5.Ustaxonada avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash texnologik jarayonini tashkil qilish SM da TS va JT texnologik jarayonini amalga oshirishdan maqsad avtomobillarni texnik tayyor holatda ushlab turishdan iborat.
Ishlarni ratsional ketma-ketlikda bajarish uchun texnik hujjatlardan, ya’ni texnologik xaritalardan, zavod ko’rsatmalaridan, texnik shartlardan foydalaniladi TS va JT texnologik jarayoni ishchi postlarida va ish joylarida bajariladi.
Ish joyi deb - ma’lum bir ishni bajarish uchun texnologik uskunalar, yordamchi jihoz va asboblar bilan jihozlangan bir ishchining mehnat qilish muhiti tushuniladi.
Ishchi posti deb - TS jihozlari, yordamchi uskunalar va avtomobil uchun joy bilan jihozlangan va bir yoki bir necha ish joylaridan iborat bo’lgan muhit tushuniladi.
TS va JT texnologik jarayonini bajarishda SM ning IChTB sida texnologik va operation xaritalar, post xaritalari, xarita-sxemalar TS uchun qo’llanma, JT uchun qo’llanma va boshqa turdagi hujjatlar ishlatiladi.
Yuqorida ketirilgan diagnostikalash, sozlash va ta’mirlash ishlari TS yoki ta’mirlash postida hamda ishning murakkabligiga qarab loyihalangan ustaxonada bajarilishi mumkin.
Ustaxona barcha TS va ta’mirlash ishlarni bajarish uchun zarur bo’lgan jihozlar, moslamalar va asboblar bilan jihozlangan.
Diagnostika ustaxonasida avtomobillarni nosozliklarini avtomobil agregatlarini yechmasdan turib turgan joyida avtomobillarni nosozliklarini aniqlashni osonlashtiradi. Ustaxonada avtomobillarni injektorlarini, elektr jixozlarini, o’t oldirish shamlarini, barcha elektron agregatlarini diagnostika qilinadi.
6.BMI da mehnat va atrof-muhit muhofazasi. Mehnat muhofazasi – bu ishchilarning sog’lig’i ba xayoti uchun havfsiz ish sharoitlarni ta’mirlab beruvchi xuquqiy va sanitar me’yorlar tizimidir.
O’zbekistonda mehnat muhofazasi xaqida qonun qabul qilingan. Bu qonun ijrosi ustidan kundalik nazorat va uning buzilishiga jiddiy javobgarlik o’rnatilgan. O’zbekiston davlati xar yili mehnat muhofazasi va havzsizligi tehnikasi uchun katta mablag’lar ajratadi. Vazirlar Maxkamasi qarorida hamma korxonalarda ishlab chiqarish travmatizimi va profissional kasaliklarning ildini oluvchi mehnat xavfsizligi zamonaviy vositalar va sanitar-texnik sharoitlarni yaratish ko’zda tutilgan. Xavfsizlik texnikasi qoidalarida ishlab chiqarish va yordamchi honalarning tuzilishi va ishlatilishi ko’rsatib o’tilgan. Mashina, dastgoh ba boshqa mehanizmlarni chegaralash, ularda ishlaganda extiyotkorlik tadbirlari, shamollatish, yoritish, suv taminotining talab qilingan xolati, zaharli gazlar, chang, ishlab chiqarishdagi shovqun bilan kurash ko’zda tutilgan.
Tehnika xavfsizligi bo’yicha tadbirlar mehnat sharoitlarining mehnat muhafazasi talablariga, qoidalariga va me’yorlariga mos bo’lishiga qaratilgan, shu o’rida: mehnat muhofazasi bo’yicha asosiy qonunlarga rioya qilinishi, mehnat muhofazasi bo’yicha ishlarni tashkil qilish, travmatima va kasallanish xolatlarini o’rganish va taxlil qilish, mehnat gigenasi va ishlab chiqarish sanitariyasi, transport vositalarining tehnik xolatini sanab o’tish mumkin.
Mehnat gigenasi va ishlab chiqarish sanitariyasi bo’yicha ishlab chiqarish ustahonasida quydagi ishlar amalga oshiriladi:
Ustaxonadan chang va zaharli moddalarni chiqarib yuborish uchun jihoz va stendlar ustiga mahalliy shamollatish o’rnatiladi.
Yilning sovuq vaqtida normal haroratni ushlab turish uchun isitish tizimi o’rnatiladi.
Ustahonada ishchi joylarining tozalash ishlarini amalga oshirish va mehnat sharoitlarini yaxshilash uchun tadbirlar o’tkazish.
Tabiiy yorug’likdan uzoqroqda joylashgan ishlab chiqarish joylarini yoritish uchun sun’iy yoritgich (fonar) lar o’rnatiladi.
Yoritgichlar turi texnologik va sanitar- gigenik talablar, hamda qurilish hududiiqlim sharoitlariga mos xolda tanlab olinadi. Ko’pchilik xollarda bo’ylama yoritgichlardan foydalaniladi, ular bino bo’ylab devorlarning yuqori qisimlariga yoki shiftga o’rnatiladi.
Xonalarda to’g’ri quyosh nurlaridan saqlash uchun shamol tomonga qaratilgan shishali himoyalangan yoritgichlar qo’llaniladi.