Bob Maktabgacha ta’lim muassasi turli yosh guruhlarida applikatsiya ishiga o‘rgatishning vazifalari va turlari



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə1/7
tarix02.12.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#137767
  1   2   3   4   5   6   7
bobMaktabgacha ta




  1. bob Maktabgacha ta’lim muassasi turli yosh guruhlarida applikatsiya ishiga o‘rgatishning vazifalari va turlari

  1. Kichik va o‘rta guruhda tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarini tashkil etish

tartibi 34- 48

  1. Katta va tayyorlov guruhda tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarini tashkil etish

mazmuni 49- 67
Ikkinchi bob bo‘yicha xulosa 68- 69

  1. bob Maktabgacha ta’lim muassasasidatasviriy faoliyat mashg‘ulotlarini tashkil etilishining amaliy shart - sharoitlari.

Kirish 2
UCHINCHI BOB BO‘YICHA XULOSA 62

Kirish


Mavzuning dolzarbligi: Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va etuk, shu bilan birga maktabga tayyorlagan holda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 11-moddasida: “Bu ta’lim 6-7 yoshgacha oilada, bolalar MTMsida va mulk shaklidan qat’iy nazar, boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi”,- deb ta’kidlangan. Darhaqiqat, ta’lim- tarbiya qanchalik erta boshlansa, uning samarasi shunchalik erta namoyon bo‘ladi va insonning butun hayot tarziga ijobiy ta’sir qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 dekabrdagi “2017 — 2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” 2707 qarorida” Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart- sharoitlar yaratish” belgilangan.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy san’at mashg‘ulotlarida bolalar ilmiy bilim asoslarini egallaydilar. Tevarak atrofdagi borlikni o‘zlashtiradilar. Bu esa ularni g‘oyaviy aqliy-ahloqiy estetik jihatdan tarbiyalashda samarali ta’sir ko'rsatadi. Tasviriy san’at mashg‘ulotlari bolalarda estetik dunyoqarashni g‘oyaviy e’tiqodni shakllantirishda alohida ahamiyat kasb etadi. U fikrlash qobiliyatini ko‘rish xotirasini ijodiy tasavvurini, badiiy didni, estetik hissiyotni o‘stiradi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan san’atni har bir turi narsaning o‘ziga qarab chizish dekorativ rasm chizish, mavzu asosida rasm chizish, san’ati haqida suhbati bolalar ijodiy qobiliyatini o‘sishi dunyoqarashining shakllanishiga yordam beradi, ya’ni shaxsni har tomonlama kamol toptiradi. Tasviriy san’atning asosiy vazifalaridan biri bolalarga estetik, xususan badiy tarbiya berishdir. Estetik tarbiya bu bolalarning hayotdagi , tabiatidagi, san’atdagi fan va jamiyatdagi go‘zalliklarini idrok etish qobiliyatini
tarbiyalashdir. Go'zallik kishilarning aqliga, qalbiga idrokiga ta’sir etib ma’naviy dunyoqarashni boyitadi. Hozirgi vaqtda Maktabgacha ta’lim muassasalarining asosiy vazifalaridan biri bolalarga borliqni faqat ijodiy o'zlashtirishga bo'lgan ehtiyoj va qobiliyatni shakllantirishgagina emas, balki ularni go‘zallik qonunlari asosida borliqni qaytadan ko‘rish hissini tarbiyalash hamdir. Jamiyatimizning har bir kishisi qaysi sohada ish olib borayotganligidan qat’iy nazar go‘zallik va nafislikni ko‘ra bilish va tushuna bilish shart. Bolalarni estetik jihatdan tarbiyalash maqsadida tarbiyachi ularga tabiatdagi go‘zallikni shakllarni turli tumanligini ko‘rsatadi. Bolalarga quvonch , hayajon baxsh etgan tabiat go'zalliklar suz bilan tasvirlab bo'lmas, rang birikmalari uzoq vaqtlargacha ularning xayolida saqlanadi. Manzaraning daraxt shoxlarining, barglarining, gullarning o‘zlariga qarab rasm chizish ularni o‘ziga xos xususiyatlarni urganish orqali mashg‘ulotlar bolalarga dunyoni keng va atroflicha ko'ra olishga shuningdek ko‘rish orqali olgan ta’surotlari doirasini kengaytirishga narsalar haqida Aniq va to‘liq tushunchalar hosil qilishga yordam beradi. Rasm chizish jarayonida bolalar narsalarning shakli, proporsiyalari fazojagi xolatlari, rangli va och-to‘qli nisbatlari diqqat bilan o‘rganadilar. Tasviriy san’at mashg‘ulotlari bolalarning ko‘rish orqali milliy g‘oyalarni idrokini o‘stiradi. Ko‘z orqali milliy g‘oyalarni idrok etishni o‘stiradi. Ko‘z orqali idrok etishni rivojlantirish deganda, biz maqsadga muvofik kuzatish qobiliyatlarini tushunamiz, ya’ni narsa va xodisalarni solishtirish, ularning farki va umumiy tomonlarini Aniqlash, narsalarni shakli va tashki ko'rinishi klassifikatsiyalashni anglaymiz.
So‘nggi paytlarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqda, odamlarning tashqaridan olayotga har qanday ma’lumotlarning xayotida ko‘zning roli beqiyos katta ekanligini ko‘rsatib turibdi va u ko‘zning imkoniyatlar, qobiliyatlarini rivojlantirishda tasviriy san’ati predmeti ancha ustun turadi. SHu nukai nazardan qaraganda tasviriy san’atning kishilar hayotiga roli yanada oydinlashadi. SHunday qilib, maktabgacha ta’lim muassasalarida jumladan o‘rta, katta va tayyorlov guruhlarda tasviriy san’atni o'qitish orqali qator-ta’lim va tarbiyaviy vazifalar amalga oshiriladi. Bu vazifalarni amalga oshirish jarayoni uz o'rnida bolalarni umumlashtiradi va chuqurlashtiradi. SHular asosida bolalarda milliy dunyoqarash shakllantiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy san’atni o‘qitish realistik rasm chizish o‘rganish odamlarga qanday imkoniyatlar yaratilishini atroflicha ko'rsatish maqsad qilib qo'yadi. Tarbiyachi suhbat jarayonida rasm chiza bilish har qanday ishda, mutaxassislikda qo'l kelishini tushuntirib beradi. Buni u xayotdan olingan misollar asosida olimlar va qahramonlar, madaniyat arboblarining fikrlari bayon qilinadi.
Tasviriy faoliyat maktab yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Rasm chizish, loydan buyumlar yasash va applikatsiya - bu tasviriy faoliyat turlari bo‘lib, ularning asosiy vazifasi-tevarak atrofni obrazli aks ettirish hisoblanadi.
Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda irodaning sifatlari-boshlagan ishini oxiriga etkazish, oldiga maqsad qo‘yib, o‘shani bajarishga tomon intilish, qiyinchiliklarni engish, o‘rtoqlariga yordamlashish kabi xususiyatlar tarbiyalanadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarini innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish ta’lim sohasidagi isloxotlardan birini tashkil etadi. Davr talabiga mos barkamol avlodni tarbiyalash maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilaridan katta mas’uliyat talab kilmoqda. Bu hakda birinchi yurtboshimiz I.A.Karimov shunday deydi: "Biz o‘z haq-xuquqlarini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlarida voqea- hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq bilan uyg‘un holda ko‘radigan erkin, xar jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak."
Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarini ma’naviy sog‘lom, estetik jixatdan etuk bo‘lishini ta’minlashda ularning go‘zallikka bo‘lgan qiziqishini oshirishda tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarining imkoniyatlari juda kengdir.
Maktabgacha ta’lim muassasasining katta guruxida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida ishning jamoa shaklidan keng foydalaniladi. Ular xilma-xil bo‘lishi mumkin. Masalan, ikkita bola tarbiyachi tavsiya etgan yoki o‘zlari
mustaqil tanlagan umumiy mavzuni birgalikda bir qog‘oz sahifasida chizadilar. Butun gurux bolalari bitta umumiy applikatsiyani masalan, «Kuzgi zarang»ni yaratishlari mumkin. Ularga turli rangdagi — sariq, qizil, to‘q sariq, yashil rangdagi qog‘oz beriladi. Har bir bola tarbiyachi o‘ziga bergan qog‘ozdan zarang bargini qirqadi, so‘ngra barglar bir daraxtga yopishtiriladi. «Poezd», «SHahar ko‘chasi», «Bolalar bayramda raqs tushishyapti» va shu kabi jamoa kompozitsiyalar ham qiziqarlidir.
Katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar yirik formatli applikatsiyalarni ham bajara oladilar. Bu odatda biror bayramga atab qilinadi va undan zal yoki gurux xonasini bezashda foydalaniladi.
Endilikda hayotimizning barcha sohalarida respublikaning milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda, avlod ajdodlarimizning azaliy turmush tarzi, an’analari, urf odatlari va ko‘nikmalarini hisobga olib, bolalarimizda xalqimizga, o‘z vataniga mehr, samimiylik, his-tuyg‘ularini shakllantirish, ularni rivojlanitirish, tarbiya nazariyasi va amaliyotiga tadbiq etish muhim dolzarb muammoga aylanmoqda.
Bitiruv malakaviy ishi maqsadi: Maktabgacha ta’lim muassasalarida Maktabga tayyorlov yoshda applikatsiya mashg‘ulotlari orqali kompozitsion xislarni shakllantirish jarayonini o‘rganish.
Bitiruv malakaviy ishi predmeti: Maktabgacha ta’lim muassasalarida Maktabga tayyorlov yoshda applikatsiya mashg‘ulotlari orqali kompozitsion xislarni shakllantirish.

  1. BOB MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASI TURLI YOSH GURUHLARIDA APPLIKATSIYA ISHIGA O‘RGATISHNING VAZIFALARI

VA TURLARI

  1. KICHIK VA O‘RTA GURUHDA TASVIRIY FAOLIYAT MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISH TARTIBI.

Bolani rasm chizishga qiziqtirish, atrof-olam haqidagi tasavvur va taassurotlarini tasvirlashga o‘rgatish. Yil davomida bolaning ranglar (qizil, ko‘k, sariq, yashil, oq, qora) haqidagi tushunchalarini aniqlash va mustahkamlab borish lozim.
Bolaga qalam va mo‘yqalamni to‘g‘ri ushlashni o‘rgatishda davom etish. Qalamni bosh, o‘rta va ko‘rsatkich barmoq bilan uchi ochilgan joydan yuqoriroqdan, mo‘yqalamni temir bilan qoplangan qismidan yuqoriroq joyidan (yog‘och qismidan) to‘g‘ri ushlagan holda barmoqlarini siqmasdan, qog‘oz sathida erkin, bemalol harakatlantirib rasm solish, turli ko‘rinishdagi gorizontal, vertikal, to‘lqinsimon, egri chiziqlarni chizish, dog‘larni surkab yubormasligiga alohida e’tibor berish shart.
Bolada rasmni (qalam va mo‘yqalam bilan) bo‘yash malakasini tarkib toptirish. Qalamni qattiq bosmay bir tekisda harakatlantirib yuqoridan-pastga, chapdan-o‘ngga yoki qiyalatib; mo‘yqalamda esa tuklarini faqat bir tarafga yo‘naltirib yuqoridan, chapdan o‘ngga uzib-uzib bo‘yash. Mo‘yqalamga etarli bo‘yoqni surkash, ortiqchasini suvli idish chetiga surib, siqib tashlash; boshqa rangdan foydalanish uchun mo‘yqalamni suvli idishga solib yaxshilab yuvish. Mo‘yqalamni qog‘oz salfetka yoki doka bo‘lakchasi yordamida quritishga odatlantirish lozim bo'ladi.
Bolani rangli qalam va mo‘yqalamda ketma-ket takrorlanib keluvchi harakatlarni tasvirlayotganda so‘z va o‘yinga bog‘lab (“Tomchi tomar - chak- chak”, “Barg to‘kilar - shitir-shitir”, “Qor yog‘adi - gup-gup”) ifodalashga o‘rgatish kerak.
Doira va kvadrat shakllarni tasvirlash bo‘yicha tushuncha berish. Qo‘l sezgisi va ko‘z bilan chamalash ko‘nikmasini tarkib toptirish: bolaga turli hajmdagi (katta-kichik) kvadart va doira shakllarni qo‘lida ushlab ko‘rish, kvadratning tomonlari bo‘ylab qo‘lni yurgizish, burchakda to‘xtab, yana davom etishni; doira (yoki koptok)ning silliq sathi bo‘ylab aylanali, ohista, sirg‘aluvchi harakat orqali shakl va mutanosiblikni his qilish, chamalash malakasini hosil qilish joiz bo'ladi.
Doiradan - katta-kichik sovun ko‘piklari, rangli pufaklar, koptok, olma; kvadratdan - dastro‘mol chizishni o‘rgatish kerak.
Bolani rasmda ranglardan to‘g‘ri foydalanishga, turli narsalar yoki tabiat hodisalari (quyosh - sariq, archa - yashil, qor - oq)ni tasvirlash uchun muvofiq rang tanlashga o‘rgatish. Rang tanlashga qiynalayotgan bolaga yordam berish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Tabiat go‘zalligi (ko‘m-ko‘k osmonda oppoq bulutlar, charaqlab turgan quyosh); fasllarning o‘zgarishi: kuzda rang-barang yaproqlar; qish faslida qor bola, qor parchasi; bahor faslida gullar, kamalak; yozda o‘rik, olcha, olmalarni tasvirlashga o‘rgatish hamda murakkab bo‘lmagan voqeaband rasmlar chizish (“O‘tloqda sariq va qizil koptok”) ga o'rgatish lozim.
Xohishiga ko‘ra o‘yinchoq va turli tabiat manzaralarini chizish, jamoa bilan ishlashga o‘rgatish (“Ko‘m-ko‘k maysalar va gullar”) hamda tabiiy bo‘yoqlar (lavlagi, o‘sma, sabzi, turp suvi)dan foydalangan holda noan’anaviy usullarda (barmoqlar, ka^lar, tayyor shakllar asosida) rasm solishga qiziqtirishni davom ettirish kerak.
Tasviriy faoliyatda foydalaniladigan ish qurollariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishga odatlantirish.
Rasm chizishda qomatni to‘g‘ri tutishni shakllantirishga (erkin o‘tirish, qog‘oz varag‘i ustida boshni juda past egiltirmaslik), barmoq va qo‘l harakatlarini rivojlantirishga doimo e’tibor berish. Qalam, mo‘yqalam va bo‘yoqlardan foydalangach, qo‘llarini tozalab yuvish va suvdan to‘g‘ri foydalanishga odatlantirish lozim.
Loy, plastilin (tuzli hamir va rangli shamcha)lar bilan ishlash. Bolada loy, plastilin (tuzli hamir, rangli shamcha)lardan narsalar yasashga qiziqish uyg‘otish. Plastik material (loy, plastilin, tuzli hamir, rangli shamcha)larning xususiyatlari haqida tushuncha berish, bola narsani qo‘llari bilan ushlab, his qilishiga erishish; ikkala qo‘lidan foydalangan holda narsa yasash usullarini o‘rgatishda davom etish. Qo‘l kaftlari orasidagi loy bo‘lagini ishqalash harakati bilan - qo‘g‘irchoq uchun konfet, sabzi, tayoqchalar hosil qilish; aylanali harakatlar bilan ritmik tarzda dumaloqlash va bo‘g‘irsoq, olma yasash, yumaloqlangan loyni ikkala qo‘l kafti bilan ezib yapaloqlab - kulcha non, holva; barmoqlar bilan yassilangan guvala o‘rtasida chuqurcha qilib - kichkina va katta likopcha, piyola yasash va ular bilan turli o‘yinlar o‘ynash samarali natija beradi.
Loy yoki plastilin bo‘lagidan tayyorlangan bir necha yumaloq shakllarni birlashtirib, turli buyumlar va o‘yinchoqlar (qorbola, sarak-sarak qo‘g‘irchoq, jo‘jacha)ni yasash. CHimdish usulidan foydalanib o‘yinchoqlarning xarakterli jihatlari (burni, tumshuqchasi, quloqchasi)ni hosil qilishga o‘rgatish shart.
Qaysi plastik materialdan qanday predmetlar yasash mumkinligini tushuntirish, to‘g‘ri va aylanali harakat, yassilash, yulish, pachoqlash, uzib olish va cho‘zish, barmoq uchi bilan chetlarini chimchilab tugib qo‘yish usullaridan foydalangancha 2-3 qismli bir xil yoki har xil shakldagi predmetlarni mustaqil yasashga qiziqtirib boriladi.
Bolada loydan yasalgan o‘zbek xalq o‘yinchoqlaridagi go‘zallikni ko‘ra olish va yasalgan narsalarni bezashga havas uyg‘otish kerak.
Applikatsiya. Bolani applikatsiya bilan tanishtirish, applikatsiyali tasvir tayyorlashga qiziqish uyg‘otish. SHakl (doira, kvadrat, uchburchak)lar va ranglar bo‘yicha tushunchalarini aniqlash va mustahkamlash. Bolani tarbiyachi tomonidan kesib tayyorlangan bitta shaklni (olma) qog‘oz sathiga to‘g‘ri qo‘yish va elimlashni o‘rgatish. Tayyor shakllar (hajmi bir xil, ranglari har xil bo‘lgan qizil, sariq, yashil koptoklar)ni qog‘oz sathiga oraliq masofani hisobga olib, rangiga ko‘ra navbatma-navbat joylashtirish va elim surtilgan shaklni bosma qog‘oz yordamida qattiq bosib, yaxshilab elimlashga o‘rgatish lozim.
Bolada turli shakllardan naqsh yasash, shakl va ritmning o‘zaro mosligini his qilish ko‘nikmasini tarkib toptirish. SHakli bo‘yicha doira va kvadratni qog‘ozda tartib bilan qo‘yish va elimlash orqali muayyan tasvir hosil qilishga erishish. Rangiga ko‘ra geometrik shakllarni (doira,uchburchak va kvadratlar) va o‘simliklarni (gullar va yaproqlar) navbatma-navbat qo‘yish yo‘li bilan 2-3 qismli naqsh hosil qilish. Yaxlit tasvir tuzish va qog‘oz sathiga elimlash kerak.
Bolaga tabiiy materiallardan bezakli kompozitsiyalar (qizil va sariq gullar, yashil barglar) tuzishni; uchburchak, kvadrat va yumaloq shakldagi (archa,bo‘g‘irsoq) narsalarni tasvirlashni, qog‘ozni yirtish yo‘li bilan turli applikatsiyalar hosil qilishni o‘rgatish lozim.
Jamoa bo‘lib sodda kompozitsiyalar tuzish, masalan, “YAproqlar o‘yin tushar” mavzusi bo‘yicha tarbiyachi katta (vatman) qog‘ozga daraxt shaklini elimlaydi. Bolalarga ko‘p miqdorda qirqib tayyorlangan har xil rangdagi (qizil, sariq, yashil) barglar siluetini daraxtga va uning atrofiga elimlashni taklif qilish orqali kuzgi go‘zal manzarani aks ettirishga yoki noan’anaviy usuldan foydalanib, qizil, sariq, yashil rangli qog‘ozlarni yirtish yo‘li bilan barg yasash va elimlashni o‘rgatish mumkin bo'ladi.
Bolaga ijodiy applikatsiya ishlarini amalga oshirishiga imkon berish va o‘zi yasagan ishdan zavqlanish, quvonish hissini uyg‘otish.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin