Blackcurse



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə62/74
tarix17.05.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#115947
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   74
2 5215525430601193042

Ibtidoiy faylasuf - evolyusion pozitivistlarning chiqargan hulosasiga ko’ra borliq va koinotga bog’liq fikrlar yuritib, dinning kelib chiqishiga sababchi bo’lgan ibtidoiy odam.

Politeizm - (yunon. Poli ko’p, teo - hudo) ko’p hudolilik. Hinduiylik, konfusiychilik dinlari ko’p hudolilik dinlari bo’lgan.

Monoteizm - (yunon. mono - yagona, teo - hudo) yakka hudolik. YAkkahudolik diniga YAhudiylik, islom dinlari misol bo’ladi.

O’zbekistonda davlat va din munosabati. O’zbekiston - dunyoviy davlat. Demak, dunyoviy davlatda amal qiladigan davlat va din munosabati tamoyillari O’zbekistonda ham amal qiladi.

Ayni paytda, Respublikamizda davlat va din munosabati masalasida o’ziga hos jihatlar ham mavjud.

Ho’sh, demokratik jamiyat barpo etilayotgan O’zbekistonda davlat va din munosabati qanday bo’lmog’i kerak?

Bu savolga Prezident LA. Karimov quyidagicha javob beradilar: “Davlatning ishi - davlatniki, dinning ishi - dinniki bo’lishi lozim. Bu nozik va murakkab masalada munosabatlarning o’zaro hurmat va ishonch asosida qurilishi - yagona maqbul yo’ldir.

Davlat dindor fuqarolarning diniy e’tiqod va haq-huquqlarini qanchalik hurmat-ehtirom qilsa, dindorlar ham davlat qonunlari va siysatini shunchalik hurmat va ehtirom qilishlari shart. SHundagina hech kimning hech kimdan ko’ngli qolmaydiq.

O’zbekiston davlati o’z fuqarolarining diniy e’tiqodlarini hurmat qiladi.

Ayni paytda, dindorlar va diniy tashkilotlar O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlarida belgilab qo’yilgan quyidagi talablarga ham rioya etishlari lozim:

-        O’zbekiston Respublikasi Kontitusiyasi va qonunlariga rioya etish;

-dindan davlatga va Konstitusiyaga qarshi targ’ibot olib borish, millatlararo adovat uyg'otish va fuqarolalaro totuvlikni buzish vositasi sifatida foydalanmaslik;

-        diniy tashkilotlarning davlat ro’yhatidan o’tishi;

-diniy o’quv yurtlarida diniy fanlarni o’qitayotgan shahslarning diniy ta'lim olgan bo’lishlari va diniy tashkilot rahbariyati ruhsati bilangina o’qitish ishlarini olib borishlari;

- dindorlardan majburiy pul yig’imi yig’maslik va to’lovlar undirmaslik;

- taqiqlangan g'oyalarni, Adabiyotlarni kino, foto va video mahsulotlarni tarqatmaslik va ishlab chiqarmaslik.

O’zbekiston davlatida yana quyidagilar man etilgan:

-         diniy mohiyatdagi siyosiy partiya va jamoat harakatlarini tuzish. Bu haqda O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 57 - moddasida aniq ifoda qilingan.

Ayni paytda, respublikamizda chet davlatlarda tuzilgan diniy partiyalarning bo’limlari tuzilishi ham taqiqlanadi:

-terrorchilik, narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka ko’maklashadigan, shuningdek, boshqa g'arazli maqsadlarni ko’zlovchi diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalarning faoliyat ko’rsatishi;

-dindorlar va diniy tashkilotlarning davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga tazyiq o’tkazishi;

- yashirin diniy faoliyat bilan shug’ullanish;

- davlat ro’yhatidan o’tmagan diniy tashkilotlarning faoliyat ko’rsatishi;

-diniy tashkilotlar hizmatchilarning O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodining ro’yhatga olinishi;

diniy tashkilotlar hizmatchilarining Hokimiyat vakillik organlari deputatligiga nomzod etib ro’yhatga olinishi.

qonunning yuqorida qayd etilgan qoidalariga amal qilmagan fuqarolar jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Diniy tashkilotlar faoliyati esa tugatiladi.

Davlat va diniy tashkilotlar qonunga og’ishmay amal qilsalar, jamiyatda siyosiy barqarorlik mustaHkam bo’ladi va fuqarolar totuvligi to’la qaror topadi.

ATEIST - hudoning mavjudligini tan olmaydigan, dinga e’tiqod qilmaydigan shahs. Islom tarihida daHriylikda ayblangan ko’plab olimlar, shoirlar shafqatsiz jazolangan. Ateistlar-dahriylar ham deyiladi. Dahriylik hozirda ham horijiy SHarq mamlakatlarida qattiq jinoyat hisoblanadi.


Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin