Blackcurse


TAJRIBA XONALARIDA ISHLASH QOIDALARI



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə2/15
tarix31.12.2021
ölçüsü1,03 Mb.
#113155
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
2 5280524370442195387

TAJRIBA XONALARIDA ISHLASH QOIDALARI.

Tajriba xonalarida darslar 10-12 talabadan iborat kichik guruhlar uchun dekanat tomomidan tuzilgan dars jadvali da ko'rsatilgan soatlar bo'yicha alohida-alohida o'tkaziladi. Tajriba ishlarni bajarayotganda har qaysi gurux o'z navbatida ikki yoki uch talabadan iborat bo'lgan kichik guruhlarga bulinadi. Mustaqil ish boshlashdan oldin talabalar texnika xavfsizligi qoidalari bilan puxta tanishishlari va keyinchalik ham ularga qat'iy amal etishlari lozim.

1. Birinchi tajriba mashg'ulotdayoq har bir talabaga butun uquv yarim yilligi (semestri) davomida bajariladigan ishllarning aniq muddati belgilangan jadval beriladi.

2. Tajriba xonasiga talabalar navbatdagi mashrg'ulotga tajriba ishlariga puxta tayyorgarlik ko'rgan holda kelishlari, ya'ni qilinadigan ishning mazmuni va maqsadi, bajarish yusinlarini mushohadalab, sxemalarini tuzish va ko'zatuv natijalarini bitish uchun ham oldindai hozirlik ko'rib quyishlari kerak

3. O'qituvchi har bir tajriba ishiga kirishishdan oldin uning mazmuni va bajarish tartibi bo'yicha talabalarning tayyorgarlik darajasini birma-bir so'rab-surishtirib chiqishi kerak. Mashg'ulotga tayyor-lanmagan yoki darsga kechikkan talabalar amaliy ishga quyilmaydi.

4. Tajriba xonasida tajriba ish mashg'ulotlari belgilangan maxsus joylarda, alohida ajratilgan asbob va qo'rilmalar yordamida amalga oshiriladi. Ish joyidagi asbob uskunalar o'rnini o'zboshimchalik bilan o'zgartirish qat'iyan man etiladi.

5. Talabalar bajariladigan amaliy ishining sxemalarini (tarhini) yig'ishdan oldin qo'llaniladigan asbob va qo'rilmalarni ishlatish tartibini ko'rsatuvchi qo'llanmalar bilan tanishishlari kerak. Tajriba ishlarini bajarishda qo'llanilgan asbob-uskunalarning texnik tavsifini maxsus daftarga qayd etishlari lozim. Bulardan tashqari ular daftariga amaliy ishini bajarish uchun kerak bulgan asosiy sxemalarni chizib, o'lchash natijalarini yozish va hisoblash uchun zarur bo'lgan jadvallarni ham hozirlab qo'yishlari kerak. Talabalar tajriba ishlarini bajarish uchun zarur hisob-kitoblarni tavsiya qilingan adabiyotlardan, shuningdek o'qituvchidan olingan ma'lumotlar asosida oldindan hisoblab chamalab -qo'yishlari lozim.

6. Sxemalar o'qituvchi tomonidan tekshirilib, uni to'g'ri ekanligi tadiqlangandan keyingina, ularni yig'ishga kirishish kerak. Sxemalarni yig’ish yoki yig'ilgan sxemalardan asbob-uskunalarni qayta ajratib joy-joyiga qo'yish kabi ishlar kuchlanish manbaidan o'zilgan holdagina bajarilishi kerak. Kuchlanish ostida bo'lgan sxemalarga biror o'zgartirish kiritish mutlaqo man etiladi. Sxemalarni kuchlanish manbaiga o'qituvchining ruxsati bilangina ulash mumkin. Kuchlanish manbaiga o'langan, ya'ni kuchlanishga ega bo'lgan sxemalarni qarovsiz qoldirish mutlaqo mumkin emas.

7. Bordi-yu, biror asbob-uskunaning bo'zilganligi aniqlansa, har qanday sharoitda ham mustakil ravishda ish tutilmasdan, ya'ni asbob-uskunani tuzatishga kirishmasdan, bu haqda o'qituvchi darhol xabardor qilinishi kerak.



8. Talaba tajriba ishini tugatgach, bajargan ish natijalari-yozilgan daftarni o'qituvchiga ko'rsatishi va qayd etilgan ma'lumotlarning to'g'ri ekanligi haqida tasdiq olgandan keyingina yig'ilgan sxemadan asbob uskunalarni ajratishga kirishishi kerak. Bu ish nihoyasiga yetkazilgach, hamma ish jihozlarini laboratoriya texnik xodimi ga topshirib kerak.

9. Har bir talaba navbatdagi mashg'ulotga kelganda o'tgan tajriba ishi buyicha yozma ravishda hisobot tuzib, uni qoidasi bilan rasmiylashtiradi, so'ngra uni o'qituvchisiga ko'rsatadi. Hisobot to'g'ri bajarilganligi tasdiqlangandan keyin talaba sinov savollari bo'yicha o'qituvchiga topshiradi.

10. Talabalarning tajriba ishlari bo'yicha tayyorlagan hisobotlari ishning qisqacha bajarilish tartibi, asbob-uskunalarni o'lash sxemalari ish natijalari yozilgan jadvallar, har xil ulchovshunoslik tavsiflarni aks ettiruvchi chizmalar, vektor diagrammalar, qullanilgan ulchash asboblari hamda uskunalarining qo'llanma ko'rsatkichlari kabi ma'lumotlarni o'z ichiga olishi kerak.

11. O'qituvchining ruxsatisiz o'lchash asboblari va boshqa jihozlarning o'rnini almashtiritsh qat'iyan man etiladi.

12. Ish uchun ajratilgan joyda faqat hozir bajariladigan tajriba ishigagina kerak bo'lgan asbob va jihozlargina bo'lishi kerak.

13. Amaliy ishlarini bajarayotganda ish joyini qarovsiz qoldirib ketish mutlaqo mumkin emas.

14. Ish vaqtida asbob millarining shu asbob darajasi chegarasida tashqariga og'ishi, reostatlarning qizib ketishi, ba'zi o'lchash asboblari millarining joyidan mutlaqo qo'zg'almasligi kabi mexanik kamchiliklarga oid har qanday kamchilik aniqlanganda sxema avtomat yoki uzib-ulagichlar yordamida tokdan darhol uzulish va bu holda o'qituvchi darhol ogoh etilishi lozim.

15. Bu qoidani bo'zgan talabalar ma'muriy javobgarlikka tortiladi, bordi-yu buning oqibatida o'lchash asbob va jihozlari bo'zilsa, yoki ishdan chiqib qolsa, u holda talabalar moddiy jihatdan ham javobgar hisoblanadilar.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin