XALQARO TERRORIZM tushunchasida turli davlatlar, xalqaro tashkilotlar siyosiy partiyalarni beqarorlashtirish, xalqaro nufuz, obro‘ga ega bo‘lgan arboblarni qotil qilishga yo‘naltirilgan buzg‘unchi siyosiy harakat bo‘lib, hozirgi vaqtda alohida bir davlat yoki mintaqa doirasidan chiqib, xalqaro miqyosdagi uyushgan qo‘poruvchi, jinoyatchi tashkilot darajasiga ko‘tarilgan. (Masalan, «Al-Qoida» xalqaro terroristik tashkilot).
TURKISTON ISLOMIY HARAKATI-1990 yillarda Farg‘ona
vodiysida tashkil topgan O‘zbekiston islom harakati nomli diniy ekstremistik guruhlar. Hozirgi vaqtda bu tashkilotni Turkiston islomiy harakati deb nomi o‘zgartirildi. Ular butun Markaziy Osiyoda islom «xalifalik» davlatini qayta tiklashni maqsad qilib qo‘ygan.
TOLERANTLIK - (lot. CHidamoq, bag‘rikenglik ma’nosida) mamlakatda, jamiyatda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalish bo‘lib, tinchlik, barqarorlik muhitini yaratish maqsadida boshqa dinlarga bag‘rikenglik bilan do‘stona munosabatda bo‘lishni anglatadi.
Dostları ilə paylaş: |