143
- qo‘shilgan kapital;
- rezerv kapitali;
- taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) kiradi.
Xususiy kapital (sarmoya) to‘g‘risidagi hisobot davri boshiga va
oxiriga bo‘lgan tegishli axborotni ochib berishi kerak.
Hisobotda xususiy kapital (sarmoya) va uning tarkibiy qismlari
to‘g‘risidagi, ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezerv kapitali,
taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) sotib olingan o‘z aksiyalari
va boshqa xususiy kapital elementlari haqidagi
axborot ochib berilishi
kerak.
Hisobotda xususiy kapital (sarmoya) tarkibida bo‘lgan o‘zgarishlar:
qimmatli qog‘ozlar emissiyasi, uzoq muddatli aktivlarning qayta
baholanishi, ustav kapitalini shakllantirish chog‘ida valyuta kursidagi
farqlar, rezerv kapitalga ajratmalar, joriy
yilning taqsimlanmagan
foydasi (zarari), tekinga olingan mol-mulk, pul dividendlari va aksiyalar
ko‘rinishida to‘lanadigan dividendlar, shuningdek, xususiy kapitalni
shakllantirishning boshqa manbalari to‘g‘risidagi axborotlar ochib
beriladi.
Xususiy kapital (sarmoya) to‘g‘risidagi hisobotda‚ shuningdek‚
chiqarilgan aksiyalar soni, aksiyalarning nominal qiymati, muomaladagi
aksiyalar soni to‘g‘risidagi axborotlar ham ochib berilishi kerak.
Qatnashchining
chiqib ketishi, aksiyadorlik jamiyati tomonidan
aksiyalarning sotib olinishi yoki sotib olingan aksiyalarni bekor
qilinishi, aksiyalar nominal qiymatining pasayishi yoki boshqa
sabablarga ko‘ra kamayib ketganligi haqidagi ma’lumotlar ushbu
hisobotga tushuntirishlarda ochib berilishi kerak.
Xususiy kapital (sarmoya) to‘g‘risidagi hisobotga tushuntirishda
quyidagilar haqidagi axborotlar keltiradilar:
- obuna amalga oshirilishi nazarda tutiladigan aksiyalarning
umumiy soni va nominal qiymati;
- nazarda tutilgan miqdorlar bilan
taqqoslaganda obuna amalga
oshirilgan aksiyalarning umumiy miqdori va nominal qiymati;
144
- aksiyalarga obunaning borishi chog‘ida olingan mablag‘larning
umumiy summasi;
- ayrim turlar va toifalar bo‘yicha ustav kapitali tarkibidagi
aksiyalar;
- imtiyozli aksiyalar bo‘yicha to‘lanmagan jamlangan dividendlar
summasi;
- aksiyalar ko‘rinishida to‘lanadigan dividendlar, xususan,
to‘lanadigan aksiyalarning soni va qiymati, shuningdek, ularning turlari
yoki toifalari to‘g‘risida;
- hisobot davrida yuz bergan maydalash yoki qo‘shib yuborishlar va
aksiyalarning maydalanishi yoki qo‘shib yuborilishigacha va undan
keyingi aksiyalarning nominal qiymati to‘g‘risidagi.
Dostları ilə paylaş: