VIJDON ERKINLIGI - jamiyat konstitutsiyasi va qonunlarida berilgan diniy e’tiqod erkinligi.
DA’VAT - (arab «chaqirish») islom diniga targ‘ib qilish.
DINIY JAMOA - diniy tashkilotning boshlang‘ich shakli.
DINIY IDORA - diniy tashkilot markazi.
DINIY TASHKILOT - diniy jamoalarning eng yuqori rasmiy uyushmasi.
DUO - xudoga iltijo qilib, o‘zi yoki boshqalarga Ollohdan yaxshilik, ezgulik tilash va qilgan gunohlari uchun kechirim so‘rash.
DINIY BAG‘RIKENGLIK - Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalaridan biri bo‘lib, turli diniy e’tiqodga ega bo‘lgan kishilarning bir vatanda kelajak maqsadi uchun ezgu orzu-umidlar yo‘lida birlashib, hamjihat bo‘lib yashashni anglatadi.
JOHILIYA - (arab. johillik, bilmaslik) Arabiston yarim orolining islom dinidan oldingi davri shunday atalgan. Bu davrda insonlar ma’naviy-ahloqiy buzilish davri bo‘lgan.
JABROIL - islomda xudo bilan Payg‘ambarlar o‘rtasida hizmat qiladigan, Ollohdan kelgan vohiylarni, habarlarni Payg‘ambarga olib keluvchi farishta.
JANNAT - narigi dunyoda taqvodor, savobi ko‘p, gunohi kam kishilar kiritilib,rohat-farog‘atda yashaydigan joy.
JIHOD - musulmonchilikka qarshi kurashuvchi g‘ayriddinlarga qarshi g‘azovat «muqaddas urush» qilish g‘oyasi.
JAHOLATGA QARSHI
MA’RIFAT - Prezident I.Karimovning begona, yovuz, terroristik g‘oyalarga ma’naviy- ma’rifiy yo‘l, yoshlarga ilm berish, tarbiyalash bilan qarshi kurashishga da’vati.
JAMOAT - O‘zbekiston Islom harakatining joylardagi boshlang‘ich yacheykalari yoki tizilmalari «jamoat» deb yuritiladi.
ZARDo‘SHT - Mil.avvalgi VI-V asrlarda yashagan ilohiyotchi faylasuf, shoir Zardushtiylik dinining asoschisi.
ZAIF - (arab. «kuchsiz» ) ishonchli ekanligiga shubha to‘g‘diradigan hadis.
IYMON - Islomda Ollohdan boshqa iloh yo‘qligiga, Payg‘ambar uning elchisi ekanligiga (Rasululloh), Ollohning ilohiy kitoblariga, farishtalariga, taqdir va ohiratda qayta tirilishiga, qiyomat kuniga, ishonib, til bilan aytib, dil bilan tasdiqlashdir.