Bob Maktabgacha ta’lim muassasi turli yosh guruhlarida applikatsiya ishiga o‘rgatishning vazifalari va turlari



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə7/7
tarix02.12.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#137767
1   2   3   4   5   6   7
bobMaktabgacha ta

Applikatsiya mashg‘uloti mavzusi “Savatdagi sabzavotlar - baqlajon, lavlagi, turp” (qog‘ozni yirtish va bo‘rttirish usuli).









Samodagi raketa (bo‘rttirish usuli)





Tovuq va jo‘jalar (kvilling usulida kichik guruhda ishlash)







Gullagan o‘rik daraxti (gul qog‘ozdan).





Mening mashinam (bo‘rttirish yo‘li bilan).



Mehribon onajonim uchun sovg‘a (ixtiyoriy).

Ko‘za (simmetrik usulda).










O‘tloqdagi qo‘zichoq (kvilling usulida kichik guruhda ishlash)

UCHINCHI BOB BO‘YICHA XULOSA
Katta guruhning oxirlariga kelganda ular musiqani, badiiy asarlarni diqqat bilan tinglaydilar, tasviriy san’at asarlarini sinchiklab kuzatadilar, ulardagi ijobiy qahramonlarning xatti-harakatlaridan quvonadilar, yomonlikni qoralaydilar.
Bolalarda badiiy-ijodiy qobiliyat rivojlana boshlaydi, ular mustaqil ravishda topishmoqlar, ashulalar, ertaklar, she’rlar to‘qiydilar, applikatsiya va rasmlar ishlaydilar. Endi ular o‘zlarining va o‘rtoqlarining ishlarini baholaydigan bo‘lib qoladilar. Kuzatayotgan san’at asarlari, eshitayotgan musiqa asarlari, o‘qilayotgan she’rlarning eng nozik tomonlarini ko‘ra biladilar, seza boshlaydilar. Badiiy asarlardagi ba’zi she’riy obrazlarni eslab qoladilar va o‘z nutqlarida ishlatadilar. Tevarak-atrofdagi go‘zallikka, san’atga, badiiy va o‘yin faoliyatining har xil turlariga nisbatan ularda qiziqish shakllana boshlaydi.Bolalar badiiy asar qahramonlari xatti-harakatiga juda katta his-hayajon bilan munosabat bildiradilar, ammo asardagi qahramonlar xulqidagi yashirin sabablarni «ular hali anglab eta olmaydilar, Bolalarda badiiy ijodkorlikning rivojlanishi davom etadi, ammo ularning fikrlari hali aniq, barqaror emasligi bilan ajralib turadi.
SHunday qilib, maktabgacha ta’lim yosh davri tarbiyaviy ta’sir orqali bolalarni estetik ruhda tarbiyalash maqsadlaridan va uning bola shaxsini shakllantirishda tutgan o‘rnidan kelib chiqib, estetik rivojlanishlarini takomillashtirishdir.Bolani san’atning turli sohalari: ashula, o‘yin, she’r o‘qish, qayta hikoya qilish, ijodiy faoliyat (ijodiy o‘yin, hikoya qilib, rasm chizish, biror narsa yasash yoki qurish) kabilarda yanada faolroq harakat qilish va o‘zini ko‘rsata bilishga o‘rgatish. Bular orqali bolalarda badiiy ijodiy qobiliyatni, xayolni o‘stirish, fazoviy va rang munosabatlarini, mo‘ljalga olish, ko‘rish xotirasi, qo‘llarni chaqqon harakat qildira olish malakasi, jo‘shqin kayfiyatni ko‘rsatuvchi hissiy sezgirlikni rivojlantirish mumkin.
XULOSA VA TAVSIYALAR
Xulosa qilib aytganda shuni ta’kidlash joizki ilmiy izlanuvchan ijodkor, pedagogik mahoratga ega bo‘lgan tarbiyachilar qaerda, qanday o‘quv maskanida ta’lim, tarbiya jarayonini olib borishdan qat’iy nazar tarbiyachilik faoliyati ijodiy izlanishlar bilan boyitib borsa shundagina yosh avlodga shu kasbga bo‘lgan mehrni bolaligidanoq tarkib toptirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Tasviriy faoliyat maktab yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Rasm chizish, loydan buyumlar yasash va applikatsiya - bu tasviriy faoliyat turlari bo‘lib, ularning asosiy vazifasi-tevarak atrofni obrazli aks ettirish hisoblanadi. Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda irodaning sifatlari- boshlagan ishini oxiriga etkazish, oldiga maqsad qo‘yib, o‘shani bajarishga tomon intilish, qiyinchiliklarni engish, o‘rtoqlariga yordamlashish kabi xususiyatlar tarbiyalanadi. Jamoa ishini yaratish jarayonida bolalarga bir-biriga yordam, kelishib ishlash kabi sifatlari tarbiyalanadi. Bolalar, ishni baholash jarayonida, bolalarni o‘rtoqlarining ishga nisbatan real munosabatda bo‘lish to‘g‘ri baholash, o‘z ishidan va o‘rtoqlarining ishidan xursand bulish kabi axloqiy sifatlar tarbiyalanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarini ma’naviy sog‘lom, estetik jixatdan etuk bo‘lishini ta’minlashda ularning go‘zallikka bo‘lgan qiziqishini oshirishda tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarining imkoniyatlari juda kengdir. Eng asosiy maqsad zamonaviy tasviriy san’at mashg‘ulotlari orqali bolalarda kompozitsion hislarlarni shakllantirish va yuzaga chiqarishdir.

  1. Tasviriy san’atning o‘ziga xos murakkabliklarini tushunib, uning nozik qirralarini bolalarga ulashish mahoratiga ega bo‘la oladigan tarbiyachilarni tayyorlash.

  2. Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarini innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish lozim.

  3. Maktabgacha ta’lim muassasasining guruxlarida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida ishning jamoa shaklidan keng foydalanish samarali natija beradi. Masalan, bolalar qurish, yopishtirish va boshqa ishlarni bajarayotganlarida farmoyish berishga, kelishib olishga, ishlarni bo‘lishib olishga, javobgar yoki boshliqni tanlashga, bir-birlarining talablarini hisobga olib, birgalikda harakat qilishga o‘rganadilar.

  4. Tasviriy faoliyat mashg‘ulotiga nisbatan bola qiziqishini oshirib borish uchun ularni o‘rab turgan olam, tabiat, odamlar, jamiyat xayotidagi xodisalar xaqidagi ko‘pgina ma’lumotlarni berib borish kerak. Bola bilan suxbat qilish, sayr va ekskursiya uyushtirish, tabiat xodisalari, xayvon va qushlarni kuzatish, rasmli ko‘rgazmalar va qiziqari kitoblar o‘qish bola tasavvurini boyitadi. Bolalarni go‘zallikka oshno qilish, ularda xayotiy voqealarni to‘g‘ri tushunish, oliyjanob xis-tuyg‘ularni va intilishlarni shakllantirishga yordam beradi.

  5. Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida bolalarda jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmasini shakllantirish bilan birga bolani chizish, yasash malakasini oshirib maktabga tayyorlaydi.

TAVSIYALAR
Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat vositasida bolalarni badiiy ijodga qiziqtirish uchun tabiatga sayohat, san’at muzeylariga, qadimiy obidalarga ekskursiyalarga olib chiqish lozim.
Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari uchun mahalliy materiallar, turmushda qullanaliladigan buyumlar, O‘zbekiston rassomlari, kompozitor va arxitektorlari, xalq og‘zaki ijodi namunalari qiziqarli manba bo‘lib xizmat qiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida turli yosh guruh bolalarini tasviriy faoliyatga o‘rgatishda tarbiyachilar ko‘pincha ko‘rgazmali vositalar va mashg‘ulotlarda har bir bola bilan alohida ishlashsa yaxshi natijaga erishadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni tasviriy faoliyatga qiziqtirish uchun turli o‘yinlardan foydalanish lozim.
Foydalangan adabiyotlar

  1. . Mirziyoev SH.M. Erkin va faravon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz- Toshkent, O’zbekiston, 2016, 13-bet

  2. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz. Toshkent, 1997.

  3. Karimov I.A. Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevoridir. Toshkent, 1997.

  4. Karimov I.A. YUksak ma’naviyat engilmas kuch. Toshkent, 2008.

  5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017 — 2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida». 2016 yil 29 dekabr PF - 2707 -sonli qarori.

6.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” gi PF-3261-sonli Qarori.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-5198-sonli Farmoni.

O‘zbekistonda «Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi». T, 1997.

  1. Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun. Toshkent, 1997.

  2. “Bolajon” tanch dastur. T., 2016 yil

  3. Maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablari. T., 2017

  4. Ishmuxamedov R.J., YUldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar.T.: “Nihol” nashriyoti, 2013, 2016.-279b.

  5. Tolipov O‘., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari T.: 2006. - 163

  6. Ishmuhamedov R. O‘quv jarayonida interfaol uslublar va pedagogik texnologiyalarni qo‘llash uslubiyati. T.: RBIMM, 2008. 68 b.

  7. Ibragimova Z., Maktabgacha ta’lim muassasalarida badiiy adabiyot.

(ilk, kichik, o ‘rta, katta va tayyorlov guruhlar uchun mashg‘ulotlar to ‘plami).T.,2012.

  1. Ibragimova Z. “Bolajon” tayanch dasturi bo‘yicha badiiy adabiyot majmuasi. 1- kitob., T., 2013.

  2. Raxmonqulova Z.A., Fayzullaeva M., Maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof-muhit bilan tanishtirish (ilk, kichik, o‘rta guruhlar uchun). T.: 2015.

  3. Amirova. G.A., va boshq. Maktabgacha ta’lim muassasalarida applikatsiya mashg‘ulotlari. T.: 2014.

  4. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. V.I.Loginova, P.G.Samorukovalar tahriri ostida. T.: O‘qituvchi. 1991.

  5. Bolalar bog‘chasida estetik tarbiya ( N.A.Vetlugina tahriri ostida).

T., O‘qituvchi, 1981.

  1. Loginova V.I, Samarukova T.G. tahriri ostida. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. 2 qismli. 1- qism. T., O‘qituvchi. 1991. 127

  2. T.S.Komarova. Metodika obucheniya izobrazitelnoy deyatelnosti i konstruirovaniyu. M.: Prosveщenie. 1991.

  3. Sakulina N.P. Risunok, applikatsiya, rabota s glinoy v detskom sadu.

M.: Prosveщenie. 1993.

  1. L.V.Kutsakova. «Konstruktirovanie i ruchnoy trud v detskom sadu».

M.: «Prosveщenie»..1990.

  1. O.Jamollidinova. «Katta bog‘cha bolalarini xalq hunarmandchiligiga o‘rgatish bo‘yicha ish dasturi» T.:1996.

  2. Z.V.Lishtvan «Konstruirovanie» M.: «Prosveщenie».1981g.

  3. M.A.Gusakova. Applikatsiya. M.., «Prosveщenie» 1977. 15.Sakulina N.P. Risunok, applikatsiya, rabota s glinoy v detskom sadu. M.: Prosveщenie.

1993.

  1. M.Nurmatova, SH.Xasanova. D.Azimova. Ustaxonada amaliy mashg‘ulot. «CHo‘lpon». T.., 2010 y.

  2. M.Nurmatova, SH.Xasanova. Rasm, buyum yasash va tasviriy faoliyat metodikasi. «Musiqa». T.., 2010

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin