Investitsiya operatsiyalaridabanklar hojalik yurituvchi subyektlar va davlatning qimmatli qog'ozlariga moliyaviy mablaglami joylashtiradi. Albatta ushbu operatsiyalar banklar uchun malum darajadagi riskli operatsiyalar hisoblanib, banklaming foydasini shakllan- tirishga xizmat qiladi. Fond operatsiyalarida banklar qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar bajarish bilan birga, fond birjalarida oldi - sotdi qilinadigan qimmatli qog'ozlar va veksellar bilan operatsiyalami amalga oshiradi. Banklaming valyuta operatsiyalaribevosita xorijiy mamlakatlar milliy valyutasini oldi - sotdisi bilan bogliq operatsiyalar hisoblanib, milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan kursini o‘zgarishi hisobiga foyda yoki zarar koVishi mumkin. Banklar yirik va yuqori darajadagi tolov qobiliyatiga ega moliyaviy muassasa sifatida kompaniya, korporatsiya va boshqalarga uchinchi shaxs sifatida kafolatlarberishi mumkin. Albatta, berilgan kafolatlar evaziga banklar malum darajadagi foydani olishni rejalashtiradi. Yuqorida qayd eilganlarga asoslanib, banklaming aktiv operatsiyalarini to‘rtta guruhga ajratish mumkin. Erkin zahiralar - bunga kassadagi naqd pullar, Markaziy bankdagi vakillik hisobvaraqlaridagi qoldiqlar, boshqa kredit tashkilotlaming vakillik hisobvaraqlaridagi mablaglar. Erkin zahirlar yuqori likvidli mablaglar hisoblanib, bankka qisman yoki umuman daromad keltirmaydi.
Berilgan kreditlar va depozit ko‘rinishida boshqa moliya muassasalariga, shuningdek Markaziy bankka joylashtirilgan mablaglar.