Moliyaviy hisobotlarning elementlari: aktivlar, majburiyatlar,
xususiy kapital, zaxiralar, daromadlar, xarajatlar, moliyaviy natijalar.
Xo‘jalik yurituvchi subyekti o‘zining, pul oqimlari to‘g‘risidagi
ma’lumotlaridan tashqari, moliyaviy hisobotlarini buxgalteriya
hisobining hisoblash usuli asosida tayyorlashi lozim. Buxgalteriya
hisobining hisoblash usuli qo‘llanilganda, xo‘jalik yurituvchi subyekt
moddalarni aktivlar, majburiyatlar, kapital, daromadlar va xarajatlar
(moliyaviy hisobotlar elementlarini) sifatida tan oladi, qachonki ular
konseptual asosda keltirilgan ushbu elementlarning ta’riflariga va tan
olish mezonlariga to‘g‘ri kelsa.
Aktivlar – subyekt nazorat qiladigan, kelgusida ulardan daromad
olish maqsadida avvalgi faoliyat natijasida olingan iqtisodiy resurslardir.
Aktivlar – xo‘jalik subyektining qiymat bahosiga ega bo‘lgan
moddiy, shu jumladan, pul mablag‘lari, debitorlik qarzlari va nomoddiy
mulkidir.
Aktivlarda aks ettirilgan bo‘lg‘usi iqtisodiy foyda, xo‘jalik
yurituvchi subyektning pul mablag‘lari oqimiga potensial bevosita va
bilvosita qo‘shiladigan ulushdir. Bu ulush xo‘jalik yurituvchi subyekt
asosiy faoliyatining bir qismi sifatida yuzaga kelishi mumkin.
127
Xo‘jalik yurituvchi subyektning aktivlari avvalgi bitimlar va boshqa
voqealarning natijasidir. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar odatda aktivlarni
sotib olib yoki hosil qilib unga ega bo‘ladilar, biroq, boshqa bitimlar va
voqealar aktivlarni ko‘paytirishga imkon beradi. Masalan, xo‘jalik
yurituvchi subyekt hukumatdan olgan ko‘chmas mulk va h.k. Kelgusida
kutiladigan bitimlar va boshqa voqealar o‘zidan o‘zi aktivlarning paydo
bo‘lishiga olib kelmaydi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z aktivlaridan mulkni, tovar-moddiy
zaxiralar ishlab chiqarishni va xizmatlar ko‘rsatilishini boshqarish uchun
foydalanadi.
Aktivlarda aks ettirilgan bo‘lg‘usi iqtisodiy foyda xo‘jalik
yurituvchi subyekt tomonidan har xil yo‘llar bilan amalga oshirilishi
mumkin. Masalan, aktivdan:
- tovar-moddiy zaxiralar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishda
alohida yoki boshqa aktivlar bilan birgalikda foydalanilishi;
- boshqa aktivlarga almashtirilishi;
- majburiyatlarni bajarish uchun foydalanilishi;
- xo‘jalik yurituvchi subyektning egalari o‘rtasida taqsimlanishi
mumkin.
Aktivlar binolar, inshootlar va uskunalar singari moddiy shaklga
ega. Biroq, moddiy shakl aktivning mavjud bo‘lishi uchun zarur emas.
Masalan, patentlar va mualliflik huquqlari aktivlardir, agar xo‘jalik
yurituvchi subyekt kelgusida ulardan foydalanishdan iqtisodiy foyda
olishni kutayotgan bo‘lsa.
Aktivlar, masalan, debitorlik qarzlari va mulk yuridik huquqlar, shu
jumladan egalik huquqi bilan bog‘liqdir. Aktiv mavjudligini aniqlashda,
egalik huquqi asosiy hisoblanmaydi. Masalan, ijaraga olinadigan mulk
aktiv hisoblanadi, agar xo‘jalik yurituvchi subyekt ana shu mulkdan
olinishi kerak bo‘lgan foydani nazorat qilsa.
Xarajatlarni amalga oshirish bilan aktivlarni hosil qilish o‘rtasida
uzviy aloqa mavjud, ammo bu jarayonlar hamma vaqt ham vaqti
bo‘yicha to‘g‘ri kelmaydi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan
amalga oshirilgan xarajatlar bo‘lg‘usi iqtisodiy foyda izlanganidan
128
dalolat beradi, lekin aktivlar olinganini uzil-kesil tasdiqlamaydi.
Binobarin, xarajatlarning mavjud emasligi obyektni aktiv deb hisoblash
uchun asos bo‘lmaydi. Masalan, xo‘jalik yurituvchi subyektga tekinga
berilgan obyektlar aktivlarni ta’riflashga mos keladi.
Dostları ilə paylaş: |