Bob. Moliyaviy tahlilni tashkil etish va axborot manbalari



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/32
tarix03.12.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#120396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bob. Moliyaviy tahlilni tashkil etish va axborot manbalari

Investitsion tahlil. Investitsion tahlil – bu investorlarning samarali 
qaror qabul qilishi uchun investitsiyalarni amalga oshirishning 
maqsadga muvofiqligini ishlab chiqish, asoslash va baholash uchun 
bajariladigan metodik va amaliy uslublar, usullar majmuidir. 
Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar har bitta korxonaning asosiy 
maqsadi foyda olish va iqtisodiy salohiyatni o‘stirishga qaratilgan. 
Investitsiyalar ushbu maqsadga erishishning vositasidir. Ammo, har bir 
sarmoyadorning qarorlari muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun investitsion 
tahlil natijalariga asoslangan bo‘lishi lozim. 
To‘g‘ri va o‘z vaqtida o‘tkazilgan investitsion tahlil quyidagi 
vazifalarni hal qilish imkonini beradi: 
- investitsiyalarning real ehtiyojlarini va investitsiyalar uchun zarur 
shart-sharoitlarning mavjudligini baholash; 
- korxonaning taktik va strategik maqsadlarini inobatga olgan holda 
sarmoyaviy yechimlarini tanlash; 
- investitsiyalarning haqiqiy natijalariga, rejalashtirilgan yoki 
rejadan chetga chiqishlarga ta’sir etuvchi barcha omillarni aniqlash; 
- investitsiyalarni amalga oshirishda investorlar uchun xavf-
xatarlarni aniqlash; 
- korxonalarning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash yuzasidan 
investitsion monitoringdan keyingi tavsiyalarni ishlab chiqish. 
Investitsion tahlilning turlari bo‘yicha: kapital qo‘yilmalarga 
investitsiyalar va moliyaviy investitsiyalar tahliliga ajratiladi. 
Investitsiyalar obyekti bo‘yicha: to‘liq korxona tahlili va alohida 
investitson jarayonlar tahliliga bo‘linadi. 
Davri bo‘yicha: investitsiya oldi, joriy, operativ va investitsion 
faoliyatdan keyingi tahlilga ajratiladi. 


118 
Analitik izlanishlar hajmi bo‘yicha to‘liq va tematik tahlil turlariga 
bo‘linadi. 
Shakli bo‘yicha investitsion tahlil: ichki va tashqi tahlil turlariga 
ajratiladi. 
Investitson tahlil quyidagi tizimli ketma-ketlikda o‘tkaziladi: 
- zarur axborotlarni tanlash va tayyorlash; 
- dastlabki axborotni qayta ishlash va tahliliy axborotni 
shakllantirish; 
- analitik axborotni talqin qilish; 
- xulosa va tavsiyalarni tayyorlash. 
Investitsion tahlil ikkita muhim bosqichni o‘z ichiga oladi.Ularning 
har biri o‘z ichiga yana bir necha bosqichlarni oladi: 
1-investitsion loyihaning samaradorligini baholash; 
2-risklarni baholash. 
Investitsion tahlilda moliyaviy tahlilning gorizontal, vertikal, trend, 
qiyoslash, koeffitsiyent, integral usullaridan foydalaniladi. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin