164
Ya’ni:
- hodisa va jarayonlar, ularning natijalari haqidagi ijobiy va salbiy
o‘zgarishlarni doimiy bilib turishda;
- ko‘rsatkichlarni tahlil etish orqali ularning sifatini baholashda;
- statistika manbaalari asosida xo‘jalik
yurituvchi subyektning
kelgusidagi rivojlanish tendensiyalarini belgilashda;
- boshqaruv subyektlarida haqqoniy ma’lumotlarga nisbatan xavfsiz
va ishonch hissini shakllantirishda;
- aniq faktlarga tayangan holda faoliyatni boshqarishda;
- kamchiliklar yo‘l qo‘yilayotgan bo‘g‘inlar va ularni bartaraf
etishda muhim chora-tadbirlarni belgilashda juda muhim hisoblanadi.
Statistika hisobotlarini tuzish va topshirish tartiblari Davlat
statistika qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Statistik hisobotlarni faqat davlat tomonidan ko‘rsatkichlarni
jamlash, tahlil qilish va prognozlash mazmunida qarash noto‘g‘ri. Ushbu
hisobot shakllaridagi ma’lumotlarga birinchi navbatda o‘z biznes
samaradorligi va natijaviyligini baholashda
korxona egalari va
boshqaruv xodimlariga qay darajada muhimligini anglash lozim.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun quyidagi davlat statistika
hisobotlari belgilangan:
- narx
statistikasi;
- investitsiya va qurilish statistikasi;
- sanoat statistikasi;
- tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi;
- qishloq xo‘jaligi statistikasi;
- ekologiya statistikasi;
- ijtimoiy soha statistikasi;
- mehnat va axo demografiyasi statistikasi;
- aholining yashash sharoitlari va xizmatlar statistikasi;
- transport va aloqa statistikasi;
- tadbirkorlik va bank-moliya xizmatlari statistikasi.
Xo‘jalik subyektlarining u yoki bu statistika hisobotlarini tuzishi va
taqdim etishi qonun normalari asosida hal etiladi.
165
Soliq hisobotlari. Soliq hisoboti
soliq to‘lovchining soliq va boshqa
majburiy to‘lovning har bir turi bo‘yicha yoki to‘langan
daromadlar
bo‘yicha hisob-kitoblar hamda soliq deklaratsiyalarini, shuningdek‚
ularga doir ilovalarni o‘z ichiga oladigan hujjati bo‘lib, u Davlat soliq
qo‘mitasi va Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda
tuziladi
. Hisobot soliq to‘lovchi tomonidan Soliq Qo‘mitasi belgilangan
muddatlarda, soliq to‘lovchi hisobga qo‘yilgan joydagi davlat soliq
xizmati organiga taqdim etiladi.
Xalq banki hisobotlari. Xalq banki hisobotlari shaxsiy va ixtiyoriy
jamg‘arib boriladigan pensiya jamg‘armalari
yuzasidan axborotlarni
jamlaydi va xalq bankiga taqdim etiladi.
Boshqaruv hisobi va hisoboti ma’lumotlari.
Boshqaruv hisobi – korxona rahbari va menejerlarini har tomonlama
ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar
bilan ta’minlovchi hisobdir. Boshqaruv ma’lumotlaridan faqat xo‘jalik
yurituvchi subyektlarning boshqaruv xodimlarigina foydalanadilar.
Boshqaruv hisobi ma’lumotlaridan asosan kelgusidagi iqtisodiy
faoliyatni rejalashtirish (byudjetlashtirish) va oqilona boshqaruv
qarorlarini qabul qilishda foydalaniladi.
Boshqaruv hisoboti – boshqaruv hisobi ma’lumotlari asosida
ixtiyoriy mazmunda tayyorlanadigan va korxona boshqaruviga taqdim
etiladigan hisobotlardir. Unda moliyaviy hisobotlardan farqli jihatdan
faqat moliyaviy emas‚ balki moliyaviy bo‘lmagan ko‘rsatkichlar ham
aks etadi.
Dostları ilə paylaş: