MILLIY TARBIYA (MT)NING TEXNOLOGIK TIZIMI
Ijtimoiy buyurtma
Milliy millatchilik va jamiyat qurilishining
tarbiyaviy (pedagogik) omili
sifatida milliy tarbiyani yuksaltirish. Milliy Dasturning “ta’lim va tarbiyaning milliy yo‘naltirilganligi” tamoyili
|
Ilmiy-pedagogik talqin
Matnning nazariy, uslubiy asoslari, milliy tarbiyaviy
Fazilatlar
|
Maktab
O‘quv-tarbiyaviy tizimi
|
MT mazmuni, uslub, shakl, mezon,
ko‘rsatkich, darajalari
|
MT sub’ektlari: o‘qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onalar, mahalla
|
Ta’lim mazmuni, usullari, tamoyillari, vositalari, shakllari
|
Tarbiya mazmuni, usullari, tamoyillari, vositalari, shakllari
|
Omillar: oila, mahalla, maktabdan tashqari tarbiya muassasalari
|
MT ob’ektlari: o‘quvchilar
|
MT ning takomillashgan
Maqsadi
|
Dars vaqtining hamma uchun bir xil davom etishi, sinfdoshlari bilan surasano madora qilish zarurati o‘quvchilarni o‘qishga mas’uliyatlilik, burch, vijdoniylik, boshqalar bilan til topa bilishi, milliy va millatlararo muloќot madaniyatini talab qila boradi. U jamoat joyi bo‘lmish maktabda o‘zidan katta, kichik, tanishu notanish, o‘g‘il-qiz bolalar, o‘qituvchilar bilan mavjud milliy odob muhitida muloqotga kirisha boradi, munosabatlarning ob’ekti va sub’ektiga aylanadi. Darslar mazmuni orqali Vatan, mustaqillik, istiqlol, millat haqidagi nazariy bilimlarni o‘zlashtiradi. Sinf jamoasining milliy ongi (milliy o‘zligini anglashi) o‘quvchining milliy dunyoqarashi, milliy identifikatsiya jarayoniga, milliy tarbiyaviy fazilatlarning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Milliy o‘zlikni anglash bola milliy axloqining norasmiy boshqaruvchisi (regulyatori) sifatida har bir bolaning xatti-harakatiga, xulqiga ta’sir ko‘rsata boradi. Sinf jamoasining milliy ongi bolaning milliy shaxsiy fazilatlar haqidagi olgan tushunchalarini uning shaxsiy milliy ongiga va xatti-harakatlariga o‘tkazadi. Masalan, milliy g‘urur, vijdoniylik asta-sekin tashqi talab (sinf jamoasining milliy ongi, vijdoniyligi darajasi) ta’sirida sayqallasha borib, o‘quvchining ichki ehtiyoji, odatiga aylana boradi. O‘quvchining adabiyot, odobnoma tarix va boshqa fanlardan olgan axloqiy bilimlari uning kundalik xulq-atvori, dunyoqarashini boyitib, milliylashtira boradi. CHunki, inson ilk yoshlaridanoq “SHaxsiy fazilatlar haqida ilk tasavvurlarga ega bo‘lib, o‘z hatti-harakatlarini “yaxshi”-“yomon” deya ajratishga qodir bo‘la boradi”1. Demak, milliy g‘urur, vatanparvarlik, vijdoniylik va boshqa fazilatlar asoslari ham mazkur tushunchalarni o‘zlashtirish orqali kechadi va bolaning xulq-atvor tajribasida shakllana borishi mumkin. Milliy tarbiyalanganlikning yuqori darajasi nafaqat shaxsiy fazilatlar haqidagi bilimlarga egalikda, balki mavjud bilimlarni kundalik turmushda qo‘llay borishda va ularning buzilishlariga o‘z munosabatlarini bildirishlarida ham namoyon bo‘ladi. Xalqimiz orasida keng tarqalgan taqiq va rag‘batlar tizimi “ofarin”, “balli”, “yashang”, “unday qilmang”, “ay-yay-yay”, “savob bo‘ladi”, “uvol bo‘ladi” va boshqalar buni yaqqol ko‘rsatib turadi.
Dostları ilə paylaş: |