Blackcurse


Anga albatga mustahkamlik ijod etgusi maktab



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə12/74
tarix17.05.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#115947
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   74
2 5215525430601193042

Anga albatga mustahkamlik ijod etgusi maktab


kabi misralari misoldir. Jadidchilar millatni ilg‘or millatlar darajasiga ko‘tarishning bosh yo‘li - maorifni isloh qilish, deb bilgan edilar. Bunda katta hikmat bor. Zero Ovruponi "uyg‘otgan" musulmon ilmining shuhrati ham dastlab maktab va madrasalarda keng tarqalgan "ijtihod"- hurfiklilik tamoyili edi. Keyinchalik "ijtihod" "taqlid" bilan almashtirilgan va bu fan-texnika taraqiyotidagi tashabbuskorlikning Ovrupoga boy berish sabablaridan biri bo‘ldi1; XX asrning 20-yillari sobiq sovet pedagogikasining "yangi jamiyatning yangi kishilarini tarbiyalash" maqsadi ham jamiyatni sovetlashtirish – isloh qilish yo‘li yoshlarni sotsialistik, kommunistik tarbiyalash edi. Biroq sobiq sovet maktabining proletar madaniyati, shaxsga sig‘inish asoratlaridan tozalash, isloh qilishga qaratilgan 60-80 yillardagi harakatlari samara bermadi. Insonparvarlikka, milliylikka zid, bolalarning maktabdan begonalashuviga olib kelgan sovet tarbiyaviy tizimi inqirozga uchradi. Endilikda MDH respublikalari pedagog-olimlari o‘z mamlakatlari taraqqiyotiga xos va mos tarbiyaviy maqsadlarni asoslamokdalar. SHu maqsadda chet el pedagogikasi yutuqlaridan ham unumli foydalanishga kirishildi. SHu jarayonda ayrim respublikalarda Ѓarb pedagogikasi yo‘l qo‘ygan xatolarni takrorlashni o‘z boshidan kechirmoqdalar, desak xato qilmaymiz. Jumladan, bola shaxsining "alohida, o‘ziga xos talablari"ni haddan tashqari bo‘rttirilishi, iloxiylashtirilishi tufayli odamlarning bir-birlaridan o‘z millatlaridan uzoqlashuviga, begonalashuviga, yakkalashuviga, “otalar va bolalar” mojarosiga olib kelishi muqarrar bo‘lgan ekzistensial tarbiya nazariyasini targ‘ibot qilmoqdalar. Ana shuning uchun ham boshqa davlatlar tajribasidagi yutuq va kamchiliklarni SHarq, O‘zbekiston voqeligidan kelib chiqib o‘rganish favqulodda ahamiyatga egadir.

Boshqa davlatlar pedagogik tajribasini qiyosiy o‘rganishning koni foyda ekanligini Ahmad Donish, Furqat, Ismoil Gaspirali, Rizouddin ibn Faxruddin, Avaz O‘tar, Sote’ al Husri, K.D.Ushinskiy, L.N.Tolstoy va boshqalar pedagogik muammo sifatida kun tartibiga qo‘ygan edilar. Ayniqsa K.D.Ushinskiyning jahon kezib, bu borada qilgan ilmiy xulosalari alohida e’tiborga sazovordir. Qator Ovrupo mamlakatlari tarbiyaviy tizimlarini o‘rganib chiqqach, u “barcha xalqlar uchun umumiy bo‘lgan tarbiya tizimi nafaqat amalga, balki nazariy darajada ham bo‘lishi mumkin emas. Olmon pedagogikasi - nemis tarbiyasi nazariyasi demakdir va bundan ortiq narsa emas”,- deya xulosa qiladi1. U chet el pedagogik tajribasining ayrim ijobiy jihatlaridangina rus tarbiya tizimida foydalanish kerakligini qayd qilgan edi. L.Tolstoy har qanday chet el tarbiya tizimini Rossiyaga keltirishga keskin qarshi chikqan edi. CHunki o‘z "xalqi rioya qiladigan asosiy qoidalarni anglagan maktabgina yaxshi maktab bo‘la oladi"2. Atoqli mutafakkir Rossiyada rus tarixi va milliy xususiyatlaridan kelib chiquvchi xalq ta’limi tizimi yaratilmog‘i kerakligini qat’iy turib talab qilgan edi.

Boshqa mamlakatlar tarbiyaviy tizimlarini o‘rganishning xususiyatlari haqidagi ibratli fikrlarni professor P.Kapnistning 1900 yilda aytgan fikri bilan yakunlaymiz: "...tarbiyaviy ishlarda maktabnnng milliy xususiyatlarini dunyo sivilizatsiyasining tarkibiy qismi sifatida o‘rganish kerak. Bu birinchidan, har bir ilmiy maktabning(uning qaerda joylashganligidan qat’iy nazar) asosini belgilaydi va ikkinchidan, begona o‘lkalarning maktab ishlarini o‘rganish boshqa mamlakatlarda bir vaqtlar o‘tkazilgan va natijalari aniq ko‘rilgan ko‘plab tajriba va ekperimentlarni takrorlashdan bizni qutqazadi"3.

Markaziy Osiyoda ro‘y berayotgan ma’naviy, madaniy, dunyoqarashdagi o‘zgarishlar ayrim jihatlari bilan SHarq mamlakatlarining mustaqillikka chiqqan davrdagi holatini, G‘arbiy Ovruponing Uyg‘onish, o‘zligini anglay boshlash davrini eslatadi. Kundalik turmushdagi, tafakkurdagi an’anaviylikning zamonaviylashuvi, demografik o‘sish, shaharlarning yiriklashuvi, texnologiyada, bank ishlarida munosabatlarning o‘zgarishi, yangi - tijoratchilar avlodining maydonga chiqishi, ishbilarmonlikning keng tarqalishi va boshqalar Uyg‘onish davrining tavsifiy chizgilariga aylangan edi. Xorijiy tillarga, huquqshunoslikka, Vatan tarixiga qiziqishning ommaviy o‘sishi maktab va tarbiya maqsadini keskin o‘zgartirishning sharti bo‘ldi.

Angliyada ana shu o‘zgarish jarayoni o‘z zamonasining yangi aslzodasi -jentelmenni tarbiyalash talabini kun tartibiga qo‘ydi. YAngi jentelmen amaliy tajribaga ega, ishbilarmon, o‘z mulkini avaylab asrovchi va eng muhimi - o‘zining yangi sifatlarini o‘tmish an’analari bilan uygunlashtira olmog‘i kerak edi. YAngi jentelmenlarni tarbiyalash g‘oyasining asoschisi J.Lokk yosh jentelmenlar hisob-kitob ilmini bilish bilan birga, an’anaviy qilichbozlik san’atini ham yaxshi egallashlari kerak deb hisoblar edi. Jon Lokk Angliyaning jahon miqyosidagi obro‘sini ko‘tarishni yoshlar - jentelmenlarni tarbiyalashga tayanmay oshirish mumkin emasligini asoslab, amalga oshirdi.

Angliyadagi tarbiyaviy maqsad - jentelmenni tarbiyalash g‘oyasi Fransiyada ham ќabul ќilinib, o‘ziga xos tarzda amalga oshirildi. Bu quyidagicha ta’riflangan edi; "Fransiyada tarbiyadan maksad - o‘zida yuksak axloqiy sifatlar, fazilatlar, ziyolilik, sog‘lom mushohadalik ruhida tarbiyalanganlikni o‘z Vatanida qabul kilingan xush xulqlik bilan uyg‘unlashtirib, takomiliga etkazgan fransuzdir"1, Olmoniyada madaniy uyg‘onish davrida amalga oshirilgan islohotlar maktab, tarbiya maqsadini belgilashga mahsuldor ta’sir ko‘rsatib, Olmoniyaning milliy davlat sifatida rivojlanishiga katta turtki bo‘lib xizmat qildi.

G‘arbiy Ovrupoda uyg‘onish davri ijtimoiy fanlar, xususan pedagogika fanining predmeti - tarbiya va uning mohiyati, maqsadi haqida dadil ilmiy fikrlar aytilganligi bilan ham e’tiborga molik. Bu fikrlar rang-barang bo‘lib, tarbiya fonemonining turli qirralarini yoritishga xizmat qiladi.

Ovrupoda Uyg‘onish davri faylasuf va pedagoglarining tarbiya va uning maqsadi haqidagi g‘oyalarida "milliylik", "milliy" tushunchalari tez-tez uchramasada, asl mohiyati jihatidan ular milliy asosga qurilgan edi. CHunki birinchidan, o‘sha davr /arbiy Ovrupo davlatlari - milliy davlat sifatida shakllanib bo‘lgan edilar; ikkinchidan, Ѓarbiy Ovrupo millatlari o‘z davlatlarida milliyliklariga xavf soluvchi, zarar etkazuvchi har qanday tashqi ta’sirdan holi edilar; uchinchidan, milliy g‘ururni, tuyg‘uni so‘ndiruvchi milliy mustamlakalik azobini boshdan kechirmagan edilar. Ana shuning uchun ham milliylikni tiklash sobiq mustamlaka mamlakatlarning dastlabki ma’naviy ehtiyojiga aylanishi tabiiydir. Bu ehtiyoj er yuzidagi sobiq mustamlakachi mamlakatlarga emas, balki mustamlaka - "erli" xalqlarga xos bo‘lganligi ana shu qonuniyatning dalilidir.



Ќuyida turli zamon va makonlarda yaratilgan tarbiyaviy konsepsiyalar va qarashlar, dasturlarning qisqacha tavsiflarini keltiramiz. Zero bunday qiyosiy pedagogik yondashuv milliy tarbiyaning izchilligini, tamoyillarini, mazmunini, usullarini, vositalarini belgilashning tarixiy pedagogik manbalarini ko‘rsatishga xizmat qiladi:



  1. Avesto: axloqiy uchlik tamoyili



  1. SHariat



  1. “Munosib inson”ni etishtirish Abu Nasr Forobiy

(873-950)


  1. Tarbiyaning tabiatga mos bo‘lishi haqida ta’limot YA.A.Komenskiy (1592-1670)



  1. “YAngi axloq” K.A.Gelvetskiy (1715-1771)




  1. Milliy tarbiya Lui Mishel Lepelete (1760-1793)




  1. Afrikancha tarbiya



  1. Madaniyatga mos tarbiyalash Adolf Disterverg (1790-1866)




  1. Javonmardlik (futuvvatchilik) tariqati



  1. “Vatan tarbiyasi”Rus dekabristlari X asr oxiri XX asr boshi



  1. Jadidchilik (Usuli satviya)



  1. Tarbiyaning xalqchilligi, milliyligi

K.D.Ushinskiy (1824-1870)


  1. Ekzistensia-lizm



  1. Konant pedagogikasi



  1. Eksperimental pedagogika V.A.Lay (1862-1926) E.Torndayk (1874-1949)



  1. Ijtimoiy rol, ijti-moiylashuv konsepsiyalari



  1. “Ovrupo tarbiyasi”


  1. “Talabchan muhabbat A.S.Makarenko (1888-1939)




  1. “O‘quvchilar uchun qoidalar” 1943



  1. O‘quvchilarni tarbiyalashning taxminiy dasturi I.S.Marenko



  1. Milliy maktab va tarbiya SH.A.Amonash-vili (gurjiston), R.Hasanov(O‘zbekiston) va boshqalar




  1. Davlat – Milliy tarbiyani yuksaltirish-ning tashabbuskori va bosh islohotchisi. O‘zbekiston, 1995 yil




Eramizdan oldingi IX asrdan IV asrgacha davrda tuzilgan axloqiy tarbiyaviy majmua. Uning ta’siri Markaziy Osiyo xalqlari tarixini eng qadimiy zamonlardan tortib to islom davrigacha qamrab oladi. Avestoning butun axloq-odobi Gumata (Gumata) YAxshi fikr), Gukta (Gukta) YAxshi so‘z), Gvarshta (Gvarshta) YAxshi ish) da ifodalanadi. Avestoda faqat bitta xalqning emas, balki Eron, Markaziy Osiyo va Ozarbajon xalqlarining mushtarak, umumiy qimmatga ega bo‘lgan tarbiyaviy qadriyatlari aks etgan.
Markaziy Osiyoga islom dini bilan kirib kelgan Qur’oni Karim asosida ishlab chiqilgan, jinoiy, fuqarolik va axloq odob qoidalari majmui. SHariat diniy-huquqiy tizim sifatida XI-XII asrlarda tugal shakllangan. SHariatda barcha hatti-harakatlar dastlab ikki turga – harom va halolga ajratilgan. Keyinchalik 5 turga: farz bajarilishi qat’iy, majburiy hisoblangan axloq me’yorlari; manbud (sunnat) – majburiy emas, lekin ma’qul. Lozim hisoblangan axloqiy me’yorlar; muboh – ixtiyoriy me’yorlar; makruh – ixtiyoriy me’yorlar; harom qat’iy ravishda taqiqlangan hatti-harakatlar.
“Munosib inson”ni axloqiy-tarbiyaviy ideal hisoblab, insonni xush axloq, sahovatli va aql-idrokli qiluvchi narsa bilim ekanligi asoslanadi.

“Munosib inson” bo‘lish uchun odamda ta’lim va tarbiya olish imkoniyati bor. Ta’lim kishini nazariy kamolatga erishtiradi, tarbiya esa bu “kishilar bilan muloqotda axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatini yaratishga olib boradigan yo‘ldir”1.


Tarbiya uch bosqich – vazifadan iborat: 1) o‘zini va tevarak-atrofdagi olamni bilish (aqliy); 2) o‘z-o‘zini boshqarish (axloqiy); 3) Xudoni tanishga intilish (diniy tarbiya). Inson tabiatning bir qismi sifatida uning eng asosiy, umumiy qonunlariga bo‘ysunadi, deb hisoblaydi va buni injildan olingan matn parchalari bilan asoslaydi.
“Bizning mavjud holatimiz tarbiya tufayli vujudga kelgan”, “Tarbiya hamma narsaga qodir”. Tarbiya maqsadi sifatida “har bir kishi baxtli-saodatli bo‘lishi kerak”, - degan g‘oyani “millat baxt-saodatli bo‘lishi kerak” degan g‘oya bilan birlashtira oladigan vatanparvarni etishtirishda deb tushunildi va “milliy tarbiya rejasi”ni ishlab chiqdi.
YAngi shaxsni etishtirish Milliy tarbiya o‘ylarida olib borilishi kerak. SHunda tarbiyalanuvchilar muhitning nomatlub, yomon ta’sirni his qilmaydilar. “Milliy tarbiya uylari”da mehnat qilish, jismoniy, aqliy tarbiyaga asosiy e’tibor beriladi. Natijada baquvvat, mehnatsevar, intizomli va vijdonli yangi yosh avlod, yangi grajdanlar, qizg‘in vatanparvarlar tarbiyalanadi” (Lepelete).
Maqsadi: yosh avlodni Afrika jamiyatida va Afrika sharoitida yashashga tayyorlash. Xalq donishmandligi ma’naviy, madaniy tajribasini avloddan-avlodga etkazib, afrikaliklarning (mustamlakalik darida) xo‘rlangan qadr-qimmatini, milliy g‘ururni saqlab qolib, tiklashga xizmat qildi va mustaqillik uchun kurashga tayyorladi. Afrikalik har bir bola – o‘z qishlog‘ining umumiy ma’naviy farzandi deb idrok qilinadi. Bola 6-7 yoshga kirguncha uning tarbiyasi bilan ona, 7 yoshdan oshgach, o‘g‘il bolani otasi yoki tog‘asi, 10-11 yoshdan o‘g‘il-qizlar kasbga, 15-16 yoshdan oila qurishga tayyorlay boshlanadi... (59).
Tarbiya bilan muhit, o‘lka, jamiyat hayoti o‘rtasida mustahkam aloqa bog‘lash zarurligi ta’kidlandi. Tarbiya chog‘ida bolaning tug‘ilgan va yashashi kerak bo‘lgan joy, Vatanning sharoitini, zamonaviy, milliy madaniyatga tayanish talab qilinadi.
Javonmardlik dastur va qoida talablari orqali umrini do‘stga bag‘ishlovchi, faqat yaxshilikni o‘ylab, borini o‘zgalar bilan baham ko‘rish, muhtojlarga yordam berish, piru ustoz, do‘st-birodarlar nomusi, sharafini himoya etish, zohiran va botinan pok, pokiza insonlar suhbatini qozonishga intiluvchi, muayyan qonun-qoidaga rioya etuvchi, ma’naviy va jismoniy etuklikka intiluvchi, mardlik va oliyjanoblikning namunasini ko‘rsatuvchi, zulm va haqsizlikka qarshi kurashuvchi, boylikdan insonni ustun qo‘yuvchi yosh yigit (farzand)larning ustoz (ota) tomonidan tarbiyalanishga qaratilgan ma’naviy-tarbiyaviy harakat X asrdan boshlab Movoraunnahrda tarqala boshlagan.
YOsh avloddagi rus xalqi urf-odatiga, umuman rus xalqiga nafrat bilan qarash va chet mamlakat madaniyatiga ko‘r-ko‘rona sig‘inishga qarshi chiqdilar. Tarbiya rus tilida, rus urf-odatlariga hurmat ruhida olib borilishi kerakligi talab qilindi.
SHarq xalqlari ma’naviy hayotida maorifida taraqqiyparvar oqim. Islom dinining rolini saqlab qolgan musulmon maktablarida dunyoo‘iy fanlarni ham ona tilida o‘qitishga, turkiy xalqlarni ilm-ma’rifatda, haq-huquqda dunyoning taraqqiy qilgan millatlari bilan tenglashtirishga ilk harakatlar qilindi. Bu harakatlarning shiori: yangi usulda ta’lim va tarbiyani Ovrupo sivilizatsiyasiga moslashtirish emas, balki Ovrupo sivilizatsiyasini o‘rganib, milliy madaniyatga xizmat ettirish edi.
Tarbiya xalqning tarixiy taqqiyotiga bo‘ysunadi. Kelajakka xalqning o‘zi yo‘l ochib boradi, tarbiya esa shu yo‘ldan boradi va birgalikda harakat qilib, ayrim shaxs va yangi avlodga bu yo‘ldan borishga yordamlashadi. SHuning uchun tarbiya tizimini o‘ylab chiqish yoki boshqa xalqlardan olish yaramaydi. Tarbiya xamisha xalqchilikka, milliylikka tayanishi lozim. “Har qanday mavjud tarixiy xalq Xudo er yuzida yaratgan eng ajoyib mavjudotdir va tarbiyani ana shu boy hamda sof to‘yg‘usi boshqa xalqlarni harmat qlish bilan birga bo‘lmog‘i kerak”.
Tarbiya har bir benazir shaxsning o‘z-o‘zini namoyon qilishi va ruyobga chiqarishi ko‘chlar bilan uchun sharoit yaratish kerak. SHaxs uchun pala-partish, bir zumlik bo‘lsada, lekin o‘z “shaxsiy”baho, nuqtai nazari, “tafakkur oqimi”, tuyg‘usi, hayajoni bo‘lishi kerak. Bu nazariya shaxsning jamiyatda, xalq, millat hayotidan chiqib, o‘z “qobig‘iga” bekinib olishiga olib keladi. Ilmiy bilimlarni sistematik o‘rganishni besamar mashg‘ulot deb qaraydi. CHunki bolaning qo‘qqisdan, kutilmaganda paydo bo‘luvchi his-tuyg‘u va xulosalari birlamchi, deya maqsadga yo‘naltirilgan o‘quv, tarbiyaviy jarayon inkor qilinadi.
Qarashlari: pedagogika nazariyasining asosiy masalalari tarixda o‘z javobini topgan. SHuning uchun ulug‘ faylasuflarning fikrlarini qayta-qayta takrorlab o‘tirish kerak emas. J.Konant pedagogikasining maqsadi- o‘z ichidagi sinfiy farqlarni sezdirmay yuboradigan darajadagi milliy birlikni yaratish. Bunday yondashish ko‘rinishlari dastlab Turk inqilobida, keyinchalik Turkistonda ko‘tarildi(Behbudiy, Fitrat) lekin amalga oshmadi.
Falsafiy- pedagogik qarashlar quruq nazariyalikda ayblanib, pedagogikaga aniq fanlarga xos eksperimental psixologik metodlar tatbiq etila boshlandi. Anotomiya, fiziologiya, psixopatalogiya va pedagogika fanlari ma’lumot-larini umumlashtirib foyda-landilar. Lekin ular nazariy xulosalar yasay olmadilar. CHunki, bolani muayyan ijtimoiy milliy muhitdan ajratib olib, biologizatorlarcha talqin qildilar. Keyinchalik pedagogikaga asos bo‘ldi.
Bu oqim pedagogika fani oldiga shaxsni kelajakda jamiyat uchun kerak bo‘lgan u yoki bu ijtimoiy rolni bajarishga tayyorlashni vazifa qilib qo‘yadi. YA’ni inson jamiyat tomonidan yozilgan dramaning u yoki bu personajidir. Har bir shaxsning ijtimoiy rollari “repertuari”da uning “milliy roli” ham bor, deb hisoblaydilar.
/arbiy Ovruponing pedagogik nazariyasi hamdo‘stlik nazariyasi. Asosiy tarbiyaviy maqsadi- /arbiy Ovrupo yoshlarini axloqan mafkuraviy jihatdan yuqori darajada kamolga etkazish, Umumevropa ijtimoiy hamdo‘stligi ruhida tarbiyalash.
“Erkin tarbiya” ni tanqid qildi asosida tarbiyalash” va bolalarga nisbatan “talabchan muhabbat”li munosabat bo‘lmog‘i kerakligini asosladi. Pedagogikani eng dialektik va murakkab fan deb bildi. O‘zi asos solgan tarbiya tizimida bola shaxsini jamoada va jamiyat orqali tarbiyalashga katta ahamiyat berdi. Ilk bor tarbiyaviy jarayonni texnologiya sifatida ta’rifladi.
O‘quvchilarning maktabdagi va maktabdan tashqaridagi xulq-atvor qoidalari belgilandi. “Qoidalarni o‘quvchilar o‘rgandilar. Ammo bu o‘rganishga ko‘pgina joylarda rasmiy munosabatda bo‘ldilar. O‘quvchilar qoidani sharillatib aytib berar, lekin uni turmushda qo‘llamas edilar” (133, 481).
Sobiq sovet maktabida har tomonlama rivojlangan kommunistik jamiyatning faol quruvchisini tarbiyalash maqsadlaridan kelib chiquvchi vazifalar: kommunistik dunyoqarash mehnat tarbiyasi: kommunistik axloq: sotsialistik internatsionalizm: sovet vatanparvarligi: burjua mafkurasini fosh qilishni amalga oshirishning tipovoy tavsiyanomalarini o‘z ichiga oldi.
1988 yildan boshlab qayta ko‘tarildi. Ta’lim tilining milliyligi maktabni milliylashtira olmadi. Gruzin bolalari o‘qiydigan maktab gruzin, o‘zbek bolalari o‘qiydigan maktabda o‘zbek madaniyati ruhi ufurib tursagina bunday maktablarni milliy maktab deyish mumkin, deb hisobladilar. Hozirgi vaqtda Rusiya va boshqa sobiq sovet respublikalarida ham maktablarni milliylashtirish davom etmoqda. Ushbu masala bo‘yicha YUNESKO o‘zining birinchi Xalqaro konferensiyasini o‘tkazdi (1993 yil mart).
“Biz yuz berayotgan iqtisodiy islohotlar davlat tomonidan amalga oshirilishi, davlat bosh islohotchi ekanini e’tirof etdik. Demak, siyosiy-ma’naviy islohotlarda ham, milliy tarbiyani yuksaltirishda ham davlat bosh islohotchi bo‘lishini tan olishimiz kerak va tegishli qonunlar orqali ma’naviy yo‘nalishlarning poydevorini asoslab berishimiz kerak”ligi Prezident I.Karimov tomonidan belgilab berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining birinchi majlisi (1995 yil 23 fevral)








Osiyo va Afrikaning milliy istiqlolga erishgan mamlakatlarida ta’lim va tarbiya mazmuni asosan uch yo‘nalishda isloh qilina borildi: 1) tarbiya va ta’lim rejalari, dasturlari milliylashtirildi; 2) ta’lim ona tilida olib borila boshlandi; 3) tabiiy-matematik fanlar turkumining roli oshirildi. Mustaqillikning dastlabki yillarida sobiq kolonial maktablarni birdaniga isloh qilish mumkin bo‘lmaganligi tufayli mavjud ta’lim tizimlarini saqlab qolgan holda tarbiyaviy jarayonni milliy asosga qurish boshlandi. Jumladan ta’limning ona tilida berilishiga erishildi. Biroq, bunday islohotni amalga oshirishda yuzakiliklarga ham yo‘l qo‘yildi. Vetnamlik tadqiqotchi Le Txan Kxoy bu haqda shunday degan edi: Darsliklarda Per yoki Jon nomlarini Mamadu deb, javdarni tariq deb, yoki Afrika adabiyoti va tarixini o‘rganish bo‘yicha soatlarni ko‘paytirish ta’limni afrikalashtirmaydi. Ta’limni afrikalashtirish – bu butun ta’lim tizimini shu mamlakat qarshisida turgan muammolardan kelib chiqib, tubdan isloh qilish demakdir”1.

Habashiston, Gvineya, Tanzaniya, Senegal mamlakatlaridagi milliy uyg‘onish, ta’lim va tarbiyani milliy asosga qurishda qarama-qarshiliklarga ham duch kelishdi. Bu qarama-qarshiliklardan biri – tafakkuri fransuzlashgan mahalliy milliy nigilistlar. Vatan istiqboliga befarq, ovrupotsentrizm tarafdorlarining milliy uyg‘onishga qarshi turishlari tufayli sodir bo‘ldi. Bu haqda Niger Prezidenti Bubu Ama 1968 yili “qora rangli fransuzlar”dan ranjib, “milliy madaniyatimizning qora tanli fransuzlar tomonidan xo‘rlanishi va rad etilishi bizning o‘zligimizdan uyalishimizga olib keldi”, - degan edi1.

Janubiy Koreyada esa, Davlat madhiyasiga bitilgan «Ѓam- es kali damlarda ham shodon kunlarda ham Ona- Vatanni sevaylik!» shiori amalga oshirildi.

Asrimizning 60-70 yillarida SHarќda milliy-madaniy hayotida ham islohot sodir bo‘lib, boshi berk ko‘chadan chiqish yo‘llarini qidirishga zo‘r berib kirishilgan edi. Bu muammoni eng avvalo yozuvchi, shoirlar, maorif xodimlari ko‘tarib chiqdilar. Ayrim Eron ziyolilari jamiyat e’tiborini Rusiya va /arbdagi madaniy, adabiy rivojlanishiga qaratib, Eron milliy-madaniy hayotining bundan keyingi ravnaqini G‘arbga erishishda, deb bildilar. Ma’rifatparvar yozuvchi pedagog Jalol Ali Ahmad milliylikni unutib, G‘arbga ko‘r-ko‘rona sajda qilish “g‘arbiylik” kasaliga olib kelishidan ogohlantirib o‘tirib, o‘zining “G‘arbiylik” nomli kitobining birinchi nusxasini 1961 yili “Eron madaniyati ravnaqiga yordam Kengashi”ga taqdim etdi. Bu kitobda u milliyligini yo‘qotgan. “G‘arbiylik” (g‘arbzadegy) kasaliga mubtalo bo‘lgan kishi “portret”ini chizadi. “Bunday kishi” – deb yozadi Ali Ahmad, “millatning o‘tmishi, hozirgi hayoti, kelajagi haqida hatto tushunchalarga ham ega emas. U ko‘pincha intelligent – rahbar. U to‘lqin ustidagi xasdek beqaror, oyog‘ini qo‘yib tayanadigan eri yo‘q. SHu sababli voqealar rivoji qanday kechsa, u ham shunday o‘zgarib turadi. Unda mustaqil fikrning o‘zi yo‘q... U dunyoda o‘z shaxsiy manfaatidan tashqari barcha narsaga befarq qaraydi. U machitda ham, kinoteatrda ham partiya yig‘ilishlarida ham xuddi futbol o‘yinining tomoshabini, kuzatuvchiga o‘xshaydi. Uning chuqur o‘yga tolganini hech qachon ko‘rmaysiz. U do‘stining vafotidan ham qatra ko‘z yoshi to‘kmaydi. U har qanday kichik o‘ljani qo‘ldan bermaydi, jirkanmay unga o‘zini otadi... U o‘ziga xoslikdan mahrum. O‘ziga haddan tashqari oro beradi, oyoq kiyimi, mashinasi, uyi, kiyimining qanday ko‘rinishi ustida tinmay tashvish chekadi. Uni maktab, machit, kasalxona muammolari emas, eng avvalo uydagi elektrli kir yuvish mashinasi, ozonatorlarning yaxshi ishlashi qiziqtiradi. U o‘zining uzoq Bendar Abbosdagi hamqishloqlarining urf-odatlari haqida qiziqarli hikoya qilib bera olmaydi. Ammo u sizga Buyuk Britaniya leyboristlar partiyasi o‘ng qanotida bo‘lib o‘tgan sezilar-sezilmas o‘zgarishlarni qoyil-maqom qilib aytib beradi...”. Ma’rifatparvar Ali Ahmad g‘arbning ma’lumotli kishilari, yoshlari evropaning mexaniklashgan hayotidan bezib skulptura – afrika primitivizmi, musiqada – jazni, aqliy kamolotda – upanishad, daosizm va Budda bilan, jismoniy kamolotda – hind yoga san’ati, nafosatda yapon bog‘larini yaratishdan lazzatlanayotgan bir paytda eron yoshlarining o‘z milliyligini inkor etib, g‘arbiylashayotganliklarini tanqid qiladi. Ali Ahmad yosh avlodlar orasida g‘arbiylik kasalining oldini olishni maktab, tarbiyadan boshlash zarurligi haqidagi fikr va yo‘l-yo‘riqlarni taklif qildi.

XIX asrning 60-yillarida yapon-Rossiya nisbati 0 ning 1 ga nisbatidek edi. Raqamlar nisbatini jiddiy o‘zgartirib yuborgan “YApon mo‘‘jizasining” asosiy siri xodimlarda – inson omilida edi, xodimlar-o‘z navbatida yapoon milliy ta’lim va tarbiyasining mahsuli edilar. Demak, “yapon mo‘‘jizasi” sirining kalitini eng avvalo yapon tarbiyaviy tizimi sirlaridan izlamoq joiz.



Bizni qiziqtirayotgan masala – barcha taraqqiy etgan ovrupo mamlakatlarida urbanizatsiya, ilmiy-texnika inqilobi, ulkan shaharlar psixologiyasi, odamlardagi milliy go‘zallikni tobora yo‘qota borayotgan bir davrda ham milliylik, ham dunyo miqyosidagi yutuqlarning uyg‘unligini ta’minlay olayotgan yapon milliy tarbiyasi sirlaridir. YApon milliy tarbiyasining o‘ziga xos xususiyatlaridan ayrimlari:

  • milliy birlik, yaponlarning jamoa, urug‘ kollektivchilligi umummilliy darajada namoyon bo‘ladi: kechagina bir-biriga raqobat qiluvchilar millat manfaatiga daxldor vaziyatda birdaniga bir-birini qo‘llay boshlaydilar;

  • jamoa ming ko‘zli devor bo‘lib, har bir yaponning hatti-harakatini kuzatadi, uning hatti-harakatidagi axloqiy qadriyatlarning sofligini nazorat qiladi... YApon jamiyati axloqiyligining siri ana shunda, deb hisoblashadi;

  • Rostgo‘ylik, bag‘rikenglik sifatlarini tarbiyalashga favqulotda ahamiyat beriladi;

  • Ierogliflar ataylab maydalab yoziladi. Ularni qiynalib yodlash bolada ko‘z qobiliyati(ko‘rganini esda saqlash)ni rivojlantiradi. Ierogliflarni ko‘p martalab, diqqat bilan ko‘chirish o‘quvchilarda tirishqoqlik, mehnatsevarlikni tarbiyalaydi;

  • Maktablarda “yapon axloqi” darsi maxsus o‘tiladi. Bolalar asta-sekin xuddi kattalardek salomlashishga, hatti-harakatlar qilishga mashq qildirila boriladi. Agarda biror o‘quvchi milliy axloq qoidalarini buzsa, bolalar uni “g‘alati yapon” deyishadi. Keyinchalik ham u o‘z xatolarini tuzatmasa, “begona” nomini oladi va bolalar undan uzoqlashadi;

  • O‘smirlik – yapon bolalari uchun eng qiyin – cheksiz dars tayyorlash va kelajak haqida qayg‘urish yo‘llaridir;

  • O‘quvchilarning aksariyati ikki maktabda o‘qishadi. Birinchi – asosiy, ikkinchi, Dzyuki – tushdan keyingi darsda o‘tilgan mavzuni takrorlash va qo‘shimcha materiallar bilan mustahkamlashga xizmat qiladi.

  • Oilada qiz bola tarbiyasi bilan ko‘proq ona, o‘g‘il bola tarbiyasi bilan ko‘proq ota shug‘ullanadi va h.k.1.

  • Milliylik, milliy vatanparvarlikning zamonaviylik bilan go‘zal uyg‘unligiga erishayotgan yana bir mamlakat – Turkiyadir. Bu erda “yoshlikdan buyuk ajdodlarni eslatish, bildirish, targ‘ib qilish orqali yoshu qari – har bir fuqaroni milliy ruhda tarbiyalash odat tusiga kirgan”, - deb yozadi A.Ibrohimov2. Turkiya istiqlolga erishgach, millatning eng ko‘zga ko‘ringan ziyolilari “Turkiya taraqqiyoti yo‘li” nomli davlat taraqqiyot dasturini belgilab oldilar. Mustaqil Turkiyaning maorifdagi, tarbiyadagi yo‘li – kelajak avlodda yuksak milliy g‘urur va vatanparvarlik – milliy – zamonaviy tarbiyaga tayanish bo‘ldi. Milliy tarbiya hozirgi Turkiyani Osiyoning eng taraqqiy etgan mamlakatlari darajasiga ko‘tarilishini pedagogik ta’minladi. Ajdodlar ruhiga hurmat, o‘z qadriga etish, milliy g‘ururni anglash yosh turkiyaliklarda o‘z vatani – Turkiyaga sidqi dildan xizmat qilish ehtiyojini shakllantirmoqda.

Sivilizatsiyalashgan “XX asrda ro‘y berayotgan shaxsiy va ommaviy tajovuzkorlikni bartaraf qilish ehtiyoji 80-yillarda yangi – psixoanalitik pedagogikaning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. YAngi pedagogik yo‘nalish yosh qonunbuzarlar va jinoyatchilarga qarshi bolalar axloq tuzatish muassasalari sonini oshirish orqali kurashib bo‘lmaydi; bolalarni tinchliksevarlik ruhida tayyorlash uchun ijtimoiy, iqtisodiy va pedagogik kuchlarni safarbar qilish kerak; eng muhimi – barcha kuchlarni ilk yoshlardanoq bolalar orasidagi tajovuzkorlikning oldini olishga qaratish kerak, deb hisoblaydi3.

Psixoanalitik pedagogika jahon bolalariga (demak, o‘zbek bolalari ham bundan mustasno emas) oynai jahon orqali tajovuzkorlik ruhini singdirayotgan “Zombi”, - 1984 yil”, “Tosh dahshatining go‘zal tomoshalari”, “Liliana – yovoyi o‘rmon qizi”, “O‘lim orolidagi ikki farishta”, “Onaning bir kuni”, “Bo‘ri nafasi”, “Mening dushmanim”, “Samoviy janglar va boshqa ko‘plab urush, zulm, odamxo‘rlik, ayollarning erkaklarga qarshi janglari, shahvoniylik va tajovuz tantanasini targ‘ib qiluvchi kino, tele, videofilmlar ta’sirini o‘rganib, xulosalar qilmoqda. Ana shuning uchun ham psixoanalitik pedagogika konsepsiyasini eng yangi, eksperimental yo‘nalishlardan biri sifatida qabul qilib, uning tavsiyalarini milliy tarbiya vositalari bilan boyitib qo‘llanilishi samaralidir. Psixoanalitik pedagogika va milliy tarbiya nazariy asoslaridagi umumiylik shundan iboratki, ikkala konsepsiyada ham bolalardagi tajovuzkorlik ijtimoiy pedagogik muammo sifatida tushuniladi.

Televidenie, videofilm, tijorat do‘konlarida zulmni, behayolikni ifodalovchi harakatlar, suratlarni ko‘rish o‘zbek-o‘g‘il-qizlarida oila, mahalla, maktab hamkorligida shakllantirilayotgan hayo, odob, mehr-shafqatlilik kabi fazilatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi tabiiy. APEID – jahonning Osiyo mintaqasida joylashgan (sobiq SSJI respublikalaridan tashqari) 28 mamlakatda tarbiyaviy islohotlar, yangiliklarni o‘rganib, umumlashtirgan avstriyalik Olim R.Maklin buni 90-yillarning umumosiyoviy muammosi ekanligini ta’kidladi. CHunki, “CHet el kitoblari va chet el televidenie va video dasturlari ularni tomosha qilayotgan xalqlarning qadriyatlari, madaniyati va an’analariga salbiy ta’sir qilib, ularning milliy taraqqiyoti sur’atiga xalaqit berishi mumkin;1. Bu esa maktab, oila, mahallada milliy tarbiya samaradorligini oshirish -–tele, video, kinofilmlar, behayo sur’atlarning salbiy ta’siriga qarshi turishning eng qiyin, lekin eng samarali, ishonchli yo‘li ekanligini ko‘rsatadi.

80 yillarning ikkinchi yarmidan boshlab, pedagogikaga “umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash” tushunchasi kirib keldi. SHuni qayd qilish kerakki, umuminsoniy qadriyatlarni tushunishda, talqin qilishda ziddiyatlar bor edi. Masalan, 1992 yili “Pedagogika” oynomasi “Ta’lim va tarbiyada umuminsoniy qadriyatlar” mavzusida suhbatni e’lon qildi. Suhbatda Rossiyalik professor B.S.Gershunskiy va AQSH ning SHarqiy Evropani o‘rganish instituti rahbarlaridan biri Richard SHeyermanlar qatnashdi. R.SHeyerman eng oliy umuminsoniy qadriyat deb shaxsning uning o‘zi uchun axloqiy deb hisoblangan hatti-harakat erkinligini qayd qildi. YA’ni o‘quv-tarbiya jarayonining har bir bosqichida, o‘quvchining yoshidan qat’iy nazar uning erkinligi cheklanmasligi kerak. Lekin R.SHeyrman shaxsning kimdan, nimadan erkin bo‘lishi kerakligini tushuntirib bera olmadi. Aksincha, axloqiy me’yorlarni belgilashda muvofiqlikning yo‘qligi amerika yoshlari orasida borib turgan axloqsizlikka sabab bo‘lmoqda, deya o‘zini o‘zi rad etadi. Jumladan, AQSH da o‘g‘il bolalar, o‘smirlar orasida vahshiylarcha bir-birini, o‘z-o‘zini o‘ldirish keyingi 30 yil ichida 6 marta ko‘paygan. O‘sha davr ichida o‘smir qizlar orasida nikohsiz homilalar soni, balog‘at yoshiga etmagan bolalarning politsiya qo‘liga tushishlari ham 7 marta oshgan. Amerika yoshlari orasida o‘tkazilgan so‘rovlarda “ko‘proq pul ishlash” maqsadining qadri “mazmunli hayot kechirish” maqsadining qadrsizlashuvi hisobiga o‘sayotganini keltiradi. Biz bu ahvolni erkinlikning nimaligini va undan foydalanishni bilmovchi bolalarga burchsiz erkinlik berilishining asoratlari deb tushunamiz. YOki bu – shaxs erkinligini g‘arbchasiga tushunish va biz – sharqlik pedagoglarni ogohlantiruvchi ko‘rsatgichlardir. Zero milliy madaniy axloq me’yorlarini bilish va amal qilish shaxslararo, fuqarolararo, millatlararo totuvlikning davom etishini, mustahkamlanishini ta’minlaydi.

Bayon qilgan fikrlari uchun AQSH lik hamkasbimizni ayblamoqchi emasmiz. CHunki, O‘zbekistonda, o‘zbek xalqi orasida sharm-hayo, iymonlilik, “o‘zbekchilik”ning yo‘q bo‘lishini biz tasavvur qila olmaganimizdek, R.SHeyerman ham Ѓarb jamiyatida to‘y, janoza, hashar, hayo tushunchalarining me’yorga aylanishini tasavvur qila olmaydi. CHunki biz axloqni, shaxsning mohiyatini turlicha talqin qilamiz va buni birxillashtirish Ѓarbdan ham, SHarqdan ham tabiiy o‘ziga xoslikning tortib olinishiga, salbiy marginallashuvga olib kelgan bo‘lar edi.

Turli zamon va makonda yaratilgan tarbiya konsepsiyalari, qarashlar, namunali jihatlar tahlilidan va qiyosiy pedagogikaning 90-yillardagi materiallaridan foydalanib, quyidagi xulosalarimizni keltiramiz:



  • jahon jamiyatchiligi maktablardagi tarbiyaviy ishlar inqirozidan tashvish chekmoqdalar1;

  • zamonaviy pedagogik nazariya va amaliyotdagi ojizlikning sababi birinchidan, o‘tmishning mumtoz pedagogik merosidan foydalanilmayotganligi; ikkinchidan, ijtimoiy vaziyatlarning tez o‘zgarayotganligi tufayli yangi pedagogik nazariya yaratishning qiyinligidadir;

  • dunyo miqyosida ta’lim-tarbiyadan, bilimlilikning tarbiyalanganlikdan ustun qo‘yilishi tarbiya, axloqdagi inqirozga – antropologik halokatga olib keldi2;

  • aksariyat tarbiyaviy konsepsiyalarda madaniyat, axloq, tarbiya, xalq, psixologiya va shaxsning milliyligi ilmiy-pedagogik e’tibordan chetda qoldirildi;

  • “sivilizatsiyalashganlik” tushunchasini talqin qilishda uning moddiy-texnik rivojlanish qismi tushuniladi. Bu tushunchaning ikkinchi yarmi-“ma’naviy, madaniy taraqqiy etganlik” qismi pedagogikada hal qilinmadi. Vaholanki, “ ... madaniyatda (madaniyat esa milliy M.Q.) taraqqiylik buzilsa, “bunday jamiyatni sivilizatsiyalashgan deb bo‘lmaydi”, - degan edi “sivilizatsiya” tushunchasini XIX asrda ilk bor muomalaga kiritgan F.Gizo. Bu fikrni XX asrning ikkinchi yarmida misrlik Al Xusri SHarq madaniyati nuqtai-nazaridan kelib chiqib, boyitdi;

  • tarbiya tizimlari u yoki bu hukmron sinf manfaatlaridan kelib “o‘ylab chiqilgan” (K.D.Ushinskiy) edi. Natijada har bir yangi hukmron tuzum o‘zidan oldingi tizim tomonidan asoslangan tarbiya maqsadini rad etib keldi;

  • tarbiyaning milliylikka-tadrijiylik tamoyiliga tayanmaganligi tufayli tarbiya samardorligi tobora susaya bordi. Dunyo miqyosida shaxslar, shaxs va millat, shaxs va tabiat orasidagi begonalashuv esa hamon mavjud;

  • pedagogika mustaqil fanga aylanganidan buyon yaratilgan tarbiyaning ilmiy yo‘riqnomalari bilan milliy tarbiyaning nazariy asoslari orasida ziddiyat yo‘q. Aksincha, barcha makon va zamonlarda yaratilgan tarbiya yo‘riqnomalari milliy tarbiyaning ayrim qirralari hisobiga to‘ldirilib, boyitilib borildi.

  • Milliy tarbiya konsepsiyasi o‘zidan oldin mavjud bo‘lgan konsepsiyalarni to‘ldirib, ularning eng yaxshi qirralaridan foydalanib, Mustaqil O‘zbekistonda milliy istiqloliy ahamiyatga ega. Buning uchun O‘zbekistonda ham ijtimoiy manba (xalq, millat manfaatlari), ham siyosiy manba (milliy davlat – O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot yo‘li), mafkuraviy manba (milliy istiqlol mafkurasi) va huquqiy manba (O‘zbekiston Konstitutsiyasi) ma’naviy manba (Ma’naviy yangilanishning strategik dasturi) mavjuddir.



Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin