BOJXONA NAZORATI JARAYONINI QISQARTIRISH UCHUN YASHIL YO\'LAK TIZIMINI AHAMIYATI
38 ta, milliy madaniy markazlar soni esa 150 taga yetdi.
O‘zbekiston rahbari tashabbusi bilan so‘nggi yillarda mintaqaning barcha davlatlari bilan oliy darajadagi tashriflar almashinuvi yo‘lga qo‘yildi. Markaziy Osiy davlat rahbarlari o‘rtasida ochiq va ishonchli siyosiy muloqotning mustahkamlanishi natijasida mintaqadagi qo‘shnilar bilan munosabatlarda 2016 yilgacha mavjud bo‘lgan ko‘plab murakkab muammolarga yechim topildi.
2017–2021 yillar davomida qo‘shni davlatlar bilan faol muzokaralar natijasida O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasi delimitatsiya jarayoni keskin jadallashdi – 2021 yilgacha kelib umumiy chegara bo‘yicha 95,5%, O‘zbekiston–Tojikiston 99% dan ziyod va O‘zbekiston–Qirg‘iziston davlat chegarasi 80% dan ziyod delimitatsiyasi amalga oshirildi.
Shuningdek, qo‘shni davlatlar bilan savdo-iqtisodiy, sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi aloqalarimiz izchil rivojlanib bormoqda. Xususan, 2017–2021 yillar davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aylanmasi yillik o‘rtacha 50 foizdan ko‘proqqa o‘sib, mintaqaviy savdoning umumiy hajmi 5 milliard dollardan oshdi.
Bundan tashqari, so‘nggi yillarda O‘zbekiston tashqi siyosatining eng muhim yo‘nalishlarida salmoqli ishlar amalga oshirildi.