Bog’lanishli nutqqaoid asosiy ko’nikmalar



Yüklə 17,87 Kb.
tarix10.02.2023
ölçüsü17,87 Kb.
#123252
Oraliq (6)


Bog’lanishli nutqqaoid asosiy ko’nikmalar.
O’quvchilar nutqini o’stirish ularga aniq ko’nikmalarni singdirish demakdir. Boshlang’ich sinf o’quvchilari mustaqil mashq sifatida bog’lanishli nutqni o’stirishdan quydagi ko’nikmalarni bilib oladilar:
Mavzun tushunish, chegarasini aniqlash va uni nisbatan to’liq yoritish ko’nikmasi.
Inshoni asosiy fikrga bo’ysundirish ko’nikmasi.
Hikoya , insho uchun mavzuga talluqli , uni yoritishga zarur bo’lgan materialni yig’ish .
Materialni tartibga solish, uni teguishli izchillikda joylashtirish, matn rejasini tuzish vashu reja asosida yozish ko’nikmasi.
Fikrni adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda to’g’ri ifodalay olish ko’nikmasi
Matnni og’zaki yoki yozma tuzish, inshoni yozish, yani barcha tayyorgarlik ishlarini yakunlash ko’nikmasi.
Yozilgan matnni takommillashtirish ko’nikmasi. Bu ko’nikma o’z ijodiga tanqidiy munosabatda bo’lish asosida Yozma ish turlaridan biri bayondir . Bayon o’qib berilgan namunaviy matn mazmunini o’qib berilgandan so’ng ma’lum tayorgarlikdan so’ng yozma ravishda qayta hikoyalashdir.
Bolalarning nutq madanyati ustida ishlash , ularning og’zaki va yozma nutqidagi kamchiliklarni o’z vaqtida aniqlashva to’la savcodxonlik uchun kurashishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun davlat ta’lim standartlari talabiga ko’ra , boshlang’ich sinflarda yozma ishning bayon turidan foydalanish , o’quvchilarning fikrini keng ko’lamda ifoda etish qobilyatini o’stirishda katta yordam beradi.
Boshlang’ich talim ona tili fanining “ Fonetika , grammatika , imlo va nutq o’stirish” dasturiga ko’ra , o’qituvchi yordamida kichik yoshdagi o’quvchilarni mos ravishda namuna aasosida matn tuzish va lug’aviy - imloviy tayyorgarlikdan so’ng bayonga oid mashqlarni bajarishga o’rgatib boriladi. Boshlang’ich sinflarda bayon ta’limiy xarakterga ega. Bayon yoznma ish turi sifatida bolaning talim tarbiyasi , aqliy va nutqiy rivojlanishida muhim ro’l o’ynaydi.
Birichi sinfda bayon yozish murakkablik qiladi . Birinchi sinf dasturiga ko’ra , matnni qayta hikoyalash mashqlari berilmaydi. Faqat ani bir mavzuda rasmlarga qarab gap va kichik hikoya tuzish (inshoga tayyorgarlik mashqlari) o’rganiladi. Tayyorgarlik mashqlarini o’tkazish o’quvchilarda soda gap ko’nikmasini hosil qiladi. O’quvchilar gapda so’zlarning tartibini , gap oxirida nuqta qo’yishni , bir gapdan ikkinchi gapni ajratishni o’rganadilar. Shuning uchun birinchi sinf o’quvchilari o’qiganlarini mukammal bayon eta olmaydilar .Shuning uchun matn mavzusiga mos savollar beriladi.
Ikkinchi sinfda o’quv yili boshida birinchi sinfdagidek , keyinroq o’qituvchi rahbarligida hajmi uncha katta bo’lmagan ( 40- 50 so’zli ) matnlardan savollar yordamida bayon yozishga o’rgatish tavsiya etiladi. O’qituvchining oldida ikkinchi sinf o’quvchilarni berilgan tayyor reja asosida bayon yozishga o’rgatish vazifasi turadi.
O’quvchilar yozuv taxtasiga yozilgan savollarni to’g’ri o’qishi va ularning ma’nosini tushunishi , rejadagi savolga aniq javob berishi qayta hikoyalashda va yozma bayonda o’zining javoblarini rejadagi savollar tartibida berishi lozim . Yozma nutq malakalarini mustahkamlash uchun o’quvchilarni bayonda o’zlari yoza oladigan so’zlardan foydalanishga o’rgatish lozim. Shuni nazarda tutib , to’plamda tayyor reja asosida bayon yozishuchun matnlar berilgan .
Mantlar asosida bayon yozishda uning mazmunini ochuvchi savollar orqali tahlil qilish kerak . Hikoya mazmunini tahlil qilish o’quvchilarninig hikoyadagi asosiy fikrini va hikoya qismlarini o’rtasidagi bog’lanishni bilib olishga yordam beradi . Bu esa mazmunni tushunmasdan shunchaki eslab qolishning oldini oladi.Ikkinchi sinfda xatolarning oldini olish uchun o’quvchilarga talaffuzi qiyin bo’lgan so’zlarni bo’g’Inlab aytishni mashq qildirish muhim ahamiyat kasb etadi . Qotor kelgan undoshli so’zlarni yozishdan oldin bolalar so’zni bo’g’inlarga bo’ladfilar , bo’g’inlardan so’z yasaydilar yoki qisqa gap tuzadilar . 3-4 sinflarda lavhalar yoniga tasviriy vosita elementlari qo’shiladi , gaplarda turli sintaktik uslublar qo’llaniladi . Bayon yozish jarayonida o’quvchilardan kuzatuvchanlik , taqqoslash , tahlil qilish kampitensiyalari shakllanadi, ko’rgan narsalari va o’qigan kitob , ertak , hikoyaga bahoberish malakasi oshadi.
Bayon yozishda quydagi uslublardan foydalanish samarali bo’ladi:
-- Matnni ifodali , tasvirli qilib berish va so’zlatish .
-- Bayon rejasi ustida ishlash.
-- Matnda uchraydigan qiyin so’zlarning ma’nosini va imlosini tushuntirish.
-- Matnni qayta o’qib berish va 3-4 o’quvchiga reja asosida hikoya qildirish.
Har bir o’quv mashg’uloti , jumladan bayon va insho yozish ham ijodiy mehnatni talab qiladi. Mehnat esa doimiy harakat , aqliy izlanishda namoyon bo’ladi. Ana shu talablarga rioya qilgan o’quvchilarda mustaqil fikrlash , so’z va material tanlash va to’plash , ularni mantiqiy jihatdan o’zoro bog’lash , tasniflash , imloga e’tibor berish qobilyati tez rivojlanadi , mehnat intizomi tarbiyalanadi .
3- sinfda yozilgan hamma bayonlarni , asosan ikki turga bo’lish mumkin . birinchisi o’qituvchi tavsiya qilgan tayyor reja , ikkinchisi esa o’qituvchi rahbarligida o’quvchilar bilan hamkorlikda tuzilgan reja asosida yoziladi .O’qituvchi taqvim reja tuzishdan oldin matnlarni tanlaydi. Matndagi so’zlar ona tilidagi qaysi mavzuga ko’proq mos ekanligini ham aniqlaydi . Shundan kelib chiqib matnlarni taqvim- mavzu rejasiga jolashtirish kerak. To’plamda ham iloji botricha shu tartibni hisobga olishga harakat qilingan .
O’qituvchi 3-sinfda bayon yozishga o’rgatar ekan , dastur vamatnlarning mazmuni orasidagi bog’lanishlarni nazarda tutadi. Ishni yengillashtirish maqsadida matndagi imlo qoidalariga oid so’zlar beriladi . Shuningdek kuzatishdagi . o’qish darsligidagi materiallar bilan bvayon matni orasidagi bog’lanishni tiklaydi .O’quvchilar tayyor reja asosida yozadigan bayon hajmi 60- 80 so’zdan tuzilishi mo’ljallangan . So’ngra saylab yoki tanlab bayon yozish uchun hajmi katta matnlar beriladi . Ishning bunday turi o’quvchilarni to’rtinchi sinfda o’tkaziladigan matn mazmunini qisqartirib yozishga tayyorlanadi .

