Hasanova maxliyo yunusjonovna o’zbekistonda azotli o’G’itlar ish
obro’-etibori avvalambor farzndlarimizning unib-o’sib, ulg’ayib, qanday inson bo’lib hayotga kirib borishiga bog’liqdir. Biz bunday o’tkir haqiqatni unutmasligimiz kerak….. I.A.Karimov I. KIRISH Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov boshchiligida davlatimiz tomonidan ishlab chiqilgan o’zining mustaqil taraqqiyot yo’liga asoslangan holda to’la ishonch bilan bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyotiga o’tib bormoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov aytganidek, ,,Siyosiy mustaqillik rivojlangan, o’zaro mutanosib, to’laqonli iqtisodiyot bilan mustahkamlanmas ekan u bor yo’g’i quruq, balandparvoz gaplar, soxta obro’ orttirish vositasiga aylanib qolaveradi.”1 Mustaqillik yillari davomida milliy xo’jaligimiz iqtisodiy jihatdan mustahkamlanib, oldingi sotsialistik tizimdan meros bo’lib qolgan bir tomonlamalik va inqiroz holatdan chiqarildi.
Prezidentimiz aytganlaridek “Avvalambor iqtisodiyotning barqaror o’sishi ta’minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyot va uning ayrim sohalaridagi mutanosiblik kuchaydi”.2 Ushbu davrda bozor mexanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi, ishlab chiqarish sanoati va kimyoviy sanoatda yangiliklar kiritildi, rivojlantirildi. Hozirgi kunda esa iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ishlab chiqarish sohalarida islohotlar yanada chuqurlashtirish erkinlashtirish amalga oshirilmoqda. Eng muhimi shu davrda milliy istqilol g’oyasi va mafkurasi shakllanib, kishilarimiz ongiga singib bormoqda.
Agar oldimizda “Milliy boylikning ko’payishini, respublikaning mustaqilligini, odamlarning munosib turmush va ish sharoitlarini ta’minlaydigan qudratli, barqaror va jo’shqin rivojlanib boruvchi iqtisodiyotni barpo etish”3kabi buyuk vazifa turganligini, bunday iqtisodiyot Prezidentimiz ta’biri bilan aytganidek, “Strategik maqsadimiz bo’lgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatni barpo qilishning asosi”4 ekanligini e’tiborga olsak, bunday muammolarimiz naqadar ko’pligi va murakkabligi yanada ayon bo’ladi.