Blackcurse



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə15/74
tarix17.05.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#115947
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   74
2 5215525430601193042

Har kun o‘luram shomgacha g‘amga giriftor,

Har shab yonaram otasha parvona kabi zor.

Hech kimsa emas meni ahvolima voqif,

Men xastayamu millatim o‘lmish nega bemor?

(Abdulla Avloniy)

deya chora qidirgan vatanparvarlar edilar.

Tashqaridan ko‘rsatilgan harbiy, siyosiy, madaniy hurujlar: Arab, Mo‘g‘ul, CHor Rusiyasi va sovet davrlari o‘z izlarini qoldirgan bo‘lsa-da, o‘zbek xalqi o‘z “mil”ini o‘zligini saqlab qoldi. XX asr oxirida ham “O‘zbek xilqining o‘z ruhiy qiyofasi, milliy xususiyati, milliy xarakteri, milliy to‘yg‘usi, mijozi (temperamenti), xulq-atvori, bilish jarayonlari, qobiliyatining aniq yo‘nalishga qaratilganligi, ehtiyoji va qiziqishlari, milliy ongi o‘ziga xos xususiyatlarga egadir”,- deb xulosa qilmoqdalar vatandosh olimlarimiz, psixologlar X.Uzoqov, E.Ѓoziev, A.Tojievlar1. Ular ushbu o‘ziga xoslik milliy madaniyatda, milliy adabiyotda, milliy ruhiy (ma’naviy) hayotda ifodalanishini qayd etdilar. Olimlar o‘zbek xalqi ruhiyati, fe’l-atvoridagi o‘ziga xoslik - o‘zbek xalqiga umumiy deb quyidagi sifatlarni qayd qilishdi: andishalilik, xushmuomalalik, shirinsuxanlik, mehmon kutishdagi samimiylik, inoqlik, inson qadrini yuqori tutish, iffatlilik, o‘zaro yordam, vijdoniylik va boshqalar. SHuningdek, go‘zallikni tushunish, san’at, adabiyot, tasviriy san’at turlari, tili, bayramlari, pazandaligi, maqollari, qomat tutishi, kiyinishi, ibosi, imo-ishoralari, tabassumi, uyqusi, xayoloti, ta’zimi, marosimlari, xalq ijodiyoti, ta’bi, didi va boshqalarda an’anaviy “o‘zbekchilik” aks etib turadi. Buning bosh sababi - tarbiyaning ana shu xususiyatlardan kelib chiqishida, ya’ni - milliy madaniy mohiyatga egaligidadir.

O‘zbek xalq milliy tarbiyasining yuqorida keltirilgan tarixiy-pedagogik talqini bizga quyidagi xulosalar yasash imkonini beradi:

-o‘zbek xalq milliy tarbiyasi tarixi turkiy qabilaviy, urug‘ va elatlar tarbiyaviy tizimlarining tadrijiy umumlashuvi, rivojlanishining tarixi demakdir;

-qabilaviy, milliy tarbiya nuqtai nazaridan insonning qandayligi undagi so‘z, niyat (fikr) va ish birligiga tayanuvchi uchlik asosida baholangan;

-Islom dini Markaziy Osiyo Xalqlarining millatlararo muloqot madaniyatining umumiy manbasi, umuminsoniy birlashishga yo‘naltiruvchi tarbiyaviy omil vazifasini bajardi va bajarmoqda.



  • Turkistonda Ijtimoiy-milliy tarbiya jarayoni va maktab tarbiyasi orasidagi maqsadga yo‘naltirilganlik shariat aqidalari asosida me’yorlashtirilib kelingan. YA’ni, milliy hayot va maktab tarbiyasi uyg‘un bo‘lib, bir-birini to‘ldirgan. Bu esa milliy tarbiyamizning boy tarixiy ildiz, poydevorga ega ekanligini tasdiqlaydi;

  • “xalq pedagogikasi”, “etnopedagogika” ilmiy-pedagogik yo‘nalishlari yangi tarixiy, milliy madaniy sharoitda “milliy pedagogika”ning tarkibiga kiritilishi, hamda milliy tarbiya milliy pedagogikaning predmeti sifatida talqin qilinmog‘i kerak;

  • CHor Rusiya istibdodi madaniy mustamlakachilik - ruslashtirish kabi maqsadga yo‘naltirilgan edi. Bu – jahon mustamlakachiligi tarixida inglizlashtirish, fransuzlashtirish kabi tipik hol edi. Buning oqibati esa bir tomondan - milliy madaniylashuvga, ikkinchi tomondan, zamonaviylashuvga to‘sqinlik hosil qildi. Biroq, milliylik susaysa-da, tarbiyaning ob’ektiv xususiyati bo‘lganligi tufayli avloddan-avlodga etib keldi, yo‘qolmadi.

O‘zbekistonda sovet hokimiyati yillarida kommunistik tarbiya yakkahokimligi davri bo‘ldi. Biz bu davrga alohida to‘xtalamiz.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin