Bmi bosqichlarining nomi Bosqichni bajarish muddati


Servis markazi mehnat muhofazasi tadbirlari



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə9/14
tarix14.12.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#121022
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
BMI atxks

Servis markazi mehnat muhofazasi tadbirlari

Tanlab olingan ustaxonaning maydon yuzasi 18 m2 ga teng bo’lib, bu erda avtomobillarning agregat va mexanizmlariga texnik xizmat ko’rsatish va ularni ta’mirlash ishlari bajariladi.Texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlarini bajarishda ishchilar turli xil ta’mirlash jihozlari, chilangarlik verstaklari, yuk ko’taruvchi kranlardan foydalanadilar. Bu jihozlarning barchasi SNIP me’yorlariga rioya qilgan holda joylashtirilgan.Ish joylarida har bir ishchi maxsus kiyimlar bilan ta’minlangan (kombinzon, oyoq kiyimlari va qo’lqoplar).Ustaxonada turli noxush hodisalar, shikastlanish va betob bo’lib qolishda birinchi yordam ko’rsatish uchun medikomentlar qutisi bilan ta’minlangan.Sanitar-maishiy holatni tashkil qilish uchun, avvalo bino havosi mexanik ravishda tozalab (shamollatib) turiladi. Ta’mirlovchi ishchilar moy va ifloslangan qo’llarini artishlari uchun artish materiallari bilan ta’minlangan.Turli xil chiqindi materiallarni tashlash uchun maxsus quti qo’yilgan. Qo’l-bet yuvish uchun yuvinish joyi (umivalnik) nazarda tutilgan. Barcha ishchilar uchun ishlab chiqarish binosida umumiy hojatxona va ishdan so’ng yuvinish uchun ma’muriy binoda dush hamda yechinish-kiyinish xonasi tashkil etilgan.


Ustaxonada yong’in xavfini oldini olish va kamaytirish uchun quyidagi ishlar bajarilgan:
-ustaxona yong’inga chidamli devor bilan o’ralgan;
-har 50 m2 me’yoriy maydon yuzasi uchun 1 tadan o’t o’chirgich zarurligini inobatga olinib, ustaxona 1 ta o’t o’chirgich bilan ta’minlangan;
-ustaxona umumiy shamollatish manbaiga ulangan;
Ishlab chiqarish changlari
Ishlab chiqarish changlari organik va noorganik xolatda bo’ladi. Organiklariga o’simliklarni changi (yog’och, paxta, bug’doy va x k) . Bunday changlarga yuk avtomobillarning yog’och kuzovlarini tayyoorlashda va ta’mirlashda yog’och kesuvchi stanoklardan, paxta changi o’rindiqlarni ta’mirlashdan, xayvonlarning jun va suyaklaridan chiqadigan changlar ham kiradi.
Noorganik changlar minerallardan, plastmassa, kvarts va silikatlardan chiqadi. Avtomobilsozlikda plastmassalar oxirgi yillarda juda katta hajmlar qo’llanilmoqda, 30 % dan ortiqroq yengil avtomobillar detallarida va 15-20 % dan ortiq avtobuslarida kuzovi-salonlarida ishlatilmoqda. Hozirgi servis markazlarida bunday detallarni ta’mirlash bo’yicha sex yoki bo’limlar xizmat qilmoqda.
Sanoatda, transportda, qishloq xo’jaligida ko’p ishlar va jarayonlar chang xosil bo’lishi va ajralishi bilan amalga oshiriladi. Har xil texnologik jarayonlarni bajarishda yuzaga keladigan va havoda muallaq xolatda bo’ladigan qattiq moddalarga ishlab chiqarish changlari deb ataladi. Chang zarralari katta- kichikligiga qarab ko’rinadigan ( 10 mkdan katta ), mikroskopik ( kattaligi 0,25-1mk ) va ultiramikroskopik ( 0,25 mkdan kichik ), organik va noorganik changlarga bo’linadi.
Kattaligi 4-5 mk bo’lgan changlar xavfli xisoblanadi. Yirik zarrachalar esa nafas olganda burun bo’shlig’ida ushlanib qoladi. Mayda zarrachalar esa o’pkaga o’tgach, changli ,, pnivmokonioz’’ kasalliklarini vujudga keltiradi. Kremniy oksidi changi ta’siridan ,, silikoz’’, ko’mir changidan ,, antrakoz’’ , aluminiy oksidi changi ta’siridan ,, alyuminoz’’ , silikatlar ta’siridan ,, silikatoz’’ kabi kasallik turlari yuzaga keladi. Changning odam organizimiga ta’siri uning xavodagi miqdoriga, kattaligiga va maydaligiga elektronlashishiga bog’liq.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin