Biznesda moliyaviy qarorlar qabul qilish asoslari



Yüklə 116,07 Kb.
səhifə1/7
tarix26.11.2023
ölçüsü116,07 Kb.
#136208
  1   2   3   4   5   6   7
BIZNESDA MOLIYAVIY QARORLAR QABUL QILISH ASOSLARI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


MMT-92-2 GURUH TALABASI
ERGASHEV IDRISNING
,,BIZNES MOLIYASI’’
Fanidan
MUSTAQIL TA’LIM ISHI

TOSHKENT-2023
BIZNESDA MOLIYAVIY QARORLAR QABUL QILISH ASOSLARI”
Reja:
1. Moliyaviy strategiyani belgilash orqali moliyaviy qarorlar qabul qilishni tashkil etish
2. Biznesda moliyaviy qarorlar qabul qilish dominant sohalari tavsifi
3. Korporativ moliya strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish bosqichlarining oʻzaro ketma-ketligi
4. Moliyaviy qarorlar qabul qilishda strategik moliyaviy tahlil va uning asosiy yoʻnalishlari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI


1. Moliyaviy strategiyani belgilash orqali moliyaviy qarorlar qabul qilishni tashkil etish
Korporativ tuzilmalarda moliyaviy qarorlar qabul qilish aniq bir rejalarda aks ettiriladi va biznes-rejalarda oʻz aksini topadi. Biznes uchun rejani tuzish quyidagi uch bosqichni o‘z ichiga oladi1:
1. Biznesning maqsad va vazifalarini belgilab olish.
2. Mumkin bo‘lgan muqobil variantlarni aniqlash.
3. Qo‘shimcha variantlarni ishlab chiqish va belgilab olish.
Moliyaviy strategiya korxonaning muhim funksional strategiyalaridan biri boʻlib, tashqi vositalar oʻzgaruvchanligi sharoitida uzoq muddatli moliyaviy maqsadlarni shakllantirish, ular muvaffaqiyatini ta’minlashning eng samarali yoʻllarini tanlash, moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanish yoʻnalishlarini samarali tashkil etish yoʻlida moliyaviy faoliyat va moliyaviy munosabatlarni rivojlantirishning barcha asosiy yoʻnalishlarini belgilab olishni nazarda tutadi. Aynan shu xususiyati bilan moliyaviy qarorlar qabul qilishga asos boʻlib xizmat qiladi.
Korxonaning samarali faoliyat yuritishini belgilab beruvchi moliyaviy strategiyasini ishlab chiqishning quyidagi ahamiyatli jihatlarini koʻrsatib oʻtish mumkin:
1. Ishlab chiqilgan moliyaviy strategiya yaxlit korxona va uning alohida tarkibiy boʻlinmalari oldiga qoʻyilgan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning uzoq muddatli umumiy va moliyaviy maqsadlarni amalga oshirish mexanizmini belgilab beradi.
2. Moliyaviy strategiya korxonaning real moliyaviy imkoniyatlarini baholash, ichki moliyaviy imkoniyatlardan maksimal foydalanish va moliyaviy resurslar tezkor aylanuvchanligini ta’minlash imkonini beradi.
3. Moliyaviy strategiya tashqi omillarning tezkorlik bilan oʻzgarishi jarayonida paydo boʻladigan yangi istiqbolli investitsion imkoniyatlardan samarali foydalanish imkoniyatini yaratadi.
4. Moliyaviy strategiyani ishlab chiqish moliyaviy rivojlanishning mumkin boʻlgan variantlarida ta’sir etuvchi tashqi omillarni hisobga oladi va korxona faoliyati uchun salbiy oqibatlarni minimal darajaga pasaytirish imkonini beradi.
5. Korxonaning moliyaviy faoliyatini uning raqobatchilari bilan solishtirish orqali afzallik jihatlarini taqqoslash imkoniyatini beradi.
6. Aniq moliyaviy strategiya korxona moliyaviy faoliyatini strategik, joriy va operativ boshqarishdagi oʻzaro bogʻliqlikni ta’minlaydi.
7. Korxonada eng muhim strategik moliyaviy qarorlar ijrosini moliyaviy mentalitetga muvofiqlikda amalga oshirishni ta’minlaydi.
8. Moliyaviy strategiya tizimida muhim moliyaviy boshqaruv qarorlarini aniq mezonlar asosida baholash imkoniyati shakllantiriladi.
9. Ishlab chiqilgan moliyaviy strategiya korxonaning umumiy tashkiliy boshqaruv tuzilmalari va tashkiliy madaniyatini strategik oʻzgartirishning dastlabki asoslaridan biri sifatida namoyon boʻladi.
Korxonaning moliyaviy strategiyasini ishlab chiqish zamirida boshqaruvning yangi prinsiplari yaxlitligi asosida shakllantiriladigan strategik boshqaruv tizimi yotadi. Korxona moliyaviy strategiyasini ishlab chiqish jarayonida strategik moliyaviy qarorlar tayyorlash va qabul qilishni ta’minlovchi asosiy prinsiplar qatoriga quyidagi rasmda keltirilgan (1-rasm).


Yüklə 116,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin