Investitsiyalar tarkibida byudjet mablag'larining ulushi26
2012
2013
2014
Jami
22067,0
27557,3
3715,3
Markazlashgan investitsiyalar mlrd so'm
4535,0
5504,8
6780,8
Jami investitsiyalarga nisbatan %da
17532,0
20,0
20,1
Byudjet mablag'lari mlrd. so'm
1120,6
1510,4
1577,2
Jami investitsilarga nisbatan %da
5,1
5,5
4,7
Jami markazlashgan investitsiyalarga nisbatan %da
24,7
27,4
23,3
26 O'zbekiston Respublikasi Statistika qo'mitasi ma'lumotlari
2012 yilda ushbu investitsiyalarning ulushi jami investitsiyalar tarkibida 5,1 foizni, 2013 yilda 5,5 foizni va 2014 yilda 4,7 foizni tashkil qilgan. Markazlashgan investitsiyalar tarkibida esa 2012 yilda 24,7 foizni , 2013 yilda 27,4 foizni va 2014 yilda23,3 foizni tashkil qilib, o'tgan yilga nisbatan 4,1 foizga kamaygan.
Yuqoridagi jadval ko'rsatkichlari byudjet siyosatining asosiy yo'nalishlarini o'zida ifoda etib, unda tabiiy ravishda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo'llab- quvvatlash masalalari ustuvor ekanligi kuzatilmoqda.
Hozirgi sharoitda davlat byudjeti uchun nisbatan yuqori darajadagi moliyaviy yuk bo'lib tushayotgan ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo'llab- quvvatlash xarajatlari bir tomondan aholining kam ta'minlagan qatlamini himoyalash moliyaviy asosini o'zida ifodalaydi. Ikkinchidan, aholining turmush farovonligini oshirish, zamonaviy sog'liqni saqlash tizimini shakllantirishda davlat byudjetining ahamiyati ortib borayotganligini ko'rsatib bermoqda.
Davlat byudjetining ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash xarajatlari asosan ta'lim, sog'liqni saqlash, madaniyat va sport, ilm-fan, ijtimoiy ta'minot va ijtimoiy nafaqalar kabi xarajatlarni o'z ichiga oladi. Buni quyidagi jadval ma'lumotlari orqali ko'rishimiz mumkin.
2011-2015 yillardagi davlat moliyasi tizimi barqarorligini ta'minlash bo'yicha islohotlardagi muhim qadamlardan biri bu - bir nafar o'quvchiga (tarbiyalanuvchiga) xarajatlarning bazaviy me'yorlaridan kelib chiqqan holda maktabgacha tarbiya muassasalari, umumta'lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining byudjetini rejalashtirish va xarajatlarini moliyalashtirish tartibi joriy etilganligi va 2010 yildan boshlab ushbu tartibni respublikaning barcha hududlaridagi mazkur muassasalarga tatbiq etilgani hisoblanadi. Natijaga yo'naltirilgan byudjetlashtirishning ushbu mexanizmi byudjet muassasalarining moliyaviy mustaqilligini oshirilishini ta'minladi va xarajatlarning manzilli va maqsadli sarflanishi uchun sharoit yaratilishiga olib kelmoqda.