafaqat retrospektiv, shu bilan birga alohida omillar va shart-sharoitlar mumkin boʻlgan oʻzgarishlari ta’sirini hisobga olgan holda korxona moliyaviy imkoniyatlari istiqboldagi holatini ham koʻrsatib beradi. Bu strategik moliyaviy tahlil oʻtkazishning uslubiy apparat tomonidan tuzilgan maxsus metodlaridan foydalanish zaruriyatini koʻrsatadi (bunday maxsus metodlar analitik tadqiqotning toʻldirilgan va an’anaviy metodlari boʻlishi mumkin). Strategik moliyaviy tahlil asosiy metodlari tizimi va ularning qoʻllanish sohasi quyidagi jadvalda aks ettirilgan (2-jadval).
2-jadval

Yüklə 116,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin