129
qondirish uchun iqtisodiy foydani ifodalovchi xo‘jalik yurituvchi
subyekt resurslarini o‘ziga jalb etadi. Majburiyatlarning
bajarilishi har
xil usullarda (qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollardan tashqari)
amalga oshiriladi:
- haq to‘lash bilan;
- boshqa aktivlarni berish bilan;
- xizmatlarni ko‘rsatish bilan;
- ushbu majburiyatni boshqasi bilan almashtirish orqali;
- majburiyatlarni aksiyalarga almashtirish orqali.
Majburiyat, kreditor o‘z huquqlaridan bosh tortgan hollarda yoki
kreditor ana shu huquqlaridan mahrum bo‘lganida, bajarilgan deb
hisoblanishi mumkin.
Majburiyatlar avvalgi bitimlar yoki o‘tgan voqealarning natijasidir.
Masalan, tovar-moddiy zaxiralarni sotib olish va xizmatlarni olish bilan
to‘lanishi kerak bo‘lgan (agar ular ilgari to‘lanmagan bo‘lsa yoki
yetkazib berilganda) schyotlar ham olinadi.
Zaxiralar – kelgusida muayyan xarajatlarga
sarflanishi mumkin
bo‘lgan xususiy sarmoyaning bir qismidir.
Xo‘jalik yurituvchi subyektni va kreditorlarni zararlarning
oqibatlaridan qo‘shimcha tarzda himoya qilishni ta’minlash uchun
zaxiralarni vujudga keltirish zarur. Zaxiralarni
hosil qilish va ularning
miqdori haqidagi axborot qarorlar qabul qilishda foydalanuvchilar uchun
ahamiyatlidir. Zaxiralarni vujudga keltirish xo‘jalik yurituvchi
subyektga doir qonunchilikda va ustavda (soliq qonunlarini buzmagan
holda) ko‘zda tutiladi.
Dostları ilə paylaş: