Yuqoridan ко‘rinib turibdiki, tijorat banklari regulyativ kapitali birinchi va ikkinchi darajali kapitaldan tashkil topadi. Iqtisodiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar va Bazel andozalariga ko'ra birinchi darajali kapital asosiy kapital sifatida ham e’tirof etiladi. Tijorat banklari asosiy (birinchi darajali) kapitali xalqaro Bazel andozalariga asosan ustav kapitalining tolangan qismi, muddatsiz nekumulyativ imtiyozli aksiya- lar, emission daromad, sof foyda hisobidan shakllantirilgan zaxira summalari va otgan yillaming taqsimlanmagan foydasidan tashkil topadi. Tijorat banklari ikkinchi darajali (qo‘shimcha) kapitali kreditlardan ko‘riladigan zararlami qoplashga moljallan- gan zaxiraning riskka tortilgan aktivlar miqdori 1,25 foizidan oshib ketmaydigan qismi, qayta baholash zaxirasi, subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlari va konsolidatsi- yalashgan sho"ba korxonalarini tashkil etish maqsadiga yo^naltirilgan qo^lmalami o‘z ichiga oladi. 0‘zbekiston tijorat banklari kapitalining tarkibi va uning etarliligiga qoyilgan talablar Markaziy bankning 2015 yil 14 iyuldagi “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo^ladigan talablar to‘g‘risida”gi Nizomi asosida tartibga solinadi. 0‘zbekiston tijorat banklari birinchi darajali kapitali tarkibiga xalqaro Bazel andozalaridan farqli olaroq, bankning ustav kapitalidagi valyuta qismiga teng bolgan valyuta aktivlarini qayta baholanish hisobiga tashkil etilgan devalvatsiya zaxirasi alohida manba sifatida e’tirof etiladi. Shuningdek, tijorat banklarining joriy yildagi sof foydasi ikkinchi darajali kapitali tarkibiga kiritilgan. Mazkur paragrafning poyonida talddlash mumkinki, tijorat banklari passiv operatsiyalari natijasida aktiv operatsiyalar uchun zarur bolgan resurslami shakllanti- radi, banklaming passiv operatsiyalari xarajatlami keltirib chiqaradi.