Hasanova maxliyo yunusjonovna o’zbekistonda azotli o’G’itlar ish
6-jadval Tuproq fosfatlarining guruhlari (Chirikov bo‘yicha)
Guruhlar
Erituvchi
Guruhga kiruvchi fosfatlar
I
II
III
IV V
H2O + CO2,
(0,05-0,06 n. H2CO3)
0,5 n. CH3COOH
0,5 n. HCl yoki H2SO4
3 n. NaOH
Ko‘rsatilgan erituvchilarda erimaydigan fosfatlar
Ishqoriy metallar va NH4 fosfatlari, Ca va Mg larning gidro va digidrofosfatlari, qisman Mg3(PO4)2 va Ca3(PO4)2
Ca(PO4)2, qisman fosforit va appatitlar, qisman AlPO4.
Fosfarit va appatitlar, Al va Fe fosfatlari, fitin.
Nukleinlar, nukleproteinlar.
Titan fosfati, ona jinsi tarkibiga kiruvchi, nuramaydigan minerallarning fosfatlari.
Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, bu bo‘linish nisbiy hamda qator kamchiliklardan xoli emas. Masalan: I guruhga Mg va Ca fosfatlari kirishi, ayni vaqtda Ca fosfat ikkinchi guruhga ham kiritilgan yoki fitinni, boshqa organik fosfatlarni II-III guruhlariga ham kirishi mumkin. Bunday deyishimizga sabab fitin va boshqa organik fosfatlar 0,5n. CH3COOH da va 0,5n. HCl da ma’lum darajada eriydi. Ya’ni eritmaga chiqadi va boshqalar. Lekin shuni alohida ta’kidlash kerakki, Chirikovning bu ishi fosforli o‘gitlar bilan tuproq o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlarni nisbatan chuqurroq o‘rganish uchun turtki bo‘ladi. Keyinchalik bu sohani Kudeyarov, Avdonin, Karimboyev, E.Hoshimov va boshqalar rivojlantirdilar.
O‘simlik o‘zlashtira oladigan fosforning tuproqdagi miqdori aynan shu yerdagi almashinuvchi kaliy bilan ham bog‘liq bo‘ladi.