Bo’lim boshida berilgan bayonning birinchi turi , tayyor reja asosida rejaning har bir qismiga javob bir yoki ikki gapdan iborat bo’lishi kerak . Shu bilan birga reja sarlavhasi ko’proq so’roq shaklida bo’lsa maqsadga muvofiq bo’ladi . bu ish usul iikinchi sinfda ham qo’lanilgan . Bunday matnlar mumkin qadar yozuv taxtasiga yoki qog’ozda berilishi lozim .Matnnning rejasi qismlari doimo o’quvchi o’z diqqat markazida tutishi lozim . Boshqacharoq aytganda , u reja bandiga javob nechta gapdan iborat , qaysi xat boshi yoki qaysi gap rejada aniq ifodalanmagan , nima uchun ifodalanmagan , yozuv taxtasidagi gaplardan foydalanish lozimligi to’g’risida bosh qotiradi..Dastlabki bayonlarga tayyorgarlik ko’rishda o’quvchilarni matnni qismlarga bo’lib gapirtirishga ko’proq e’tibor berishi kerak va reja savollariga soda gaplar bilan to’g’ri javob olishga erishish lozim . Shu bilan birga bayonga puxta imloviy tayyorgarlik ko’riladi . Bu bayon darsning o’zida va oldingi ona tili darslarida huddi ikkinchi sinfdagidek olib boriladi . Tanlab bayon yozish yozma bayon sifatida ham o’tkaziladi . Tanlab bayon yozishda matn o’quvchilar ko’z oldida bo’lmaydi .O’quvchi butun matn mavzusini yoritib berishda qiynaladi . Shuning uchun matn qismlarining mazmuni tugallangan bir fikrda bayon qilinadi . Tanlab bayonyozishda quydagi ish turlarini qo’llash o’quvchilar uchun foydali va qiziqarlidir .Hajmi kattagina bo’lgan matn mazmuni aralashtirilib beriladi - bu esa voqeani tushunishga va ko’proq tafsilotlarni kiritishga imkon beradi. Shu usulda o’quvchilarning mantiqiy faoliyatining ayrim tomonlari o’stiriladi . Bolalar material tanlash , uni chegaralash, mavzuni qisqaroq bayon qilishga o’rgatiladi , qisqaroq bayon qilishga o’rgatiladi. Uchinchi sinf o’quvchilarining bayonlarini tekshirganda o’qituvchi barcha imlo xatolarini tuzatishi shart emas , balki diktant va boshqa nazorat ishlaridagi xatolarini ko’rsatishda qo’llaniladigan usullardan foydalanishi ham mumkin . Uchunchi sinfda bayonlar muhokamasiga maxsus dars ajratmay , navbatdagi ona tili darsida bayon matnining mavzusini yoritishda yo’l qo’yilgan xatolarni tuzatish ishiga 10-15 daqiqa ajratish kifoya qiladi .O’quvcjhilarning bayonda yo’l qo’yadgan xatolari ustidagi ishni shunday rejalashtirish kerak-ki ,bu ona tili darsida navbatdagi grammatik imloviy mashqlar bilan qo’shilib ketsin. Bu jarayonda ham o’quvcho xotirasining ahamyati katta bo’ladi.


Ma’lumki , uchunchi sinfda bayon o’qituvchi tomonidan tavsiya qilingan tayyor reja hamda o’qituvchi rahbarligida jamoa bo’lib tuzilgan reja asosida o’tkaziladi .
To’rtinchi sinfda esa yuqoridagi bayonning ikkki turi bilan birgalikda ,
Mustaqil reja asosida tuzilgan bayon ;
Qisman tasvir bo’lgan bayon;
Grammatikli topshiriqli bo’lgan bayon ;
Matn mazmunini qisqartirishga oid bayon va nazorat bayonlaridan foydalaniladi.
Qisman tasvir bo’lgan bayon va ; grammatikli topshiriqli bayon va qisqartirilgan bayonlar alohida bo’lim qilib ajratilmaydi.Qisman tasvir bo’lgan bayon , grammatikli topshiriqli bayon uchinchi bo’limga , qisqartirlgan bayon esa birinchi va uchunchi bo’limga kiritilgan .Tayyor reja va jamoa bo’lib tuzilgan reja asosidagi bayon ustida ish ikkinchi sinfda ham o’rganilgan .
4- sinfda bayon ustida ishlash asta - sekin murakkablashib boradi. Bu murakkablik shundan iboratki ,o’quvchilarning o’zlariga reja tuzish o’rgatib boriladi . Hatto o’quvchilar o’zlari mustaqil tuzgan reja asosida bayon yozadilar . bunda o’qituvchining vazifasi - ‘oquvchilarni matnni qismlarga bo’lib o’qishga o’rgatishdan iborat. To’plamda jamoa bo’lib ishlashga matn berilgan. Bu ish uchinchi sinfda ulib borilgan metodik ishlar va usullar bilan amalga oshiriladi . bular so’z bilan tasvirlash , matnni qismlarga bo’lish , o’qituvchi belgilagan sarlavha asosida , o’quvchilar daftaridagi matnni
qismlarga bo’lishdan iboratdir . To’rtinchi sinfda bayon rejasini jamoa bo’lib tuzish , asosan o’quvchilarning mustaqilligini oshirishga qaratilgan . Birinchi yarim yil oxiriga kelib o’quvchilar o’zlari mustaqil reja tuzib va matnni keng mazmunini bayon qila olishlari ko’zda tutilgan .
4-isnfda mustaqil tuzilgan reja asosida ( 70-90so’zli 0 bayon yozish ko’zda tutilgan .Mashq sifatoda bayonning ahamiyati katta ; bolalarda adabiy nutqnj to’g’ri shaklllantirishga yordam beradi , nutq madanyatini yaxshilaydi, badiiy uslubni singdiradi , tilga sezgirlikni oshiradi .
Bayon turlari . 1. To’liq yoki matnga yaqinlashtirib bayon qilish.
2. Tanlab hikoya qilish va bayon .
a) o’qilgan matn qismini yoki bir voqeani unga chiziilgan rasm asosida hikoya qilish .
b) O’qituvchi topshirig’i yoki berikgan savol asosida lavhani hikoya qilish.
d) Berilgan mavzu bo’yicha matnnning qismlaridan olingan parchalarni hikoya qilish .Bu ish tanlab hikoyaa qilishning murakkabroq turi hisoblanadi.
3. Qisqartirib hikoya qilish va bayon.
4. Ijodiy qayta hikoyalash vabayon.
a) Shaxsni o’zgartirib qayta hikoyalash va bayon.
b) Hikoyada ishtirok etuvchi bir personaj tilidan qayta hikoyalash va bayon.
d ) Matnni ijodiy qayta to’ldirib hikoyalash.
So’z bilan tasvirlash yoki sahnalashtirish.O‘quvchilar inshosini tahlil qilish. Nutq o ‘stirish metodikasida o'quvchilar inshosi uchun baho me’yori muhim masala hisoblanadi. Tabiiyki, bunda yuqorida bayon etilgan asosiy talablarga rioya qilinadi.
O'quvchilar inshosini baholashda quyidagilar hisobga olinadi:
1 . Insho mavzusining yoritilishi (Mazmun mavzuga mosmi, ya’ni yetarli yoritilganmi, haqiqatga mos keladimi?).
2. Reja, kompozitsiya, izchillik (reja to'g'ri tuzilganmi, materialni bayon qilish tartibi rejaga mos keladimi, mazmunda takror yo'qmi, zarur o'rinlar tushib qolmaganmi, izchillik buzilmaganmi, asosiy fikr aniqmi, xulosa chiqarilganmi?).
3. Janri, uslubi (hikoya tarzidagi matnda tasviriy va muhokama elementlari bormi, uslubda xatoga yo'l qo'yilm.aganmi, insho mavzusi va vaziyatni yoritish vazifasini janr va uslub oqlay oladimi, badiiylik elementlari bormi?).
4. Insho hajmi (so'z, gap soni; lakonizm yoki ko'p so'zlilik).
5. Leksika (so'zlardan to'g'ri foydalanish. sinonim, antonim, frazeologizmlardan foydalanish).
6 . Sintaksis (gapning hajmi, sintaktik tuzilmalarning bir xil yoki har xilligi, murakkab tuzilmalar bormi?).
7. Imloviy va punktuatsion savodxonlik, xatolar xarakteri (qo'pol va juz’iy xatolar).
8 . Husnixat, tashqi tomondan shakllantirish (hoshiyaga, xatboshidan yozishga, sarlavhani to‘g‘ri joylashtirishga rioya qilish).
2. Ona tili darslarida lugʻat ustida ishlash orqali oʻquvchilar nutqini boyitish


O'quvchining nutqiy rivojlanishida tilning barcha sathlariga oid bilimlarga amal qilish. Til sathlarini o'zlashtirishning asosiy sharti tilning kommunikativ yordamdan foydalanishga olish ko'nikmasini egallashdir. “Nutq o'stirish metodikasida tilning leksikologiya va grammatika bo'limlari alohida ahamiyat kasb etadi,- deb yozadi S.P.Redozubov. - Leksikologiya — so'z haqidagi ilm, grammatika — so'z qilishning o'ziga va xavfsizlik haqida gapda bog'lanishi haqida ilm. O'quvchilarning lug'at zahirasi rivojlanishi boy bo'lsa, nutqi juda katta bo'ladi”. Nutq o'stirish gap qurilishi va uning tarkibini tashkil etgan lug'at ustida ishlash bilan o'zaro bog'liq. Professor N.Mahmudov: “Nutqning ta'sir quvvati, tegishli axborotni tinglovchiga tugal va qulay yordam berishish muhim kommunikativ sifatlardan bo'lmish so'z boyligiga bog'liq. Nutqning boy yoki kambag'alligi unda tilning bir-biridan farq qiladigan ma'lumotlar (so'z nolari, intonatsiya, sintaktik tuzilmalar, iboralar va sh.k.)dan qay darajada barqaror ekanli haqida. Buning uchun esa nutq tuzuvchida til boshqarishning boy va faol zahirasi mavjud bo'lishi kerak” - deb hisobi bejiz emas. Fikr ifodasi va nutqning emotsional ta'sirchanligi uchun, birinchi navbatdagi, o'quvchilar nutqini leksik birliklar bilan bo'yitish zarur. Lug'at ustida ishlash o'quvchining lug'at boyligini yozishdan iborat emas, o'quvchining diqqatini so'zning mazmuniga qaratish, so'zning semantikasini, ma'nosini aniqlashtirish, so'zning boshqa so'z bilan semantik bog'lanishini, aloqasini ochish, bog'lanishli nutqda har bir so'zning o'z ma'nosiga ko'ra boshqa so'zlar bilan bog'lanishini anglashlariga erishiladi. So'zlar orasida ma'noviy moslashish so'zlar bog'lanishining asosiy qoidasi bo'lib, leksik birliklarning egalik qobiliyati bilan gapda boshqa so'zlar sintaktik aloqasida ko'rinadi. So'zning nutqda qanday Shaklda qo'llanishini bilish qay darajada zarur bo'lsa, uning ma'nosini bilish ham shunchalik zarurdir. Inson nutqiy munosabatda zarur so'zlarni semantik ma'nosiga qarab tanlaydi va fikrini aniq ifodalashga intiladi. So'z yakka holda hech qanday kommunikativ vazifa bajara bo'lmadi. Nutqni anglashning eng muhim sharti unda ifodalanayotgan fikr va mazmunni ko'rsatadi. Fikrni ifodalashning turli usullar mavjud bo'lib, ularda so'zlar semantik ma'nosiga ko'ra ishtirok etadi. “Nutq o'stirish metodikasida tilning leksikologiya va grammatika bo'limlari alohida ahamiyat kasb etadi,- deb yozadi S.P.Redozubov. - Leksikologiya — so'z haqidagi ilm, grammatika — so'z qilishning o'ziga va xavfsizlik haqida gapda bog'lanishi haqida ilm. O'quvchilarning lug'at zahirasi qanchalik boy bo'lsa, nutqi shunchalik rivojlangan boʻladi”. Bola maktabga kelgunga qadar oila muhitida, maktabgacha ta'lim jarayonida ishlashlari va uni ifodalash uchun zarur bo'lgan so'zlarni gap turli xil shakllarda qo'llash namunasini o'zlashtirgan bo'ladi. lekin uning nutqiy arsenali Maktabda o'rganiladigan yangi birikmalarni, fikrlarni, maktabga kelgan kunidagi hissiyotlarini ifodalashi uchun so'z zahirasi yetishmaydi. Maktab Oldida turgan eng asosiy vazifa o'quvchi—atrof-olam haqidagi tasavvurlarning asoslari asosida O'quvchilarning lug'atini bo'yitish, nutq va tafakkurini, mantiqiy fikrlashini o'stirishdir. Mantiqiy fikrlashning birinchi usuli tahlildir til hodisalarini tahlil qila olish ko'nikmasi maktabgacha davrdanoq shakllana sizni. Boshlang'ich sinflardan dastur asosida rivojlana boradi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilari nutqida o'stirishda yod oldirish, so'zlarning ma'nosini katta yoki qayta hikoya qildirish kabi usullardan ulargina qolmay, balki uchun qiziqarli faoliyat bo'lgan o'yinlardan borish, ayniqsa, ko'zlangan maqsad, yuqori muammolarni qo'lga kiritishda katta yordam hisoblanadi. Chunki o'yin kichik maktab yoshidagi o'quvchilar faoliyatida asosiy o'rinni egallaydi. Bolalarning yosh va psixoligik xususiyatidan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, o'yin dunyoni va o'zlikni anglashda, bog'lanishli nutq o'stirishda foydali vosita.

1.Atov gap qaysi qatorda berilgan?


a)Xo‘p, o‘rtoq shifokor!


b)Shu yorug‘ yo‘lda sizga zo‘r baxtlar tilayman.


c)Mana Hirot. Husayn Boyqaro saroyi. Hamma motamda.


d)Bolalikka buyuk ehtirom bilan qarash lozim


2.Shaxsi ma’lum gap qaysi javobda berilgan?


a)Oila farzandlardan boshlanadi.


b)Bu tantanaga ishtirok qilolmaganim uchun sizlardan uzr so‘rayman.


c)Yolg‘on aytib foyda ko‘rsang, oxirida zarar topasan.


d)Bolani hech qachon aldamang.


3.Buyurish mazmuniga ega bo‘lgan so‘roq gapni toping.


a)Nima deyotganini o‘zi biladimi oyim?


b)Shunaqa so‘zlarni har kimga ayta berasizmi?


c)- Maktab qursa yomonmi?


d)- Husan aka, nega sizni Duma deyishadi


4.Yig‘iq sodda gap berilgan qatorni belgilang.


a)Er-xotinning urushi elga doston bo‘ldi.


b)Lekin Manzuraxon baxti bor qiz ekan.


c)Kasalxonada vrachman.


d)Uning gapidan hech narsani tushunmadim.


5.Bitishuv yo‘li bilan birikkan so‘z birikmalarida ergash so‘zni ko‘rsatuvchi asosiy belgilar qaysilar?


a)ko‘makchilardan oldin kelgan so‘z ergash so‘z


b)grammatik vositalarni olgan so‘z ergash so‘z


c)kelishik qo‘shimchasini olgan so‘z ergash so‘z


d)oldin kelgan so‘z ergash so‘z


6.Qaysi gapda aniqlovchi shaxs oti bilan ifodalangan?


a)Bittasi toshkentlik Yusufbek Hojining o‘g‘li Otabek!


b)Aravakash mo‘mingina muloyim, kamtar kishi.


c)Rashidboy ertasi kuni qassobning mashinasida tog‘ ortiga jo‘nadi.


d)“Qo‘shiq aytolsa, demak, cho‘ponlikka yaraydi”, - debdi otam cho‘lig‘iga.


7.Xalil ota halol va mehnatsevar kishiga xos izzat-obro‘sini va qadr-qimmatini chuqur tushuntirdi. Ushbu gap qaysi javobda gap qurilishi bo‘yicha to‘g‘ri tahlil qilingan?


a)darak gap, sodda yoyiq gap, egali gap, gap bo‘laklarining joylashuvi me’yoriy


b)darak gap, tobe va teng bog‘lanishli, egali gap, gap bo‘laklari menyoriy joylashgan


c)darak gap, uyushiq bo‘lak ishtirok etgan, undalma yo‘q, sodda yoyiq gap


d)darak gap, his-hayajonsiz gap, sodda yoyiq gap, to‘liq gap, egali gap


8.Qaysi javobda otli birikma berilgan?


a)chiroyli yozmoq


b)hikoyani bayon qilmoq


c)yaxshi kayfiyat


d)kitobni o‘qib


9.Qaysi qatordagi gapda shaklan uchinchi shaxsni ko‘rsatuvchi fe’l ikkinchi shaxsga qaratilib, shaxsi ma’lum gapning grammatik asosi bo‘lib kelgan?


a)Hozir bu hodisani so‘zma-so‘z aytib berolmayman.


b)O‘zlarini soya-salqinga olibdilar-da!


c)Oriyatsiz odamdan qoch.


d)Kiyimiga qarab kutib olib, Aqliga qarab kuzatib qo‘yishadi.


10.Ikki bosh bo‘lakli sodda gapni aniqlang.

a)Sabr-toqat umr xazinasi.


b)Farog‘atning baxtini ko‘rishga muyassar bo‘ldi.


c)Hazillashganda ham aqlin ishlatib hazillashing.




d)Inson nimaga erisholmasa, o‘sha aziz tuyuladi.
Yüklə 17,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin