O`LCHASHLAR.
1. Ishdan ko`zda tutilgan maqsad.
1. Elektr energiyasi iste'molchilarining sxemasini yig`ib, tarmoqqa ulashni o`rganish (ketma-ket, parallel va aralash ulash )
2. Magnitoelektrik sistemadagi ampermetr va voltmetrning tuzilishi bilan tanishish.
3. Turli ulash sxemalarida, zanjirning ayrim qismlari va butun zanjir uchun tok kuchi va kuchlanishni o`lchashni o`rganish.
4. O`zgarmas tok zanjiri uchun Kirxgofning birinchi va ikkinchi qonunlarini amalda tekshirish.
2. Tajriba ishiga tushuntirish.
Uch lampadan har birining qarshiligini ampermetr va voltmetr usuli bilan aniqlash (1.1-rasm). Bunda lampalarni navbati bilan ulab, ampermetr va voltmetrlarning ko`rsatishlari yozib olinadi, shu qiymatlarini Om qonuni formulasiga qo`yib har bir lampa spiralining qarshiligi aniqlanadi.
Uchta parallel ulangan chug`lanish lampasi spiralining umumiy qarshiligini aniqlash (1-rasm).
Om qonuni bo`yicha
bu yerda I -ampermetrning ko`rsatishi, a ,
U-voltmetrning ko`rsatishi, v .
Lampalarni parallel ulash sxemasi bo`yicha quyidagi asosiy nisbatlar tekshiriladi:
a) zanjirdagi umumiy tok, parallel ulangan iste'molchilardagi toklarning yig`indisiga teng (Kirxgofning 1-qonuni).
Ium = I1 +I2 +I3 .
Berilganlar 1.1 va 1.2-jadvallardan olinadi;
b) parallel ulangan iste'molchilarning hisobiy zanjir qarshiligi (Rx) qo`yidagi formula bilan hisoblanadi:
bu yerda
R1 , R2 , R3 larning grafiklari 1.1-jadvaldan olinadi.
Jadvaldan olinganlar buyicha (1.2-jadval) hisobiy qarshilik (RX) umumiy qarshilik (RUM) bilan solishtiriladi.
Ketma-ket ulangan lampalar spiralining qarshiligini aniqlash.
Ketma-ket ulanganda, har bir lampa spiralining qarshiligi Om qonuni bo`yicha aniqlanadi:
bu yerda I-zanjirdagi tok, a.
U1, U 2 , U 3- har bir lampadagi kuchlanishning tushuvi, v.
Kuchlanishlarning bu tushuvi har bir lampaga navbati bilan ulanadigan voltmetr yordamida o`lchanadi.
Umumiy qarshilik Om qonuni bo`yicha aniqlanadi:
bu yerda U–tarmoq kuchlanishi, v.
Lampalarni ketma-ket ulash sxemasi bo`yicha (1.2-rasm) quyidagi asosiy nisbatlar tekshiriladi;
a) lampalar ketma-ket ulangan zanjirning hisobiy qarshiligi (Rx) alohida lampalar qarshiliklarining yig`indisiga teng:
RЩ = R 1 +R 2 +R 3 .
Bu qiymatlar jadvaldan olinib, RUM bilan solishtiriladi;
b) zanjirga berilgan kuchlanish, ayrim lampalardagi kuchlanishlar tushuvining yig`indisiga teng (Kirxgofning 2-qonuni)
U = U 1 +U 2 +U 3
v) zanjirning barcha qismlarida tokning miqdorlari teng.
4. Aralash ulanganda (1.3-rasm) lampa spiralining qarshiligi va butun zanjirning umumiy qarshiligi Om qonuni bo`yicha aniqlanadi
L2 va L3 lampalar parallel ulangani uchun U2 =U3 deyish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |